Grammatik lug‘aviy-grammatik turlari va lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashq. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari


-mashq. Fe‘l so‘z turkumi haqidagi fikrlaringizni xulosalang. So‘z turkumining UGMsini tiklang. Tezkor savollar va topshiriqlar



Yüklə 37,94 Kb.
səhifə4/5
tarix31.12.2021
ölçüsü37,94 Kb.
#112777
1   2   3   4   5
2-amaliy mashg`ulot

14-mashq. Fe‘l so‘z turkumi haqidagi fikrlaringizni xulosalang. So‘z turkumining UGMsini tiklang.
Tezkor savollar va topshiriqlar:

  1. Fe’l qanday Grammatik kategoriyalari bor?

  2. Fe’lning lug’aviy shakllari deb nimaga aytiladi?

  3. Fe’lning aloqa-munosabat shakllari haqida gapiring?

  4. Nisbat haqida gapiring?


15-mashq. Berilgan matn asosida quyida keltirilgan topshiriqlarni bajaring.



Keyingi yillarda rivojlangan zamonaviy meditsina ko‘pgina yurak-qon tomir kasalliklarining kelib chiqishida ovqatlanish ratsionining buzilishini sabab qilib ko‘rsatmoqda. Hayvonlar hayoti davomida kasallik yoki yo‘qchilik sababli tez-tez och qolishga majbur bo‘ladi. Bu esa ulardagi mavjud yoki rivojlanishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni bevosita davolanishiga sabab bo‘ladi. Inson hayotida esa bunday holatlar deyarli kuzatilmaydi. Ochlik bilan davolash, oqilona ovqatlanish muammolari xususida keyingi davrda qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu haqda mutaxassislar shunday deydilar:

1. Kam yesang, uzoq umr ko‘rasan. Kimki, o‘zidagi axmoqona kamchiliklarni yenga olsa (ovqatlanishga bo‘lgan hirsni tiya olsa), u irodalidir. (Bendjamin Franklin)

2. Ortiqcha ovqatlanishdan o‘zni tiyish – organizm uchun buyuk tozalanish. Ammo bu - kasallikka qarshi malham emas. (Pol S Bregg)

3. Ochko‘zlik zaharlanishga olib keladi. Har bir yangi zaharlanish umrni qisqartirish sari qo‘yilgan yangi bir qadamdir. (Pol S Bregg)

4. O‘zingizni ortiqcha ovqatlanish bilan zaharlamang. Bu sizni muddatidan oldin qabrga yetaklaydi. (Pol S Bregg)

5. Hayot – bu ovqatlanish fojiasidir. ( Arnold Ernest)

6. Inson sanchqi va qoshiq bilan o‘ziga qabr qaziydi. (Pol S Bregg)

7. Oldiga qo‘yganni yemoq hayvonning ishi

8. Og‘ziga kelganni demoq nodonning ishi.(Navoiy)

1-topshiriq. Gaplarni o‘qing. Harakat bildiruvchi so‘zlarni ajrating.

2-topshiriq. Qayd qilingan so‘zlarni mustaqil holda harakat bildiradigan, nisbatlanadigan, tuslanish paradigmasiga ega bo‘la oladigan va mustaqil harakat bildirmaydigan, tuslanish paradigmasiga ega bo‘la olmaydigan guruhlarga ajratib alohida-alohida izohlang.

3-topshiriq. Mustaqil va nomustaqil fe‘llardagi umumiylik va farqlarni aniqlang.

4-topshiriq. Mustaqil harakat bildirmaydigan, tuslanish paradigmasiga ega bo‘lmaydigan fe‘llarni vazifasiga ko‘ra tasniflang.

5-topshiriq. Mavzu yuzasidan testlar tuzing.


Yüklə 37,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin