Gemodinamikaning yoshga oid xususiyatlari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə3/13
tarix18.06.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#117043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
GEMODINAMIKANING YOSHGA

R = 8l / r bu erda:  - suyuklik yopishkokligi, l – nay uzunligi, r – nay radiusi.
Puazeyl’ tenglamasi kattik naylardagi suyuklik xarakatini urganish asosida chikarilgan, shuning uchun uni tomirlardagi Qon xarakatiga qarshilikni anik xisoblashga tadbik etib bo’lmaydi. Puazeyl’ tenglamasi gemodinamikaning xamma real sharoitlarini, jumladan tomirlar devorining elastik xossalarini, Qon bosimining miqdoriga karab tomirlar diametri uzgarishini, uyurma xarakatlarini va boshqa shartlarni xisobga olmaydi. SHu bilan birga bu tenglama qarshilik Qon tomirlar kengligi va uzunligiga, Qonning yopishkokligiga bog’liq ekanligini ko’rsatadi. Tenglamaga muvofik, ingichka tomirlarda – arteriolalar va kapillyarlarda Qon xarakatiga maksimal darajada katta qarshilik bor (kapillyarlar juda kalta bulganidan, ulardagi qarshilik uzunrok arteriolalardagiga karaganda kam).
Turli tomirlardagi qarshilikni ularning boshi va oxiridagi Qon bosimi farkidan bilish mumkin: Qon okimiga qarshilik kancha katta bo’lsa, tomirda Qonning xarakatiga ushancha kup kuch sarflanadi, binobarin, bu tomirdagi bosim ushancha kup pasayadi. Tomirlardagi Qon bosimini bevosita ulchash yirik va o’rta arteriyalarda u atigi 10%, arteriolalar va kapillyarlarda 85% pasayishini kursatdi. Buning ma`nosi shuki, Qonni xaydash uchun qorinchalar foydalanadigan energiyaning 10 protsenti yirik va o’rta arteriyalardagi Qon xarakatiga, 85 protsenti esa arteriolalar va kapillyarlardagi Qon xarakatiga sarf bo’ladi.
Qon okimining ml/sek lar bilan ulchanuvi xajm tezligini bilib olib mm/sek lar bilan ulchanadigan chizikli tezligini xisoblab chikarish mumkin. CHizikli tezlik Qon zarralarining tomirda siljish tezligini ifodalaydi. CHizikli tezlik (V) xajm tezligining (Q) Qon tomir ko’ndalang kesimining umumiy yuzasiga bulinganiga teng: V = Q / r2. Bu tenglama bilan xisoblab chikarilgan chizikli tezlik – o’rtacha tezlikdir. Xakikatda esa okim markazida (tomirning uki buylab) va tomir devorining yonida xarakatlanuvchi Qon zarralarining chizikli tezligi xar xil. Okimning markazida chizikli tezlik maksimal, tomir devori yonida esa, Qon zarrachalarining tomir devoriga ishkalanishi ayniksa katta bulgani uchun, minimaldir.
YUkorida kursatib utilganidek, 1 minutda aorta yoki kavak venalar orqali va o’pka arteriyasi yoki o’pka venalari orqali utadigan Qon xajmi bir xil. Yurakdan ketayotgan Qonning miqdori unga kelayotgan Qon miqdoriga baravar. Bundan anglashiladiki, Qon aylanish katta va kichik doirasining butun arterial sistemasi yoki barcha arteriolalari orqali yoxud barcha kapillyarlari yoki butun venoz sistemasi orqali 1 minutda utgan Qon xajmi bir xil. Tomirlar sistemasining xar kanday umumiy ko’ndalang kesimidan utgan Qonning xajmi doimiy bulgani xolda Qon okimining chizikli tezligi bir xil bo’lmasligi kerak. CHizikli tezlik tomirlarning umumiy kengligiga (eniga) bog’liqdir. Bu, chizikli tezlik bilan xajm tezligining munosabatini ifodalovchi tenglamadan kelib chiqadi; tomirlar ko’ndalang kesimining umumiy yuzasi kancha katta bo’lsa, Qon okimining chizikli tezligi ushancha kam bo’ladi. Qon tomirlar sistemasining eng tor joyi aortadir. Arteriyalar shoxlaganda, xar bir tarmok uzini ajratgan arteriyaga nisbatan tarkok bo’lishiga karamay, tarmoklar yigindisining kengayganligi kuzatiladi, chunki arterial tarmoklar yigindisining enidan kattadir. Kapillyarlar turi eng keng, chunki barcha kapillyarlar diametrining yigindisi aorta diametridan taxminan 600-800 baravar katta. SHunga kura aortada Qon kapillyarlardagiga nisbatan tezrok xarakatlanadi.
Venalarda Qon okimining chizikli tezligi kapillyarlardagiga nisbatan yanada ortadi, chunki venalar bir-biriga kushilganda Qon yuli torayib koladi. Kavak venalarda Qon okimining chizikli tezligi aortadagi chizikli tezlikning yarmiga teng keladi. Qon yurakdan uzluksiz ravishda chikmay, balki ayrim portsiyalar shaklida otilib chikkani uchun arteriyalardagi Qon okimi uzlukli xarakterda bo’ladi. Modomiki shunday ekan, chizikli tezlik bilan xajm tezligining uzluksiz uzgarib turishi: aorta va o’pka arteriyalarida qorinchalar sistolasi vaqtida maksimal, diastola vaqtida esa kam bo’lishi tushunarli. Vaqt birligida kapillyarlar bilan venalardagi Qon okimi doimiy va, demak uning chizikli tezligi xam doimiy. Pul’slanuvchi (uzlukli) Qon okimining doimiy (uzluksiz) Qon okimiga aylanishida arterial devor xossalarining axamiyati bor.Arteriyalar devorining tuzilishiga karab ikki guruxga bulinadi. Yirik arteriyalar elastik tipdagi tomirlarga, o’rtacha va kichik kalibrli arteriyalar muskul tipidagi tomirlarga kiradi. Qonning butun tomirlar sistemasida uzluksiz okishiga sabab shuki, aorta va yirik arteriyalarning elastik xossalari juda rivojlangan.
Suyuklik xarakatining baravarlanishida tomirlar devori elastikligining axamiyati borligi kuyidagi tajriba bilan tushuntiriladi: bakdagi suv ingichka kapillyarlar bilan tugaydigan ikkita nay (biri shisha nay, ikkinchisi rezina nay) orqali bo’iib-bo’iib tushiriladi. Suv shisha naydan bulinib-bulinib tushadi, rezina naydan esa suv bir tekisda va shisha nayga karaganda ko’proq chiqadi. elastik nayning suyuklik okimini baravarlay olishi va kupaytira olishi shunga bog’liqki, suyuklik portsiyasi elastik nay devorlarni chuzgan paytda nayning elastik taranglanish energiyasi xosil bo’ladi, ya`ni suyuklik okimining kinetik energiyasiga aylanadi. Yurak-tomirlar sistemasida yurak sistolasi vaqtida paydo buluvchi kinetik energiyaning bir qismi aorta va undan boshlanuvi yirik arteriyalarning kengayishiga sarf bo’ladi. Bu tomirlarga anchagina Qon kirib, ularni kengaytiradigan elastik (yoki kompression) kamerani xosil qiladi. Bu kameraga anchagina Qon kirib, uni chuzadi, ayni vaqtda yurak yuzaga chikargan kinetik energiya arterial devorlarning elastik taranglanish energiyasiga aylanadi. Sistola tugagach tomirlar devorining yurak tomonidan yaratilgan elastik tarangligi diastola vaqtida Qon okishini saklab turadi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin