Taqdimoti



Yüklə 475,98 Kb.
tarix01.01.2022
ölçüsü475,98 Kb.
#107564
. RAVISH

TAQDIMOTi


Pedagogika fakulteti

“Maktabgacha ta’lim” yo`nalishi

17-13 guruh talabasi Sarmirzayeva Saodatning

MAVzu: ravish.

Reja:

Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari

Ravishlarning ma’no turlari

Ravishlarning yasalishi

Ravishlarning tuzilishi jihatdan turlari

Harakat va holatning belgisini, belgining belgisini (sifat va ravishning), ba’zan predmetning (ot) belgisini bildiradigan mustaqil so‘z turkumi ravish deyiladi. Masalan: Qutlug‘ jon tez orada o‘zbekcha biyron-biyron gaplasha boshladi (O.). Ko‘kday bepoyon mening Vatanim (Q.Hikmat).

Sifat so‘z turkumi kabi ravish ham belgi bildiradi. Lekin sifat, asosan, predmetning belgisini, ravish esa, asosan, ish-harakatning belgisini, belgining belgisini bildiradi.

Ravish ish-harakatning bajarilish tarzi (astoydil urindi), payti (hozir keldi), o‘rni (yuqoriga intildi), miqdori (kam gapirdi), darajasi (nihoyatda achindi), sababi (noiloj ko‘ndi) va maqsadi (jo‘rttaga indamadi)ni anglatadi.

Ayrim ravishlar ba’zan otga bog‘lanib, predmetning noaniq miqdorini (ko‘p kitob), sifat va ravishning o‘ziga bog‘lanib, belgini kuchini; darajasini, o‘xshashligini (obdon pishiq, ancha ilgari, toshday qattiq) ifodalaydi. SHu ma’no xususiyatlariga ko‘ra ravish qanday? qay tarzda? qachon? qaerga? qaerda? qaerdan? qancha? qay darajada? nega? nima maqsadda? kabi so‘roqlariga javob bo‘ladi.

Ravish o‘ziga xos grammatik xususiyatlarga ega:

1) ravish boshqa so‘z bilan bog‘lanib kelganda morfologik jihatdan o‘zgarmaydi (so‘z o‘zgartiruvchi affikslarni olmaydi). Lekin ma’lum kelishik yoki egalik kelishik shaklida (qotib qolgan holda) ravishga ko‘chgan so‘zlar mavjud: kunda, yiliga, kunduzi, chindan, rostdan, yaqinda, birdan, birga kabi.

2) ravish belgi bildiruvchi so‘z bo‘lgani uchun sifat kabi belgini (harakatning belgisini) darajalab, chog‘ishtirib ko‘rsatish xususiyatiga ega. Biroq ravishlarda daraja anglatish sifatlardagi kabi taraqqiy qilgan emas. Ravish ham uch daraja ko‘rinishiga ega: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja. Daraja ma’nosi sifat darajalaridagi vositalarning o‘zi bilan ifodalanadi. Belgini darajalab ifodalash, asosan, holat ravishlari (ayrim payt va miqdor)ga xos.



Oddiy daraja. Oddiy darajada ravish ish-harakat belgining normal holatda (chog‘ishtirilmagan holatda) ekanligini bildiradi va o‘ziga xos morfologik ko‘rsatkichga emas: Usmonjon gunoxkorona jilmaydi (S.Z.).

Qiyosiy daraja. Qiyosiy darajadagi ravish harakat belgisining boshqa belgi bilan chog‘ishtirish orqali belgining kamligi, kuchsizligi, ko‘pligi, ya’ni kuchaytirish ma’nosini ko‘rsatadi va ravishlarga -roq affiksini qo‘shish bilan hosil qilinadi: astaroq, ozroq, barvaqtroq, keyinroq kabi: Zaynab ilgariroq, Kumush keyinroq ichkariga kirishdi (A.Qodiriy). Ba’zan qiyosiy darajadagi ravishdan oldin sal, yana, tobora kabi ravishlar keladi. Bunday holda kuchaytiruv va kuchsizlantiruv ekspressiv yo‘l bilan yanada orttirilgan bo‘ladi: Sal burunroq o‘tkazilsa, ancha bo‘y bergan bo‘ladi (SH.Rashidov).

Orttirma daraja esa ravishdan oldin juda, nihoyatda, eng, hammadan kabi so‘zlarni keltirish bilan hosil qilinadi va harakat belgisining normal holatdan o‘ta ortiqligini, kuchaytirilganligini ifodalaydi: Bu yurtda eng avval senda tong otar, Eng keyin tark etar seni quyoshing (E.Vohidov). Imon bilan amal bir-biriga juda yaqindir. Ular bir-birisiz durust emas (Hadisdan).

3) ravishning fe’lga bog‘lanib, gapda ko‘pincha hol vazifasida kelishi, uning asosiy grammatik xususiyatlaridan biri sanaladi: Ogahiy yaratgan she’riy misralar o‘zining serjiloligi bilan kishilarni hamon o‘ziga rom qilib kelmoqda (Kaykovus).

4) ravish sifat va ravishga, ba’zan otga bog‘lanib kelib, belgini belgisini bildiradi, gapda sifatlovchi-aniqlovchi vazifasi bajaradi: Tog‘ day og‘ir bilak berdim... (H.O.).

Ba’zi ravishlar otga ham bog‘lanib, uning belgisini ko‘rsatadi va sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. Fe’lga bog‘lanib, harakatning belgisini bildirgan sifatlar ravish so‘z turkumiga o‘tib ketmagani kabi, otga bog‘langan ravishlar ham sifat turkumiga o‘tmaydi: U ancha jo‘yaklarni oraladi, ancha qovunlarni ushlab, qay birini uzishni bilmadi (O.). Etti qizning onasi haligacha kelinchak (Topishmoq).

5) ravish otlashish xususiyatiga ega, ya’ni ravish bog‘lanib kelgan ot gapda qo‘llanmasligi mumkin. Bunday holda ravig otga xos egalik, kelishik, ko‘plik affikslarini qabul qiladi va gapda ot kabi ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to‘ldiruvchi vazifalarida keladi: Ko‘pni ko‘rgan ko‘hna dunyoda Baxt axtarib ko‘plar o‘tdilar (H.O.). Ilm ko‘pga etkazar, hunar esa ko‘kka (Maqol). Har bir ishimizdan ertaning shabadasi kelib turibdi, o‘g‘lim (O.).

Ravishlarda otlashish hodisasi, asosan, holat, miqdor belgisini (ba’zan payt belgisi) bildiruvchi ravishlarga xos.

6) ravish gapda hukm tushunchasini anglatib bosh bo‘lak ot kesim vazifasida ham keladi: Odam har qancha olim bo‘lsa ham, uning o‘zi sezmagan kamchiliklari ko‘p («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).

7) ravish so‘z yasalish xususiyatiga ega. Ravish yasovchi maxsus so‘z yasovchi affikslar mavjud: do‘stona, yangicha, tasodifan, butunlay kabi. Bunday usul bilan ravish yasalishi morfologik usul sanaladi. Ravish sintaktik usul bilan ham yasaladi: bir oz, har gal, bir yo‘la, dam-badam kabi.

8) ravishlarda modal ma’no yasalishi ham mavjud. Bunday shaklda kelgan ravishlar harakat belgisining kuchsizligi, ta’kid, noaniqlik kabi ma’nolar anglatadi. Bu modal ma’no sintetik shakl orqali hosil qilinadi, ya’ni ravishga -roq, -gina (-kina, -qina) affikslarini qo‘shish orqali: ko‘proq, endigina, sekingina, kechagina kabi hamda ravishlarni aynan takrorlash yo‘li bilan hosil qilinadi

Ravishlar ma’no jihatdan olti guruhga bo‘linadi:

5) sabab ravishi,

6) maqsad ravishi.

