Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya yo



Yüklə 146,56 Kb.
səhifə2/4
tarix13.12.2023
ölçüsü146,56 Kb.
#139767
1   2   3   4
Курсовая работа по тему Ijtimoiy pedagogika

Kurs ishining maqsadi: “Tarbiyasi og’ir” bolalar muammosi va ular bilan ish olib borishda ijtimoiy pedagogning vazifalari, pedagogik xususiyatlarni o’rganish.
Kurs ishining vazifalari: Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun tadqiqotlarimiz oldiga quyidagi vazifalarni qo’ydik:

  • “Tarbiyasi og’ir” bolalarning shakllanish omillar

  • “Tarbiyasi og’ir” bolalar ijtimoiylashuvidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida qo’llanilayotgan chora tadbirlar

  • “Tarbiyasi og’ir“ o’smirlarda kechadigan psixologik kechinmalar va ularning tahlili

  • “Tarbiyasi og’ir” bolalar bilan ish olib borishda ijtimoiy pedagogning vazifasini o’rganish va pedagogik jihatdan tahlil etish

Kurs ishining obyekti: “Tarbiyasi og’ir” o’smirlar bila ishlashda ijtimoiy pedagogning vazifalarini o’rganish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: “Tarbiyasi og’ir” o’smirlar bilan ish olib borishda ijtimoiy pedagogning o’rni va vazifalarini o’rganishning shakl, metod, vositalari mazmuni.
Kurs ishining metadologik asosi:Kurs ishining metadologik asoslari: Ommaviy madiyatli yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sirini bartaraf etishni, ularning milliy g’urur, milliy ong, milliy o’zlikni anglash, milliy qadriyatlarimizni o’rganish ularni e’tiqodli, insonparvar, madaniyatli qilib tarbiyalash asoslarini hamda ularning ustuvor yo’nalishlarini amalda tadbiq etishga ùoid nazariy yondashuvlar ; Davlat dasturi Ta’lim tog’risidagi qonun”, “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, farmonlari ,, Ta’lim to’g’risida” gi qonun, Oliy majlis tomonidan qabul qilingan dahldor qonunlar, buyuk allomalarning ilmiy nazariy ma’lumoti.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Barkamol avlod komoloti ilmiy nazariy asoslari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev “Xalq bilan muloqot inson manfaatlari yili” .
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I-BOB. TARBIYASI OG’IR O’SMIRLAR IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

1.1 “Tarbiyasi og’ir” bolalar shaxsi shakllanishining omillari


T a’kidlash joizki, barcha mamlakatlarda bo’lgani kabi yoshlarimiz orasida ham tarbiyasi og’ir va noqobil farzandlar mavjud bo’lib, ularning tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar bilan ishlash azaldan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ko’pgina olimlarning fikriga ko’ra ( Dubinin N.P., Sergeyev B.F. va boshqalar) shaxsning genetik xususiyatlari, tug’ma kasallik va xususiyatlar ham uning xulq-atvoriga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatar ekan. Shu bilan birga, bu muammoning kelib chiqishiga bir qancha tashqi sabablar ham ta’sir qilishi mumkin. Masalan, televizor , kompyuter, internet axborotlari, kattalarning e’tiborsizliklari, oiladagi krizis va boshqalar. Mazkur omillarni inkor etmagan holda ushbu muammoning asosiy sabablarni bolaning psixik shakllanishidan ham qidirish mumkin.


Ma’lumki, tarbiya uzluksiz jarayon bo’lib, u inson dunyoga kelishidan to umrining oxirigacha davom etadi. Bu jarayon davomida atrof-muhitdagi voqe – hodisalar shaxsga salbiy yoki ijobiy ta’sir etishi mumkin va bu uning shaxsiy fazilatlarining shakllanish darajasini belgilab beradi. Bu esa ta’lim sohasi oldidagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Bu muammoning yuzaga kelishi sabablarini chuqur tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo, tug’ilgan bolaning uni dunyoga keltirgan shaxslarning kimligi, ikkinchidan u qanday ijtimoiy muhitda tug’ilib voyaga yetib, ulg’ayotganligiga e’tibor qaratish lozim. Ko’pchilikning fikriga ko’ra, oxirgi paytlarda “tarbiyasi og’ir” bolalar bilan bog’liq muammolarning tez-tez uchrab turishi va ular soning keskin oshganligi tasdiqlanmoqda. Shuningdek, bu muammoni bir qancha tashqi sabablarga bog’lash mumkin, ya’ni hozirgi vaqtda axborot oqimining yuqoriligi ( uzluksiz televizor ko’rish, kompyuterda xar hil o’yinlar o’ynash, internet tizimidagi norasmiy saytlar orqali har xil nomaqbul axborotlarni o’zlashtirish ) yoki kattalarning e’tibori, oiladagi iqtisod va hokazolar. Amerikalik amaliyotchi pedagoglar tomonidan pedagogik xizmat doirasida bola tarbiyasidagi salbiy o’zgarishlarning oldini olishda eng avvalo bolaga ta’sir ko’rsatish lozimligini ta’kidlashgan. Buning uchun bolaning o’zini o’zgartirishga tayyorlash , ya’ni: tashqi muhit ta’siridan sarosimaga tushmaslik; turli xil qiyinchiliklarni yengib o’tishga o’rgatish lozim.
Olimlarning fikricha bolada mavjud noto’g’ri salbiy o’zgarishlarni ruhiy rivojlanishning me’yor darajasiga yetkazish orqali tarbiyasidagi qiyinchiliklarni yo’qotishga erishish mumkin. Shunday ekan, insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahmiyatga ega. Inson tabiatini o’zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch – ijtimoiy omillar yoki boshqacharoq qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari, hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o’sishi va o’zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil – inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir. Ma’lumki odamga hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan berilmaydi deb izoh beriladi. Lekin, shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, real hayotda ko’pincha insonning xarakter xususiyatidagi salbiy og’ishlar uning nasliy tarkibi bilan bog’liq ekanligiga amin bo’lamiz.
Boladagi salbiy illatlarni oldini olishda va bartaraf etishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:5

  • Har bir yosh davrni o’ziga xos psixologik rivojlanish darajalarini aniqlab olish lozim;

  • Bolani tarbiyasidagi sodir bo’layotgan salbiy o’zgarishlarni o’rganib chiqish kerak;

  • “Tarbiyasi og’ir” bolalarning psixologik rivojlanishini me’yorlashtirishga yo’naltirilgan maxsus tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Shunga amal qilgan holda:

  • Maktab hududida ko’cha-ko’yda, o’qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

  • Bolaga bo’sh vaqtidan unimli foydalanish yo’llarini o’rgatib borish va uni nazorat qilish;

  • Ijtimoiy foydali mehnat turlaridan unimli foydalanish;

  • Bolaning qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olgan holda to’g’araklarga qatnashtirish;

  • Ijobiy qahramonlarning xatti-harakatlari, yutuqlari, shu yutuqlarga erishish uchun kurashlari kabilarga e’tibor qaratish;

  • Barcha darslarda o’sh tarbiyasi og’ir bolani iloji boricha bir daqiqa ham nazardan qoldirmaslik. Ota-onalarni psixologik bilimlardan xabardor bo’lishini ta’minlash;

  • Maktabda o’tkaziladigan turli tadbirlar: har-xil kechalarda, o’z tengdoshlari davrasida, o’rtoqlari orasida unga so’z navbatini berish, ularda faol bo’lishini ta’minlash;

  • Gazeta, radio, televideniya va jurnallardan to’g’ri foydalanishni o’rgatish;

  • Rag’batlantirish metodlarini ishlatib ko’rish. Lozim topilganda olgan baholarga yarim ball, bir ball qo’shish, yutuqlarinisinfda, maktabda me’yorida ta’kidlab qo’yish lozim.

  • Agar bola tartibsiz, intizomsiz davraga o’ralashib kirib qolgan bo’lsa, uni tezlik bilan o’sha davradan ajratib olib, so’ng o’sha tarbiyasi og’ir bolani “yaxshi” va “a’lo” baholarga o’qiydigan intizomli o’quvchilarga biriktirib qo’yish kerak.

Mamlakatimizda mustaqillikka erishgandan buyon jamiyatimizda kelajagimiz bunyodkori bo’lgan yoshlarga nisbatan bo’lgan e’tibor ancha kuchayadi. Ayniqsa xalq ta’limi sohasida jiddiy o’zgarishlar bo’lmoqda. Bugungi kunda o’quvchilar tarbiyasidagi ijobiy o’zgarishlarni har damda sezish mumkin. O’zbekistonni butun jahon tan olayotgan bir paytda yosh avlodni to’g’ri tarbiyalash muhim omillardan biri bo’lib hisoblanmoqda. “Kelajakka qanday yoshlar kerak? Ularni qanday tarbiyalash lozim?” degan savollar hozirgi kunda har bir jonkuyar pedagogni tashvishga solib kelmoqda. Bola maktab ostonasiga qadam qo’ygunga qadar oiladagi olti, yetti yillik hayoti mobaynida oila birinchi darajali tarbiyachi ekanligini ham nazarda tutish lozim.

1.2 “Tarbiyasi og’ir” bolalarning psixologik rivojlanishini me’yorlashtirishga yo’naltirilgan maxsus tadbirlar


Bolalar narsa va hodisalarning mohiyatiga o’zlaricha baho beradilar. Ular ezgulik mezonini intilishlari mo’ljalini dastavval ota-onalari hayoti tarziga qarab belgilaydi. Yaxshi tarbiya berib yaxshi kishilarni kamol totirgan oilalardagi sofdillik, samimiylik, bir-biriga hurmat, bolalarda ham shu fazilatlarni kamol topishiga sabab bo’ladi. Ahil oilada bolaning xulq-atvori me’yorlari to’g’risidagi tasavvuri ota-onalarning hulqi bilan uyg’un bo’lsa farzandlarini oqilona so’rab – tergab tursalar bu uydan tarbiyasiz bola chiqishi mumkin emas. Harqalay haqiqat, mehr-oqibat, adolat tushunchalari, ichi qoralik, loqaydlik, ma’naviy zaiflik, insoniy munosabatlardagi qashoqlik, ahloqiy nopoklik hukm surgan oilalarda o’sgan bolalarning tarbiyasi ko’pincha izdan chiqadi. Bola yaxshilik va yomonlikka, haq va nohaqlikka nisbatan juda sezgir bo’ladi. Agar katta yoshdagi odam nohaqlikka xato deb tushinish mumkin bo’lsa, bola hayotning barcha murakkabliklarini hali tushinmaydi.
Afsuski, katta yoshdagilarning hammasi ham bolani ruhiy kechinmalari to’g’risidagi tasavvurlarga ega bo’lmaydi. Ruhiy holat insonning biron – bir tarzda ta’sir etuvchi xatti-harakatlariga berilgan chuqur shaxsiy emotsional bahodir.
Bolaga nohaqlik qattiq ta’sir qiladi. Bola qo’pol baqiriqda ham, mazax qilishda ham, yo’l-yo’lakay aytilgan tanbehda ham, kattalarning bolaga e’tiborsizligida ham nohaqlik ko’radi. Nohaqlik haqorat bo’lib tuyuladi, uning izzat nafsiga tegadi, g’azabini qo’zg’aydi, uning qalbida aktiv(nafrat) va passiv(g’iybat va ko’ra olmaslik) norozilikning turli tuman formalarini keltirib chiqaradi. Katta yoshdagi odamni yengilgina hayajonlantirgan narsa, bolada katta kulfatning manbai bo’lishi mumkin.
Ota-onaning yengil-yelpi mehnatni oqlab, oson pul toppish yo’llarini bolalar oldida maqtab gapirishlari, otaning o’z hamkorini mazax qilib, maqtanib aytgan gaplari bolaga axloqsizlik darajasini ochib beradi. “Tarbiyasi og’ir“ va uzluksiz bo’lsagina ijobiy samara beradi. Odatda tartibsiz, intizomsiz, ishyoqmas, o’qishda qoloq va no’noq o’quvchilar “tarbiyasi og’ir” bola hisoblanadi. Tajribalardan ma’lumki, bolalar xarakter jihatdan xar hil bo’ladilar. Bunday bolalarning ayrimlari anomal xulq-atvorli, ba’zilari sotsial va bir qismi “tarbiyasi og’ir” bo’lishi mumkin. Axloq normalariga, jamiyat talablariga javob bermaydigan xulq-atvorli bolalar asotsial xulq-atvorli bolalar deb ataladi. Anomal xulq atvor va harakat bola miyasining kasalligi bilan bog’liq bo’ladi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar – bular tarbiyada e’tibordan chetda qolgan, o’z xoliga tashlab qo’yilgan bolalardir. Ular qayerdadir, qachonlardir, kimlarningdir tomonidan yo’l qo’yilgan xatolar, tarbiyalashda ularga individual yondasha bilmaslik oqibatida paydo bo’ladi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar murakkab tushuncha. Ularning har birida “tarbiyasi og’ir” boshqa bolalarga o’xshamagan, o’zigagina xos alohida individual xususiyatidir. O’z sababi, o’z xususiyati, o’zining normadan chetga chiqishi, o’zining tarbiya yo’li bo’ladi.
Boshqacha aytganda, normal ta’lim-tarbiya jarayonida chetda qolgan o’quvchilar, o’rtoqlari bilan normal munosabat o’rnata olmagan, qalb tug’yonlarini oshkor etishning tog’ri usullarini topa bilmagan bolalar “tarbiyasi og’ir” bolalar turiga kiradi. Bunday bolalarni o’z vaqtida payqab, ular bilan yaxshi ish olib borilmasa, ularga jamoatchilik ta’sirini o’tkazilmasa, noxush ko’ngilsiz voqealar sodir bo’lishi mumkin. Demak, “tarbiyasi og’ir” degan ibora o’ta salbiy ma’noni bildirmaydi. U yomon buzilgan, ishonchsiz bola emas. “Tarbiyasi og’ir” bolaga alohida munosabat, e’tibor va individual yondashuv zarur. Har qanday kasalni vaqtida davolagan maqul. E’tiborsiz qoldirilgan mayda-chuyda narsadan katta baxtsizlikka duchor bo’lish ehtimoli tug’iladi. Bolani “tarbiyasi og’ir” holatga olib boruvchi yagona sabab yo’q. Shuningdek ularni axloqsizlik illatlaridan sog’aytirib, mo’min-qobil qilib qo’yadigan yagona shifobaxsh vosita ham yo’q.
Lekin shunisi ham aniq-ki, jamoatchilik nazoratining bo’shlig’i tufayli og’irlashgan noqulay shart-sharoitlar, tarbiya ishlarida yuzakilikka yo’l qo’yish o’smir hayotida salbiy oqibatlarga olib keladi.
Tarbiya inson uchun kurash demakdir. Bolaning qanday bo’lishi – bu shaxsiy ish bo’lmay, balki jamoatchilikni qiziqtirgan muammodir bolani tarbiyalaganda, u qilgan gunohining mohiyatini yaxshi anglamasligi oqibatida nima bilan tugashini hali tasavvur qila bilmasligini hisobga olish ham muhim. U chinakam mard yigit bilan do’st, chin o’rtoq qilishni orzu qiladi. Yanglishib yoki adashib yomonlar ta’siriga tushib qolganda esa unga darhol tog’ri yo’l ko’rsatilsa, har tomonlama maqsadga muvofiq bo’ladi.
Oila tarbiyasi ota-onalar yoki shaxs kamoloti uchun mas’ul shaxslar tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog’lom etib tarbiyalashga, yo’naltirilgan pedagogik jarayon. Ota-onalar o’zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg’usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash, turli ko’rinishdagi munosabatlarni uyishtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me’yorlarga og’ishmay rioya etish, sog’lom turmush tarzini yaratish, o’z shaxsiy hayotlari mazmunlarini belgilashda maqsad, so’z va faoliyat birligini ta’minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko’rsatadi. Shaxsning shakllanishiga ta’sir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega oila jamiyatning ajralmas bo’lagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga o’ziga xos xususiyatlarni ham akslantiradiki, bunday xislat psixologik qarama-qarshilik hamda xarakterlar to’qnashuvidan iborat ijtimoiy munosabatlardan toliqqan inson organizmining ishchanllik qobiliyatini qayta tiklash hamda mo’tadil iqlimni hosil qila oladi. Bolalarning oiladagi vaqtini o’yin, mehnat va o’qish faoliyatlari bo’yicha to’g’ri taqsimlanishi nihoyatda muhimdir. Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog’lom, ma’naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo’nalishlari – jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekalogik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g’oyaviy hamda jinsiy ta’lim berish, ularda faoliyat ko’nikma va malakalarini shakllanitirishdan iborat. Oilada uyishtirilajak axloqiy tarbiyaning maqsadi, bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona hamda oilaning boshqa a’zolari, shuningdek, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat, kamtarlik, to’g’riso’zlik, mehnatsevarlik, sahovat, insonparvarlik, adolat, vijdon, or-nomus, g’urur, intizom, ijtimoiy burchni anglash va shakllantirishdan iborat. Shaxsda mazkur sifatlarning qaror topishida oiladagi sog’lom muhit, oila a’zolarining psixologik jihatdan o’zaro yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish va hayotiy yondashuvilaridagi umumiylik, bir-birlarini har qanday vaziyatda qo’llab-quvatlay olishlari, ota-onalar tomonidan barcha farzandlariga nisbatan qo’yilayotgan talablar, shuningdek, ularga ko’rsatilayotgan e’tiborning bir xil bo’lishi oila tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishning omillari sanaladi.
O’zR Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch“ asarida “Agar biz O’zbekistonni dunyoga tarannum etmoqchi, uning boy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi bo’lsak, avvalombor, buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak” deydi. Bunday avlodni tarbiyalash ma’suliyati, eng avvalo, oila zimmasiga, so’ng maktab va o’quv yurtlari zimmasiga tushadi.
Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan yillaridanoq bolalar va o’smirlarning jismonan sog’lom va baquvvat, ruhan barkamol inson bo’li yetishishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilishga e’tibor qaratilgan. Hammamizga ma’lumki mamlakatimizning barcha hududlarida bolalarning, ayniqsa, o’smirlarning sog’lom ulg’ayishi, ilm olishi kasb-hunar egallashi uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratilgan. Bu borada jamoat tashkilotlarining ham o’rni kattadir.
Shubhasiz ota-ona, oila, mahalla, maktab bolalar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Farzandlarimizni chiroyli odob-axloq, yaxshi ta’lim-tarbiya asoslarida voyaga yetkazish davlat miqyosidagi dolzarb masala ekanini har birimiz yaxshi tushunamiz va bunga o’z hissamizni qo’shishimiz lozim.
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ham farzand tarbiyasi haqida bunday degan edi: “Yosh bola ta’lim-tarbiya oladigan joyda odob-axloqni, turish-turmushi namunali bo’lishi lozim. Zero, yosh bola har bir narsani taqlid qilib o’rganadi va ular bilan do’st bo’ladi”.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, “YOMON BOLALAR BO’LMAYDI, BALKI MA’SULIYATSIZ VA LOQAYT KATTALAR BO’LADI…”.

II-BOB. “TARBIYASI OG’IR” BOLALAR - PEDAGOGIK JIHATDAN QAROVSIZ QOLDIRILGAN BOLALAR.

2.1. “Tarbiyasi og’ir” bolalar xulq-atvorini to’g’irlashning psixologik masalalari


“Tarbiyasi og’ir” bolalar… Hammaga ma’lum bo’lgan va afsuski, allaqachon ko’nikib ketilgan bu atama ortida nimalar turadi? Militsiya xodimi uchun - u qo’lida rogatka ushlagan bezori, bola o’qituvchi uchun - sinfdoshlariga yomon ta’sir ko’rsatuvchi norasmiy, bolalar bog’chasi tarbiyachisi uchun esa – harxashali injiq, engiltak tinib – tinchimas bola. Ota-onalar uchun-chi? Har qaysisi uchun u o’zgacha ma’no kasb etadi. Ota-onalar tushunishidagi “tarbiyasi og’ir” bolaning mumkin bo’lgan barcha variantlarini aytib o’tish foydasiz, chunki har qanday bola hamtabiatan “qiyin” bo’lishi mumkin.Odatda hamma bolalar ham tug’ilgan vaqtlaridanoq ota-onalariga ma’lum bir qiyinchilik keltiradi. Ammo ba’zilar uchun muammo bo’lgan narsa, boshqalarga hech qanday qiyinchilik keltirmaydi va u ko’pgina sabablarga bog’liq. Bolaga nisbatan ota-onalarining tutgan yo’li, oiladagi qadryatlar tizimi, oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning bor yoki yo’qligi, shuningdek boshqa ko’pgina narsalar bolani tarbiyalash jarayonida muqarrar ravishda paydo bo’ladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish malakasini belgilab beradi.
“Tarbiyasi og’ir” bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir. L.S Vigotskiy fikricha, “og’ir” o’smir hayoti munosabatlar xarakterining natijasidir. Bular avvalo qaysar, injiq bolalar, ularni qiziqarli faoliyat turiga tortish, ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir. Ularning ma’lum bir qismi intizomsiz, qo’pol bolalardir. Ularning aktivligini maqsadga muvofiq o’zgartirish, ularga ba’zi huquqlarini berish yo’li bilan ularga ta’sir o’tkazish mumkin.

Shuni aytish lozimki, “tarbiyasi og’ir“ bolalar uchun ular yashayotgan muhit, oila, ular o’qiyotgan jamoa, sinfning roli juda kattadir.


Tarbiya jarayoning samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar tarbiyali bo’lim – bu xulq – atvorini nazorat qilishdan iboratdir: Bunday nazorat inson yomon xatti-harakatlarini bajarmaslik imkoniyatini beradi.
Agar shaxs xulq-atvorini axloqiyligi haqida qayg’ursa, u ijtimoiylashuvga erishgan bo’ladi.
Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvini o’rganish jarayoni sifatida qaraladigan yosh psixologiyasida olingan natijalarga asoslanadi: Bola o’zini egosentrik emas, balki tarbiyali tutishi uchun tarbiyalanganlik qanday rag’batlantirilishi kerak? Tarbiya o’z muhitiga ko’ra ijtimoiy jihatdan ijobiy ehtiyojlarni hosil qilishdir. Agar ta’lim shaxsning ongini shakllantirish bo’lsa, tarbiya uning ongsizlik sferasiga ta’sir etishdir. Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga hissiy yaqinlik xos. Odatda 6 oylik bolalar unga g’amxo’rlik qiladigan ota-onasiga bog’lanib qoladilar. Ota-onaning oldida bo’lish, ular bilan muloqotda bo’lish bolalarga juda yoqadi, ulaning yo’qligi bolalarga yoqmaydi. Ota-onaning g’amxorligini bildiradigan so’zlar xatti-harakatlar bola uchun juda kata ahamiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo’ladi. Xulq-atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu o’rganish jarayoni orqali sodir bo’lishi mumkin: xulq-atvorning istalgan shakllari g’amxo’rlik va e’tibor bilan taqdirlanadi, kutilmagan shakllari esa qo’llab-quvatlanmaydi. Lekin, yaxshi xulq-atvorlarni rag’batlantirish va yomon xulq-atvor hamma bolalarga ham taaluqli emas.
Bolalarni tarbuyalash samaradorligini oshirishda an’na va urf-odatlarning roli katta. Tarbiya jarayonida g’amxorlikning funksiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-onalarga nisbatan g’amxor ota-onalarga ko’proq taqlid qiladilar. G’amxo’r ota-onalar bolalarning salbiy xulq-atvorini qo’llab-quvatlamaganda bola o’z xatti- harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.
Konfutsiy “Eskini o’zlashtirgan, yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la oladi.” degan edi.
Hamma kishilar ham bir xilda bo’lmaydi, shuningdek, oilalar ham turlichadir. Shubhasiz bolalar ham bir biriga o’xshamaydi. Bu tabiiy xol. Lekin ko’pincha kattalar buni unitib qo’yadilar, o’zlaricha qandaydir umumiy tavfsiyalardan yordam ko’rishga moyil bo’ladilar va bunda: “ bola… bajarishi kerak”, “bolaga mumkin emas” kabi so’zlarni ishlatadilar. Bu esa xato. Bola avval boshidanoq hech narsani bajarishga majbur emas, unga hech narsa joiz ham emas. Aksincha, kattalar bolaning meyorida rivojlanishi uchun sharoit yaratishlari, uni kishilar orasida yashashga o’rgatishlari, ularning his-tuyg’ularini, xohish-istaklarini va ishlarini tushunishlari lozim. Vaqt o’tishi bilan, payti kelganda uning o’zi nimalar qilishi kerakligini, kimga nima qilishga majburligini, kimning oldida qarzdorligini va bu qarzlarni boshqa kishilarga o’z ota-onalariga, do’stlariga va nihoyat, o’z bolalariga nisbatan mexr-muhabbat, mexribonligi bilan uzishni tushunib oladi.
