16-mashq. Berilgan gaplardagi fe‘llarni LMGlarga birlashtiring. Markaziy va qurshov leksemalarning voqelanishlarini aniqlang.
parvona bo‘lmoq, tentiramoq rahmi kelmoq, xushomad qilmoq, xayol surmoq, yurmoq, kezmoq, lapanglamoq, vaysamoq, kuvg‘in bo‘lmoq, qurmoq, hosil bo‘lmoq, vaqillamoq, gandiraklamoq, tepkilamok, tisarilmoq, solmoq, xulosaga kelmoq, suymoq, ushlamoq, silamoq, tirnamoq, holsizlanmoq, kuymoq, kuchlanmoq, zaiflashmoq, ko‘tarilmok, urilmoq, chizmoq, kambag‘allashmoq, shapaloqlamoq, bobillab berdi, xudo olsin, juvonmarg bo‘lgur, chimchilamoq, changallamoq, mushtlamoq, randalamoq, chertmoq, qorasi o‘chsin, hovuchlamoq, chapak chalmoq, raxsa qilmoq, gapirmoq, demoq, to‘ng‘illamoq, vag‘illab ketdi, eslamoq, tubanlashmoq, esankiramoq, g‘azablanmoq, yo‘rg‘alamoq, barpo qilmoq, arralamoq, sayqal bermoq, yemoq, o‘chirmoq, fikrlamoq, ko‘z oldiga keltirmoq, bir qarorga kelmoq, yaxshi ko‘rmoq, yon bosmoq, maftun bo‘lmoq, e‘zozlamoq, beti qursin.
17-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Fe‘llarning o‘timli-o‘timsizligini aniqlang. O‘timli fe‘llarni o‘timsiz, o‘timsiz fe‘llarni o‘timli fe‘llarga aylantiring. O‘zgarishni vujudga keltiruvchi vositalarni aniqlang. Qurshovda yuz bergan semantik-sintaktik farqlarni izohlang.
1. Bir mahal G‘ulomjon tuynukdan erinib chiqayotgan tutunga qarab so‘zlandi. (M.Ism.) 2. So‘ng uzun do‘nglik ortiga o‘tib, ko‘rinmay ketdi. (P.Qod.) 3. Yigit ko‘zini yashirishga joy topolmay qiynaldi. (S.Ahm.) 4. Davlatbekovning tug‘ilgan qishlog‘i Bodomzor bu yerdan o‘n bir chaqirim pastda. (P.Qod.) 5. Yuzlari semizlikdan tirsillagan Arabboy kerilgan bir holda so‘radi. (P.Tur.) 6. Bu qishloqda Avazning eng ochilib gaplashadigan tengdoshi shu Zamonali edi. (P.Qod.) 7. Bu yerda chetan bilan o‘ralgan mol qo‘rasi bor edi. (P.Qod.) 8. Boboxo‘ja domla ishdan bo‘shatildi. (P.Tur.) 9. Bu ko‘cha bilan ikki-uch yuz odim yurilgach, qishloq guzariga yetiladi. (H.SHar.) 10. Rasmi, yomon xotindan qochiladi, zamona shum bo‘lsa, yaxshi xotindan ham qochar ekan kishi. (A.Qah.) 11. Anchagina yurgach, o‘ng tomonda paxsa uy ko‘zga tashlanadi. (S.Nur.) 12. Bu dori spirtda ivitilib, qiyom qilib ichiladi. (N.Saf.) 13. Eshakka teskari mindirib sazoyi qilindi.( M.Ism.) 14. Kattalar o‘sha yerda. Arz qil, yordam berishadi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishadi. (P.Tur.) 15. Bola dadasiga yer haydashdi, ekin ekishdi. (S.Nur.) 16. Sharofat xolaning so‘zlariga zavqlanib kulishdilar. (N.Saf.) 17. Ona-bola uzoq yig‘lashdilar, ko‘z yoshlari bitguncha bo‘zlashdilar. (A.Qod.)
Berilgan topshiriqlar asosida G‘.G‘ulomning “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi matnidagi fe’llarni morfologik tahlil qilish.
Mustaqil yoki yordamchi fe‘lligini aniqlash.
Qaysi lug’aviy mazmuniy guruhga mansubligini aniqlash.
Morfologik tarkibi.
O’timli-o’timsizligi.
Lug’aviy shakllari.
Sintaktik shakllari.
Tuzilishiga ko’ra turi.
Gapdagi vazifasi.
Uyga vazifa: Yuqoridagi mashqlarni bajarish.
1- ilova.
Tezkor savollar va topshiriqlar:
Fe’l qanday so‘z turkumi?
Fe’lning qanday ma’no turlari bor?
Fe’lning qanday Grammatik turlari bor?
Ko‘makchi fe’llar qanday fe’llar?
Dostları ilə paylaş: |