Magnit o’zak – qalinligi 0.35(0.5 mm. bo’lgan transformator po’lat listlaridan tayyorlanadi.
Magnit o’zak yig’ma konstruktsiyali bo’ladi.
Induktor – to’rtburchak kesimli simdan (transformatorga o’xshash) yoki suv bilan sovutishni
ta‘minlash uchun qalinligi bir xil bo’lgan mis trubadan yasaladi.
Induktor – dumaloq, kvadrat yoki to’rtburchak kesimli, suv bilan sovutiladigan mis trubalardan
qilinadi.
Tigellar - elektr o’tkazuvchan (po’lat, grafit), yoki elektr o’tkazmaydigan (keramika
mahsulotlari) bo’lishi mumkin.
Magnit o’tkazgichlar – pech karkasi va qopkog’ida elektr energiya sarfini kamaytirish
maqsadida magnit maydonlarini ekranlashtirish uchun qo’llaniladi.
Vakuumli induktsion pechlar – yuqori sifatli po’lat, rangli metallar va qotishmalarni eritish
uchun ishlatiladi.
Bir paytda toblash – toblanadigan sirtni birdaniga toblash temperaturasigacha qizdirish va
so’ngra qisqa muddatda sovutishdan iborat.
Uzluksiz ketma-ket toblash – detal sirtini qadamba-qadam qizdirish va uni induktorga nisbatan
ilgarilanma harakatlantirib sovutishdan iborat.
Dielektrik qizdirish qurilmalari – yarim o’tkazgichlar va dielektriklarni termik ishlov berish
uchun qo’llaniladi.
Elektr yoyi 1803 yilda V.V. Petrov tomonidan ixtiro kilingan. Elektr yoyi – gaz yoki bug’dagi elektr razryadlarining bir ko’rinishi bo’lib,u katoddagi kichik
kuchlanish tushishi (10(20 V) va yuqori tok zichligi (1sm2 yuzaga bir necha yuz va ming amper
) bilan xarakterlanadi.
Rafinatsiya – bu davrida metall va devorlar harorati juda yuqori, yoy uzunligi 20(30sm,
nurlanish oshadi
Rudnotermik pechlar – bunda qayta tiklash elektrotermik protsesslar amalga oshiriladi va
natijada rudalardan toza metallar yoki metall qotishmalari olinadi.