4) miqdor-daraja ravishi,

1) holat ravishi,

2) payt ravishi,

3) o‘rin ravishi,



Holat ravishi. Holat ravishi ish-harakatning qay tarzda, qay holatda bajarilishini bildirib, qanday? qay tarzda? qanday qilib? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi: asta, sekin, tez, piyoda, ayov, qo‘qqisdan, tasodifan, xomlay, ochin-to‘kin, butunligicha, jim, darov, darhol, zo‘rg‘a, birdan, birga, majburan, yaqqol, harbiylarcha, o‘zbekcha, yuzma-yuz, ochiq-oydin kabi.

Payt ravishi. Payt ravishi ish-harakatning paytini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so‘roqlarga javob beradi. Payt ravishlariga: hozir, boya, hali, endi, oldin, burun, avval, qadim, bultur, tunov kun, yaqinda, hamisha, hanuz, hamon, bugun, indin, keyin, so‘ng, yiliga, dastlab, har kuni, erta-indin, erta-kech, qishin-yozin kabilar kiradi.

O‘rin ravishi. O‘rin ravishi ish-harakatning bajarilish o‘rnini va harakat yo‘nalgan tomonni anglatadi. O‘rin ravishi qaerga? qaerda? qaerdan? kabi so‘roqlarga javob berib, ularga nari, beri, oldinga, pastda, tubanda, yuqoridan, quyidan, u yoqqa, bu yoqqa, yaqinda, orqadan, to‘g‘ riga, chapda, o‘ngda kabilar kiradi.

Miqdor ravishi miqdor tushunchasini anglatib, harakat-holatning bajarilishida uning miqdoriy belgisini ko‘rsatadi. SHu bilan birga miqdor ravishi otga ham bog‘lanib kela oladigan ravish turidir, shu jihatdan bu ravishlar predmetning noaniq miqdorini ham ifodalaydi. Miqdor ravishi qancha? so‘rog‘iga javob berib, ularga ko‘p, mo‘l, kam, bir oz, sal, picha, xiyol kabilar kiradi.



Sabab ravishi. Sabab ravishi ish-harakatning bajarilish sababini anglatadi. Sabab ravishi nega? nima uchun? nima sababdan? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi va ularga noiloj, noilojlikdan, chorasiz, chorasizlikdan kabi ravishlar kiradi.

Sabab ravishi, asosan, sabab holi vazifasini bajaradi: Qunduzoyning qistashi bilan noiloj birinchi qatorga borib o‘tirdi (Oydin).



Maqsad ravishi. Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib, nega? nima maqsadda? kabi so‘roqlarga javob beradi. Bu ravishlarga atay(in), ataylab, jo‘rttaga, qasddan kabilar kiradi. Maqsad ravishi gapda, asosan, maqsad holi vazifasini bajaradi: YUksak binolar tomon, Bordik bizlar atayin (Po‘lat Mo‘min).

O‘zbek tilida ravishlar, asosan, 2 xil usul

kompozitsiya

affiksatsiya

-an: taxminan, rasman, tasodifan, majburan kabi. Bu affiks ot, sifat asosidan ravish yasaydi.

-cha: o‘zbekcha, yangicha, boshqacha, o‘zicha, istagancha, hozircha kabi. Bu affiks ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ravish asosidan ravish yasaydi.

-incha: ko‘pincha, aksincha kabi. Bu affiks ravish, sifat asosiga qo‘shilib ravish yasaydi.

-larcha: o‘rtoqlarcha, qarindoshlarcha, aybdorlarcha, vahshiylarcha kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo‘shilib ravish yasaydi.

-ligicha: tirikligicha, xomligicha, ozligicha, xo‘lligicha kabi. Bu affiks sifat, ravish asosiga qo‘shilib ravish yasaydi.

-lay: tiriklay, butunlay kabi. Bu affiks sifat va olmosh asosidan ravish yasaydi.

-ona: do‘stona, fidokorona, g‘ olibona, qadimona kabi. Bu affiks ot, sifat, ravish asosidan ravish yasaydi.

Ravish yasovchi affikslar quyidagilar:

-lab: haftalab, yaxshilab, bittalab, ko‘plab kabi. Bu affiks ot, sifat, son, ravish asosiga qo‘shilib ravish yasaydi.

-chasiga: dehqonchasiga, eskichasiga kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo‘shiladi.

-siga: tikkasiga, yappisiga kabi. Bu affiks sifat, olmosh asosiga qo‘shilib ravish yasaydi.

-n (-in): ertan, kechin, yashirin kabi. Bu affiks ravish, fe’l asosiga qo‘shilib ravish yasaydi.

-siz, be-: tinimsiz, to‘xtovsiz, beto‘xtov kabi. Bu affikslar omonim affiks sifatida sifatdan tashqari ot, harakat nomi asosidan ravish yasaydi.

-day (-dek): toshdek, gulday kabi. Bu affikslar ot asosiga qo‘shilib ravish yasaydi.

1) har olmoshi bilan o‘rin yoki payt ma’nosini bildiruvchi so‘zlarni biriktirish bilan: har vaqt, har lahza, har on, har gal, har yoq, har zamon kabi;

2) ko‘rsatish olmoshlariga yon, er, yoq so‘zlarini qo‘shish bilan: shu er, shu yoqqa, shu yonda, bu erda, bu yoqqa, o‘sha yoqda, o‘sha yoqqa, u erdan kabi;

3) bir soniga o‘rin, payt, miqdor ma’nosini bildiruvchi so‘zlarni yoki mustaqil ishlatilmaydigan so‘zlarni qo‘shish bilan: bir zum, bir lahza, bir zamon, bir yo‘la, birmuncha, birvarakay, bir yoqqa, birato‘la, bir oz kabi;

4) turli so‘z turkumiga oid ikki so‘z shaklining (o‘z leksik ma’nosini saqlagan, ba’zan mustaqil ishlatilmaydigan so‘z bilan) birikishi bilan: tez orada, hali zamon, shu zahoti, tunov kun, kuni kecha, qadim zamon, ozmuncha kabi.

Qo‘shma ravish quyidagicha yasaladi:

Juft ravish quyidagicha yasaladi:

1) ma’nosi bir-biriga yaqin (sinonim) so‘zlarning teng bog‘lanishi bilan: asta-sekin, ochiq-oydin, eson-omon kabi;

2) qarama-qarshi ma’noli (antonim) so‘zlarning teng bog‘lanishi bilan: bugun-erta, yozin-qishin, nari-beri kabi;

3) –ma (-ba) elementlari, shuningdek, chiqish va jo‘nalish (ba’zan bosh) kelishigi shaklini olgan so‘zlarni takrorlash bilan: yuzma-yuz, yonma-yon, dam-badam, kundan-kunga, naridan-beri, kamdan-kam kabi;

4) turli fe’l shakllarining takrorlanishi hamda ularni bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklda takrorlash bilan: qayta-qayta, sezilar-sezilmas, qo‘yarda-qo‘ymay, bilinar-bilinmas kabi.

Ravish tuzilishiga ko‘ra:

1) sodda,

2) qo‘shma,

3) juft,

4) takroriy ravishlarga bo‘ladi.

Sodda ravishlar bir o‘zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko‘p, hozir, vijdonan, kamtarona kabi.

Qo‘shma ravishlar ikki so‘z asosining birikishi orqali tuziladi: har gal, bir vaqt, tez fursatda, shu yoqqa kabi.

Juft ravishlar ikki so‘z asosining teng bog‘lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-kech, eson-omon kabi.



Takroriy ravishlar esa bir so‘z asosini aynan takrorlash bilan yoki ikkinchi takrorlangan ravishda tovush o‘zgarishi yuz bergan holda tuziladi: endi-endi, asta-asta, oz-moz, sal-pal, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a kabi.

Ravish tahlili namunasi

1. So‘rog‘i.

2. Ma’no turi.

3. Darajasi.

4. Otlashgan yoki otlashmaganligi.

5. Tuzilish turi.

6. Tub yoki yasamaligi.

7. Gapdagi sintaktik vazifasi.

E’TIBORINGIZ UCHUN

E’TIBORINGIZ UCHUN

TASHAKKUR


Yüklə 475,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin