Quritilgan gaz quvurlarini esa yerning muzlash qatlamida ham joylashtirish mumkin. Gazning namligiga qaramasdan, gaz quvurlari nishab o‘tkazilishi kerak, chunki gazdagi suv bug‘lari kondensatsiya bo‘lganda, ular quvurning nishabligi bo‘yicha oqib borib, quvurning eng past joyida to‘planadi. Bu yerda kondensat yig‘gichlar o‘rnatiladi va u orqali yig‘ilgan kondensat chiqarib tashlanadi.
Gazlashtirish tizimlarida umumiy xarajatning 60% gachasini quvurlarning narxi tashkil qiladi. Gazlashtirish tizimlarida, asosan, po‘lat quvurlardan foydalaniladi, chunki po‘lat quvurlarning uzunligi katta bo‘ladi va ularni payvandlash usulida ulash oson. Lekin po‘lat quvurlar korroziyaga moyildir. Shuning uchun yer osti quvurlari korroziyaga qarshi qoplama (izolatsiya) bilan o‘raladi. Hozirgi davrda har xil bosimdagi yer osti gaz quvurlarida polietilen quvurlaridan (GOST 18599 – 73) foydalanilmoqda. Bunda polietilen quvurining chuqurligi kamida 1 m bo‘lishi zarur. Polietilen quvurlarini yer ustida, yerda, binolar ichida, kollektorlar, tonnellar va kanallarda yotqizishga ruxsat berilmaydi.
Agarda xavfsizlikni inobatga olib, bino ichida payvandlash ishlarni olib borish mumkin bo‘lmasa, unda quvurlarni rezba yordamida ulash mumkin.
Agarda xavfsizlikni inobatga olib, bino ichida payvandlash ishlarni olib borish mumkin bo‘lmasa, unda quvurlarni rezba yordamida ulash mumkin.
Yer osti gaz quvurlarining minimal diametri 50 mm dan kam bo‘lmaydi. Bundan tashqari, yer osti gaz quvurlari devorining qalinligi kamida 3 mm, yer usti gaz quvurlariniki esa kamida 2 mm bo‘lishi kerak.
Kranlar va yopqich (zadvijka)lar
Kranlar va yopqich (zadvijka)lar
Kichik diametrli gaz quvurlaridagi iste’molchilarni va gaz asbobini berkitish uchun kranlar ishlatiladi. Kranlar germetizatsiya – zichlashtirish usuli bo‘yicha tortiluvchan hamda salnikli bo‘ladi.
Tortiluvchan kranlar past bosimda, salnikli kranlar esa, asosan, kommunal va sanoat korxonasida past va o‘rta bosimli quvurlarida ishlatiladi.
Materiali bo‘yicha kranlar cho‘yan va bronza yoki latun (jez) dan bo‘lishi mumkin. Cho‘yan kranlar kam ochib yopiladigan joylarda ishlatiladi. Kranlar diametri d-15 dan to 80 mm gacha bo‘lishi mumkin. Kranlar gaz quvuriga ulanishi bo‘yicha rezbali (muftali), sarkali va flanetsli (4.2 – 4.3 va 4.4 – rasmlar) bo‘ladi.