Sana: 2-sentyabr 2011yil


Dars turi: Amaliy, og`zaki Dars jihozi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə2/8
tarix20.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#127320
1   2   3   4   5   6   7   8
8 sinf huquq dars ishlanma

Dars turi: Amaliy, og`zaki
Dars jihozi: 1. 8 sinf “O’zbekiston davlati va huquqi asoslari” darsligi
2.O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch
3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari
4. Doska , bo’r, daftar , ruchka
Dars jarayonining mazmuni :
1.
2.
3.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II. Yangi mavzuning bayoni.
Huquqiy davlat tamoyilini anglatuvchi g‘oyalar va siyosiy-huquqiy qarashlar insoniyatning ko‘p asrlik mehnat mahsulidir. Ushbu mahsulning o‘zagida inson huquq va erkinliklariga bo‘lgan munosabat yotadi. Kishilik jamiyati rivojining oxirgi yuz yilligida inson huquq va erkinliklariga bo‘lgan e’tibor jonlana bordi.Xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi lozim, zero, mustaqillik so‘zining zamirida ham katta, ulug‘ huquqqa ega bo‘lish degan tushuncha yotadi.
ISLOM KARIMOV
Har bir jamiyatning asosiy mezoni hisoblangan inson huquqlari xalqaro huquqning ob’yekti sifatida 1948-yilda “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi bilan rasman tan olindi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan ushbu hujjatning tarixiy ahamiyati shundaki, ilk marotaba dunyo hamjamiyati inson va uning huquqlarini himoya qilishni xalqaro muammo darajasida e’tirof etdi. Shu bilan birga, har bir davlat o‘z hududida inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga mas’ul ekanligini anglab bordi.O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishishi orqali xalqaro tashkilotlarning a’zolari bo‘lgan davlatlar qatori bir necha huquq va majburiyatlarga ega bo‘ldi.
Ma’lumki, bugun biz yurtimizda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi bo‘lgan Konstitutsiya va qonunlar asosida demokratik, dunyoviy davlat barpo etmoqdamiz. Bu davlat, avvalambor, dunyoviy taraqqiyotga, uning eng ilg‘or yutuq va natijalariga tayanadi.
ISLOM KARIMOV (“Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch ” kitobidan )
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining Konstitutsiyasini qabul qilib dastlabki konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatida inson huquqlari va erkinliklarini mustahkamlab, inson huquqlarini himoya qilish o‘zining birlamchi vazifasi ekanligini e’tirof etdi. Chunki, Konstitutsiyamizning muqaddima qismida nafaqat respublika, balki O‘zbekiston xalqining inson huquqlariga sodiqligi bayon etilgan.“Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi”.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 14-modda.
Inson huquqlari va manfaatlarini kafolatlash, ta’minlash davlatimizning asosiy vazifalari qatoriga kiradi. Shu maqsadda davlatimizning asosiy qonunida “Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi” deb ta’kidlab o‘tilgan.Agar davlat mustaqil bo‘lmas ekan, insonlarning huquqlarini kafolatli ta’minlay olmaydi. Shuning uchun ham davlatimiz rahbari mustaqillik so‘ziga “Mustaqillik - bu eng avvalo huquqdir”, - deb, ta’rif berdilar.
Sharhlang!
“Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart”.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 20-modda.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin