Sana:.
Fan: O’zbekiston davlati va huquqi asoslari
Sinf: __8AB __
Mavzu: Kirish; Mustaqillik – bu avvalo huquqdir
Darsning maqsadi: O’quvchilarga Huquqiy madaniyat” deganda nimani tushunishi,“Davlat siyosatiga ko‘tarish” iborasining ma’nosini tushuntirib berish,Mustaqillik” so‘zining lug‘aviy ma’nosidan kelib chiqib, xalqning huquqqa ega bo‘lishining ahamiyatini tushuntirib berish, Ijtimoiy adolat deganda siz nimani tushunishi, “Qonuniylik” iborasi sizga nimani anglatishi,“Ta’lim olish”, “Malakali tibbiy yordam olish”, “dam olish” huquqi deganda nimalarni tushunishi,“Mustaqillik” so‘zini qanday tushunish mumkinligi, Mustaqillik tufayli qanday huquqlarga ega bo‘lganligimiz,Bu huquqlarning amalga oshirilishini kim kafolatlashi,“Huquqiy savodsizlik” deganda nimani tushunishi, Qonunlarni bilmasligingiz uchun afsuslangan paytlaringiz bo‘lganmi? degan savollarga javob berish va tushuntirib berish
Ta’limiy: O’quvchilarga mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini barpo etish ko’p jihatdan huquqiy ta’limning muvaffaqiyatiga bog’liq.Huquqiy madaniyat inson madaniyatining ajralmas bo’lagi.Davlat mustaqilligi jamiyatimizning huquqiy uyg’onish davrini boshlab berdi.Bugungi kunda huquqshunoslik fani umumta’lim maktablarida o’qitilayotgan fanlar ichida etakchi o’rinni egallaydi.Bugungi mavzuning ta’limiy ahamiyati shundan iboratki, O’quvchilar Huquqni muhofaza qiluvchi dalat organlari haqida kengroq tushuncha olishidan iborat
Tarbiyaviy: Dars jarayonida o’qituvchining mazkur mavzu yuzasidan olib boradigan ta’limiy ilmiy –nazariy va amaliy faoliyati majmui natijasida o’quvchilar tarbiyasiga kompleks yondashgan holda ularda Prezident I.A.Karimovning tarbiya bobida qayd etib o’tgan korsatmalari o’z yechimimi topishini taqozo etadi.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o’quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo’lib, guruhlar bilan ishlash, test savollari boshqotirmalar orqali rivojlantiriladi.
DTS talablari: Bolalarga O’zbekiston davlati va huquqi asoslari fani haqida ma`lumot berish.O’quvchilar dars davomida o’rganishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma, va malakalar