Buning uchun esa bolani qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish, uni tushunishga harakat qilish va uning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, u bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarning qo’shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqarmaydigan, balki, aksincha oilada qadryatli hisoblangan o’zaro hurmat, iliqlik va himoyalanganlik xis etishga yordam beradigan usulini topish kerak. Gap kichkintoy bola haqida borganda “qiyin” atamasi qo’llanilmaydi. Har xolda ota-onalarning “qiyin” chaqaloq, haqidagi shikoyatlarini eshitishga tog’ri kelmaydi, garchi bu bosqichda qiyinchiliklar ko’p bo’lsa ham. To’g’ri, bu qiyinchiliklar tashqi, psixologik xarakterda bo’ladi va ko’pchilik ota-onalar tomonidan muqarrar yuz beradigan, ammo vaqtinchalik hodisa sifatida idrok qilinadi. Biroq birinchi qiyinchiliklar o’rniga boshqalari paydo bo’ladi, ular chaqaloqlik davrida, ayrim xollarda undan ham oldin bolaning tug’ilishini kutish vaqtlarida yashirilgan bo’ladi. Hali bola go’daklik davrida onasi unga qanday munosabatda bo’lish to’g’risida unchalik qayg’urmaydi, u ana shu jajji jigargo’shasini parvarish qilishga doir hamma ishlarga ulgursa va uxlab olsa yetarli.
Shu narsa aniqlandiki uyda xotirjamlik hukm surib, janjal va nizolar bo’lmasa, bola uchun ham yaxshi, u qattiq uxlaydi, ishtaxasi ham bo’ladi. Shunday qilib , onada ham, bolada ham, bo’ladigan qiyinchiliklar avval boshidanoq umumiydir. Kattalar esa buni har doim ham anglab yetmaydilar. Faqat ayrimlargina bolaning kechinmalarini obektiv baholashga bo’ladilar. Agar ba’zilar bola biror narsadan iztirob chekganida yig’lashi xarxasha qilishini tushunsalar, boshqalar hech qachon bu haqida o’ylab ham ko’rmaydilar. Ular bolaning injiqligiga yo e’tibor bermaydilar, yoki uni har qanday usul bilan chalg’itishga urinadilar. Buning sababini o’ylab ko’rish, tushunish uchun ularning vaqti ham, tajribasi ham yetmaydi. Natijada kutilmagan vaziyat vujudga keladi: bola doimo “onaning psixologik xolatiga moslashadi”, onasi esa har doim ham bolaning holatini tushunmaydi. U bolasi xis qilayotgan qiyinchiliklarni uqib tushunib ololmaydi. U faqat kichkintoyini o’ziga qo’shimcha qiyinchiliklar tug’dirayotganini tushunadi xolos. Shundan keyin bola haqida qiyin, unga xalaqit beruvchi, tashvish uyg’otuvchi, majburiyat yuklovchi, xavotirliklar keltiruvchi dastlabki, barqaror tasavvur hosil qiladi. Shu tariqa “xulqi qiyin”, “tarbiyasi og’ir” bolalar paydo bo’ladi. U kattalarning vujudga kelgan vaziyatga yetarlicha baho bermagan, undan boshqa hech kim bolada paydo bo’lgan nuqsonlarni tuzata olmasligini, hech bir kimsa uning bolasini “muloyim” qilib qo’ymasligini anglagan vaqtda emotsional aloqaning buzilishi tufayli paydo bo’ladi.
Nima uchun kattalar bola bilan bo’ladigan munosabatlarida har qanday qiyinchilikka duch kelganlarida boladan achiqlanadilar va undan shikoyat qiladilaru o’zlarining imkoniyatlarini izlab ko’rmaydilar? Ular qarindosh urug’lardan, tanishlardan, pedagoglardan, xatto psixolog va psixoterapevtlardan maslahat so’raydilar. Ulardan uni, buni qilish, ma’lum vaqtdan keyin esa mana buni qilish kerak, shunda shikoyatlariga o’rin qolmaydi, hammasi o’z o’rniga tushib ketadi, qabuldagi aniq bir tavfsiya, yo’l-yo’riqlar kutadilar. Vaholanki bu maslaxatlar ko’p narsa bermaydi. Faqat ota-onalarning o’zlari vujudga kelgan vaziyatni tahlil qilishlari va aynan shu oilada, aynan shu bolaga nisbatan qanday yo’l tutish zarurligini va mumkinligini belgilashlari mumkin. Mumkin bo’lgan ko’pgina variantlar orasidan to’g’risini tanlashda ota-onalarga psixologning ham, tajribali pedagogning ham maslahatlari yordam berishi mumkin.
