Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə379/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Nazorat savollari

1. Boshqaruv hisobiga ta’rif bering.


2. Boshqaruv hisobining qanday elementlari mavjud?
3. Boshqaruv hisobining vazifalari nimalardan iborat?
4. Boshqaruv hisobining strategiyasi va taktikasi nimalarni o’z ichiga oladi?
5. Moliyaviy va boshqaruv hisobida axborotlar qanday o’lchanadi?
6. Korxonaning faoliyatida xarajatlar qanday ahamiyatga ega?
7. Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq xarajatlar qay tartibda guruhlanadi?
8. Javobgarlik markazlari nimi?
9. Xarajatlar markaziga ta’rif bering.
10. Mahsulot tannarxi nima?
11. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari qanday guruhlanadi?
12. Marjinal tannarx usulining qanday ijobiy tomonlari bor?
13. "Standart-Kost" hisob tizimining mohiyati nimadan iborat?
14. "Direkt-kosting" hisob tizimining qanday afzalliklari mavjud?
13. Boshqaruv hisobini tashkil etishda "JIT" tizimining qanday afzallik tomonlari mavjud?
14. "ABC" tizimi bo’yicha boshqaruv hisobi qanday tashkil etiladi? 15. SCA hisob tizimi korxona faoliyatida qanday o’rin tutadi?
15. "Xarajatlar — mahsulot hajmi — foyda" tahlili korxona ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda qanday ahamiyatga ega?
16. Zararsizlik nutasi qanday hisoblanadi?
17. Marjinal daromadni aniqlashning qanday usullari mavjud?
18. Korxonalarda ishlab chiqarish dastagi mexanizmidan foydalanish qanday xususiyatlarga ega?
19. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning qanday bosqichlari mavjud?
20. Korxonalarda biznes tarkibini o’zgartirish bo’yicha qarorlar
qabul qilish zaruratini izohlang.
21. Korxonalarda biznes tarkibini o’zgartirish bo’yicha qarorlar
qabul qilishda marketing izlanishlari qanday ahamiyatga ega?


14 BOB. BYUDJETLASHTIRISH VA XARAJATLARNI
NAZORAT QILISH


14.1. Byudjetlashtirish va uning korxona faoliyatini
rejalashtirishdagi o’rni

"Byudjet" atamasi keng ma’noda, davlat miqyosida iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida hukumat ixtiyorida markazlashgan pul fondlarining, korxonalar ixtiyorida esa markazlashmagan pul fondlarining shakllanishi va ulardan oqilona foydalanishni anglatadi.


Tor ma’noda esa, "byudjetlashtirish" atamasi hali bizning iqtisodiy adabiyotlarda atroflicha yoritilmagan, chunki korxonaning doimiy asosga qo’yilgan kompleks rejalashtirish, nazorat va xo’jalik faoliyati tahlili tizimi shu paytgacha faqatgina biznec-pejalashtipish bilan cheklangan edi.
Taraqqiy etgan mamlakatlar boshqaruv hisobida rejalashtirish jarayonini ta’riflash uchun "byudjetlashtirish" atamasidan keng foydalaniladi.
Byudjetlashtirish korxonaning ma’lum davrga mo’ljallangan moliyaviy-xo’jalik faoliyatini rejalashtirish hisoblanadi.
Byudjetlashtirishning afzalligi korxona moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarini uzoq, qisqa va o’rta muddatli rejalashtirish, raqobatchilarning xatti-harakati, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bo’lgan bozor talablarini o’rganishda o’z ifodasini topadi. Byudjetlashtirishda asosiy e’tibop mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad (foyda) hajmini taxminlashga qaratiladi.
Byudjetlashtirishning quyidagi ijobiy jihatlari mavjud:
– korxonaning asosiy maqsadini ta’minlashda xizmat qiladigan jarayonlarni rejalashtiradi;
– alohida bo’linmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
– korxona bo’linmalari rahbarlarini o’z vazifalarini samarali amalga oshirishlariga ko’maklashadi;
– korxona xodimlarini ichki tartib-qoidalarga rioya qilishlarini ta’minlashga xizmat qiladi;
– korxona alohida bo’linmalari rahbarlarini belgilangan rejalarning bajarilish darajasini baholashlarida asos bo’ladi.
Byudjetlashtirish jarayonida quyidagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
– korxonaning maqsadlariga erishishini ta’minlovchi xo’jalik muomalalarini rejalashtirish;
– barcha darajadagi rahbarlarni o’zlari javobgar markazlar maqsadiga erishishlarida rag’batlantirish;
– turli xil bo’linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bunda bo’linmalar xodimlarining manfaatlari e’tiborga olinadi;
– korxona joriy faoliyatini nazorat qilish, belgilangan tartib-qoidalarga amal qilinishini ta’minlash;
– javobgarlik markazlari va ular menejerlari oldiga quyilgan rejalarning bajarilishini baholashda asos vazifasini o’tash;
– menejerlar malakasini oshirishda ko’maklashish.
Quyida ushbu vazifalarga batafsilroq to’xtalamiz.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin