Grafika va yozuv tarixi reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


- mashg’ulot: Qo‘shib va ajratib yozish imlosiga oid mashqlar tahlili



Yüklə 232 Kb.
səhifə49/77
tarix04.06.2022
ölçüsü232 Kb.
#116630
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77
Grafika va yozuv tarixi reja Yozma nutq me yorlari fani, uning

6 - mashg’ulot: Qo‘shib va ajratib yozish imlosiga oid mashqlar tahlili


MASHG‘ULOT REJASI:
1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.
2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.
3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash.


1-mashq. Berilgan so‘zlarni o‘qing. Ma’nosini izohlang. Qavs ichidagi so‘zni o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yozish ma’qulmi yo ajratib yozsa ham bo‘ladimi?
Oltin (ko‘l), Ashur (ali), poy (abzal), chim (qo‘rg‘on), Qarshi (cho‘li), O‘rta (Osiyo), «O‘zbek (film»), yozuvchilar (uyushmasi), Qora (daryo), oq (oltin), temir(yo‘l), o‘rin (bosar), Sora (opa), Yangi (Farg‘ona), Yangi (yo‘l), Nor (buva), Ko‘k (terak), ko‘k (qarg‘a), Shodi (aka), Xo‘ja (ariq), Oltin (ariq), Mulk (obod), Sharif (tog‘a), Bek (obod), oq (soqol), Yangi (obod), Yangi (qo‘rg‘on), Markaziy (Farg‘ona), «Toshkent (oqshomi»), «Sharq (yulduzi»), qayin (ota), ish (boshi), sholi (poya), Koson (soy), mirza (terak), Tentak (soy), Ko‘hna (Urganch), yangi (turmush), Mahmud (pahlavon), Karim (berdi), Qo‘sh (chinor), ra’no (gul), osh (qovoq), Yakka (bog‘), Issiq (ko‘l), ko‘z (oynak), Umum (Yevropa), so‘z (boshi), Umum (ittifoq).
Bilib oling.
Qo‘shma so‘zlar quyidagi hollarda qo‘shib yoziladi:
1. Ikki yo uch so‘z qo‘shilib, yangi bir ma’no ifodalasa (qum va qo‘rg‘on — endilikda bitta qishloq: Qumqo‘rg‘on) qo‘shib yoziladi: Buloqboshi, Oltiariq, Yangiqo‘rg‘on, gultojixo‘roz.
2. Qo‘shma fe’llarning ikki turini qo‘shib yozish mumkin:
a) a tovushi bilan tugagan fe’lga o unlisi bilan boshlanuvchi ko‘makchi fe’l qo‘shilganda, har ikki unli qorishib ketadi va bitta o bilan yoziladi: aytoldim, boroldi;
b) ko‘makchi fe’l b tovushi bilan boshlansa, uni yetakchi fe’l oxiridagi a — y tovushlarining ta’sirida yozaveramiz, ishlayveramiz, ketaver tarzida qo‘shib yozish mumkin.
3. xona, noma, poya, ham, sifat, umum kabi so‘zlar bilan yasalgan qo‘shma ot va sifatlar, -(a)r//-mas qo‘shimchasi yordamida yasalgan qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: ishxona, tabriknoma, bedapoya, hamkor, devsifat, umumxalq, otboqar, ishyoqmas.
4. Qo‘shma so‘zlar quyidagi hollarda ajratib yoziladi:
1) qo‘shma so‘zlarning qismlari bir-birini izohlasa: temir eshik, osma ko‘prik, Janubiy Farg‘ona kanali, til oldi, o‘rta keng, uzun bo‘yli, Jo‘ra tog‘a va b.;
2) qo‘shma fe’llar: yozib ol, sir tut, churq etma va b.;
3) hamma, har, hech, u, bu so‘zlari bilan yasalgan ot va ravishlar: hamma vaqt, har kim, hech qachon, u yerda, bu vaqt;
4) sifatlar oldida to‘q, jiqqa, tim, liq kabi so‘zlar kelsa: to‘q sariq, jiqqa ho‘l, tim qora, liq to‘la va b.;
5) belgining ortiqlik darajasini ko‘rsatuvchi ko‘pdan ko‘p, yangidan yangi, ochiqdan ochiq kabi qo‘shma so‘zlar.

Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin