Grafika va yozuv tarixi reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


-MAVZU: Qo‘shtirnoq va qavs belgilarining qo‘llanilishi MASHG‘ULOT REJASI



Yüklə 232 Kb.
səhifə62/77
tarix04.06.2022
ölçüsü232 Kb.
#116630
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77
Grafika va yozuv tarixi reja Yozma nutq me yorlari fani, uning

15-MAVZU: Qo‘shtirnoq va qavs belgilarining qo‘llanilishi
MASHG‘ULOT REJASI:
1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.
2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.
3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash


1-mashq. O‘qing. Tegishli o‘rinlarga nuqta, so‘roq va undov belgilarini qo‘ygan holda gaplarni ko‘chiring. So‘ngra so‘z turkumlarini aniqlab, ustiga nomini yozib qo‘ying.
1. Dunyoda pul o‘g‘risi bor, mol o‘g‘risi bor, lekin qadr o‘g‘risi yo‘qmi Birovning qadrini yerga urish yo‘li bilan o‘z qadrini oshiradigan odam qadr o‘g‘risi emasmi (P.Q.) 2. — Yo‘q, singlim, o‘limdan qo‘rqqanning kuni qursin O‘lim qo‘rqoqqa dahshat Hayotda o‘z o‘rnini topgan, ideali yuksak odam uchun o‘lim umrning qonuniy yakunlanishi Chunki u nima maqsadda yashab, nima uchun o‘layotganini biladi. Oliy maqsad yo‘lida yashab, dunyodan o‘tish naqadar sharaf (Sh.) 3. Nigoraning eng katta boshlig‘i ham, eng yaqin sirdoshi ham eri Eng katta quvonchi esa bolalari (E. Usmonov.) 4. — Domlaning planlari Napoleonning planlaridan ham katta — Xo‘sh — Domla mukofot olgani keptilar bu yerga Beruniy nomidagi Davlat mukofotini — A Qanaqa qilib — Normurod Shomurodovning ko‘zlaridagi horg‘inlik taajjub va hayrat bilan almashdi (O. Yo.) 5. Eh, ko‘ksi so‘qirlik ko‘zi so‘qirlikdan qanchalik yomon Shuncha ajoyib mashinalar kashf etgan dono odamlar nega kishining yuragini, fikru e’tiqodini ro‘yi rost ko‘rsatadigan, aniqlab beradigan birorta asbob o‘ylab topolmaydilar (Sh.)
2-mashq. Qanday tinish belgilari ishlatilganini ayting. Vergul va nuqtali vergul qo‘yilgan o‘rinlarga alohida diqqat qilib, ular nima uchun qo‘yilganini izohlang. Komponentlari vergul va nuqtali vergul qo‘yib ajratilgan qo‘shma gaplarni ko‘chirib, qo‘shma gap turini ayting.
1.Gaz-chi? Qayoqqa boshlasang, o‘z oyog‘i bilan boradi. Qayerga to‘g‘rilab qo‘ysang, o‘zi yonib, o‘zi qizitib yotadi. Ulkan xazina! Kelajakning yoqilg‘isi shu! Rohatijonligini aytmaysizmi! Barmoqday quvurchadan oqizib qo‘ysangiz, qirq quloqlik qozonni qaynatadi. (I. R.) 2. Odatda qizning go‘zalligini, aqlini hurmat qilib sevish qiyin emas, lekin ishini ham chinakam hurmat qilib sevish qiyinroq. (P. Q.) 3. Biz yashayotgan, o‘qiyotgan, sof havodan nafas olayotgan mana shu ona tupprog‘imiz uchun bo‘lgan ayovsiz janglarda o‘n uch millat farzandlari qahramonlarcha kurashganlar. (I. R.) 4. Aytishlariga qaraganda, shamdonning og‘irligi besh pud sof tilla zkan; uni Amir Temurning buyrug‘iga muvofiq o‘sha zamondagi eng zo‘r hunarmand ustalar yasashgan ekan. (H. Irfon.) 5. Yuksak fikr, yorug‘ o‘y bo‘lmas tuban odamda, Derlarki, past tog‘ning boshida qori bo‘lmas. (U.) 6. O‘lmas o‘ziga-o‘zi dedi: “Qo‘rqma, O‘lmas, aytsang ham o‘ldiradi bular, aytmasang ham! Yaxshisi, mardlarcha halok bo‘l! Sen nomard, qo‘rqoq bo‘lsang, Iskandarov ham, Sergey amaki ham ishonib bu yoqlarga yubormas edi. Menga otam ham ishonib rozilik bermas edi. Mayli, istagancha qiynashsin!... Men mard odamning o‘g‘liman” (Yo. Shukurov.) 7. Shimol tomon biyday yalanglik, ho‘ ufqqa tutashib ketgan qirda esa qo‘yday-qo‘yday silliq, xarsanglar dumalab yotar, undan u yog‘i qop-qora qoyalar boshlanar; ship-ship bosib borayotganim serqum tuproq ustida, kuz bo‘lishiga qaramay, ko‘m-ko‘k, o‘tkir hidli, shaharda uchramaydigan baland-baland gullar, giyohlar o‘sib, shabadada to‘xtovsiz silkinib turardi. (O‘. Usmonov.)
3-mashq. Qanday tinish belgilari ishlatilganini aniqlang. Tire, qavs va qo‘shtirnoq qo‘yilgan o‘rinlarga diqqat qiling, ular nima uchun qo‘yilganini ayting. Tire qo‘llangan gaplarni ko‘chirib, uning qo‘yilish sababini izohlang.
1. Bir donishmanddan so‘radilar: — Qanday qilib ilmning eng yuqori cho‘qqisiga chiqding? Donishmand shunday javob berdi: — Bilmagan, tushunmagan narsamni olimdan ham, oddiy kishidan ham, kattadan ham, kichikdan ham so‘radim. Bu to‘g‘rida uyalmadim, nomus qilmadim, o‘zimni yuqori tutib, mutakabbir bo‘lmadim. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur.») 2. Ishkom tagida stolda samovar shaqillab qaynar (Obid Yunusovich, choydishdan choy ichganday bo‘lmayman, deb doim samovar qo‘ydirardi!) Mavjuda xola nevarasiga ovqat yedirar, dadasi yangi gazetalarni ko‘zdan kechirmoqda edi. (O. Yo.) 3. Yoshu qari, bola-chaqa — hammasi shoshilib guzar tomongaketishardi. (Yo. Shukurov.) 4. Dala shamolidan qoraygan yuzlar, g‘o‘zaga tirnalib, issiq-sovuqni ko‘p ko‘rib chiniqqan qo‘llar (so‘nggi ikki kun qor changallab ko‘sak yulishga to‘g‘ri kelgandi), jismoniy mehnatda pishgan navqiron gavdalar hozir har qachongidan ham o‘tliroq edi. (P. Q.) 6. Amudaryo sohili. Telba daryoning ulkan idishda biqirlab qaynayotgan kofega o‘xshash bo‘tana suvi burala-burala shimoli-g‘arb tomon — Orol sari oshiqmoqda. (S. Karomatov.) 7. Azizov Farhodning gaplarini esladi: «Ajoyib apparat! Asrimizning chinakam mo‘‘jizalaridan biri! (H. Shayxov.)



Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin