Glossariy O'yin talim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etuvchi pedagogik vosita. O'yinchoq



Yüklə 10,04 Kb.
tarix28.06.2022
ölçüsü10,04 Kb.
#117277
2 5307829298609004601




Glossariy
O'yin - talim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etuvchi pedagogik vosita.
O'yinchoq - oynash uchun moljallangan predmet.
O'yin harakatlari - operatsion-texnik jihatdan forig bolgan harakatlar, bu mohiyati bolgan harakat, ular namoyon etish xarakteriga ega.
O'yin faoliyati - syujetli-rolli oyin, qoidalari bolgan oyin va oyinning boshqa turlari.
Didaktik o'yinlar - bu bolalarni oqitish va tarbiyalash maqsadida pedagogika maktabi tomonidan maxsus yaratilgan qoidalari bolgan oyinlar turidir. Didaktik oyinlar bolalar tarbiyasida oziga xos muammolarni hal etishga qaratilgan, lekin shu bilan birga ular oyin faoliyatining talimiy va rivojlantiruvchi tasirini hosil qiladi.
Kommunikativ faoliyat - kattalar va tengdoshlar bilan muloqot va ozaro muno-sabat.
Tafakkur - bu inson bilish faoliyatining eng yuqori shakli, voqelikni bilvosita va umumlashgan aks ettirishning ijtimoiy shartlangan ruhiy jarayoni, mohiyatan yangi-liklarni qidirish va kashf etish jarayoni.
Stol o'yini - stol ustiga toliqligicha joylashadigan yoki oynayotganlar qoliga sigadigan, nisbatan katta bolmagan predmetlar toplami bilan boshqariladigan oyin. Stol oyinlari qatoriga maxsus hoshiyali oyinlar, kartali oyinlar, suyaklar, askarchalar va shu kabilar kiradi.
Talimiy faoliyat - talim dasturlarini amalga oshirish faoliyati
O'qitish - talim oluvchilarning bilim, konikma va malakalarga ega bolish, faoli-yatga doir tajribani orttirish, qobiliyatlarni rivojlantirish, kundalik hayotda bi-limlarni qollashda tajriba orttirish va hayotlari davomida talim olishga bolgan motivatsiyasini shakllantirishga oid faoliyatni tashkil etishga yonaltirilgan jara-yon.
O'yinning asosiy komponentlari - xayoliy vaziyat, rol va uni amalga oshi-ruvchi oyin faoliyati, shuningdek, oynayotganlar tomonidan olingan rollar; oyin harakatlari ushbu rollarni amalga oshiruvchi vosita sifatida; predmetlarni oyin maqsadida qollash, yani haqiqiy predmetlarni oynaladiganlari, shartlilariga al-mashtirish; oynayotganlar orasidagi haqiqiy munosabatlar.
Qoidalari bolaan harakatli o'yin - bu bolaning ongli, faol faoliyati bolib, barcha oynayotganlar uchun majburiy qoidalar bilan bogliq vazifalarni aniq va oz vaqtida bajarish bilan tavsiflanadi. Tarifga kora, harakatli oyin - bu bolaning hayotga tayyorlaydigan mashqdir.
Xotira - bu insonning ruhiy xususiyati, tajriba va axborotni toplash, saqlash (yodda tutish), qayta ifodalash qobiliyati.
Rivojlantiruvchi talim muhiti - bolalarning ijtimoiylashuvi va individu-allashuvi shartlari tizimi.
Rivojlantiruvchi oyinlar - diqqat, xotira, tafakkur va shu kabilarni rivojlan-tirish oyinlari.
Rol - oyin pozitsiyasi: bola syujetdagi biron qahramon bilan ozini taqqoslaydi va bu qahramon haqidagi tasavvurlarga muvofiq harakat qiladi.
Rolli ozaro munosabat - muayyan hayotiy rollarda odamlarning ozaro munosabatlari. Ozining ijtimoiy rollarida harakat qiluvchi bu ozaro munosabat ishtirokchilari, odatda, ularga shaxs sifatida xos bolgan psixologik sifatlarni namoyon etadilar.
Erkin syujetli o'yin - oldindan belgilanmagan oyin qoidalarini kozda tutgan oyin.
Sport o'yinlari - jamoalar yoki alohida sportchilarning oyin bellashuvi bilan bogliq mustaqil sport turlari bolib, malum qoidalar asosida olib boriladi.
Syujet - hayotiy motivatsion aloqalar bilan birlashtirilgan voqealar ketma-ketligi.
Syujetli-rolli o'yin - syujetli o'yin va rolli qadriyatga ega bolgan o'yinning unsurlari va xususiyatlarini ozida birlashtiradigan oyin shakli yoki xolisona yangilikning yaratilishi.
Fasilitator- pedagogning guruh faoliyatini tashkil etishdagi rolli orni. Guruhga berilgan vazifa asosida qidiruv jarayonini osonlashtiradi, tashkil qiladi, boshqaradi va ragbatlantiradi..
O'zaro munosabatlarda masofa pozitsiyalari tamoyili - kattalar va bolalar ortasidagi muloqot uchun oyin makonini tashkil etishga qaratilgan ("kozdan kozga").
Faollik tamoyili - o'yin muhitini yaratishda pedagog va bolaning birgalikda ishtirok etish imkoniyati (katta modul toplamlarini qollash, qum va suv oyinlari, oyin ustaxonalari va h.k.).
Barqarorlik - dinamiklik tamoyili - did, kayfiyat va imkoniyatlariga muvofiq oyin sharoitlarini yaratishga yonaltirilgan. Har bir yosh guruhi bolalari uchun oyin xonalari barqarorlik hududi hisoblanadi: yigiladigan mebellar, oyinchoq mebel, oyinchoqlarni saqlash uchun idishlar, oyinchoqlar, yumshoq tekisliklar, dam olish podiumidan foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Komplekslash va egiluvchan hududlash tamoyili - ozaro kesishmaydigan faollik sohalarini qurish imkoniyatini yaratadi va bolalarga bir vaqtning ozida bir-biriga xalaqit bermasdan turli oyin faoliyati bilan shugullanish imkonini beradi. Bu bolaning barcha manfaatlarini qamrab olgan oyin va tematik hududlar (zonalar), dam olish, xilvat joylar.
Odatiy va noodatiy unsurlarni uygunlashtirish tamoyili - oyin muhitini estetik tashkil etish. Bu tamoyilning afzalliklari kopincha etibordan chetda qoladi. Axir inson asosiy malumotlarni korish yordamida qabul qilishi sir emas. Aynan shuning uchun predmetli muhitni vizual qabul qilishga alohida etibor qaratish lozim. Vinil, mato, plastmassadan tayyorlangan katta yorqin oyinchoqlardan va majoziy bezash unsurlaridan foydalanish mumkin.
Yüklə 10,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin