18 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES QUTBIY KOORDINATA Agar to`g`ri burchakli koordinata sistemasidagi o`zaro perpendikulyar x va y o`qlari o`rniga faqat x o`qi koordinata boshlanish nuqtasi O olinsa, qutbiy koordinata sistemasi hosil bo`ladi.
Biror M nuqtaning qutbiy nuqtaga nisbatan o`rnini aniqlash uchun bu nuqtani qutbiy nuqta bilan tutashtiruvchi chiziqning uzunligi OM va qutbiy o`q OX bilan OM chiziq orasidagi burchak φ o`lchanadi. OMchiziq radius-vektor, φ burchak esa mo’ljallash burchagi.
19 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES Qo`sh qutbli koordinata. Qo`sh qutbli koordinatada biror Cnuqtaning A va B nuqtalarga nisbatan o`rni qutbiy nuqta A va B o`rni aniqlanayotgan nuqtagacha bo`lgan chiziqlar AC va BC uzunligi d1, d2 yoki AB chiziq bilan AC va BC orasidagi burchaklar β1, β2 qiymatlari yordamida aniqlanadi. Bundan tashqari C nuqtaning o`rnini AC va BC chiziqlar yo`nalishining oriyentirlash burchaklari α1, α2 bilan ham aniqlash mumkin.
20 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES ORIYENTIRLASH (YO`NALTIRISH) Joydagi biror chiziqning boshlang`ich deb qabul qilingan chiziqqa nisbatan yo`nalishini aniqlash shu chiziqni oriyentirlash deyiladi.
Har qanday chiziqning yo`nalishi, shu chiziq bilan boshlang`ich yo`nalish deb qabul qilingan chiziq orasida hosil bo`lgan burchak yordamida aniqlanadi. Bu burchak oriyentirlash burchagi deyiladi. Masalan: OX-boshlang`ich yo`nalish. OC chizig`ining OX ga nisbatan yo`nalishi α oriyentirlash burchagi yordamida aniqlanadi.