Jamiyatning axloqiy normalari va talablariga mos kelmaydigan axloqni ilmiy pedagogik adabiyotda umuman tarbiya asotsial axloq atamasi bilan belgilash qabul qilingan. Bolalarning normadan chetga chiqqan xatti-harakatlaridan farqli o’laroq asotsial axloq ijtimoiy jihatdan determinizmlashgan, salbiy mikromuhitning ta’siri, oiladagi nonarmal o’zaro munosabatlar, oila va maktab tarbiyasidagi kamchiliklar, xatolar natijasida yuzaga keladi.
Psixologiya fani shuni ko’rsatadiki, asotsial axloq faktlarning mazmun-mohiyati tarkibi ham tug’ma mexanizmlar bilan belgilanmaydi. “Qiyin” yoyinki “Tarbiyasi og’ir” bolalar esa pedagogik jihatdan qarovsiz qoldirilgan bolalardir. Ular shaxsning axloqiy jihatdan o’zgarishini- pedagogik xatolar oqibatidir.
Shaxsni kuzatish talab etiladigan keng doiradagi bolalar “qiyin” bola atamasi bilan belgilanadi. Kattalarning talablari maslaxatlariga qarshilik ko’rsatadigan, ularning so’zga kirmaydigan, injiq, o’jar bolalar shu toifadagi bolalar qatoriga kiritiladi. Ularning tarbiyasidagi bunday og’ishlarning sababini aniqlash, bolaga nisbatan talabchanlik ko’rsatish bilan bir vaqtda uning ehtiyojlari, qiziqishlariga e’tibor berish va faoliyatining kollektiv shakllariga jalb etish–bolaning fe’l-atvorida paydo bo’ladigan injiqlik, o’jarlik, itoatsizlikning oldini olish va ularni bartaraf etishning asosiy yo’lidir.
Bolalarning ma’lum qismi sho’xligi, intizomsizligi, qo’rsligi bilan ajralib turadi. Bunday o’quvchilarga individual yondashish va ularning intizomsizlik sabablarini aniqlash lozim. Bunday bolalar bilan olib boriladigan ishlar ularning faolligini maqsadga muvofiq tashkil etish, qadr-qimmati, ma’lum darjada mustaqillikka bo’lgan huquqlarni hurmat qilishni nazarda tutadi. Qiyin bolalar bilan olib boriladigan ishlar nazokat, individual yondashuvni talab etadi. Bu yondashuv birinchidan bolaga e’tibor bilan, hayrixox munosabatini, ikkinchidan uning ijobiy fazilatlariga tayanishni va uchinchidan uning axloqiy kuchlari, potensial imkoniyatlariga ishonishni nazarda tutadi. Hozirgi vaqtda bolalar tomonidan yo’l qo’yiladigan qonunbuzarliklarning oldini olishda maktabning roli katta. Eng yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollangan o’qituvchi tarbiyaviy jarayonning bosh tashkilotchisi, o’quvchiga, o’quvchilar jamoasiga,oilaga ko’rsatiladigan pedagogik ta’sirlarning muvofiqlashtruvchisi sifatida namoyon bo’lmoqda.6
Balog’atga yetmagan bolalarning qarovsizligi va qonunbuzarliklarining oldini olishni maktab tomonidan amalga oshirilayotgan yaxlit sistemaning bir qismi deb qarash lozim. Ana shu jarayon doirasida pedagoglarning sayi-harakatlari quyidagilarga qaratilishi kerak:

  • O’quvchi shaxsini tarkib toptirishga salbiy ta’sir etuvchi tashqi omillar ta’sirining oldini olishga, bola huquqlarining buzilishiga va buning oqibati sifatida o’quvchi tarbiyasining qiyinlashuviga olib keluvchi sabab va sharoitlarni yo’qotishga;

  • Butun tarbiya jarayonini tuzatishga uning normallashuvi ikki darajada ro’y beradi;

  • a) bolaning rivojlanishidagi salbiy tomonlarni to’xtatish va barcha salbiy ta’sirlarni engib o’tish;

  • b) ancha yuqori daraja axloqiy, ijtimoiy barqaror va garmonik rivojlangan shaxsni tarkib toptirish. Uning asosida haqiqat, to’g’rilik, yaxshilik, go’zallik, ma’suliyat, ong va xatti-harakat birligi yotadi.

O’qituvchi yo’l qo’yadigan:7
Birinchi xato - o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini bilmaslik yoki e’tiborga olmaslikdir. Bola o’zining individualligi bilan boshqalarga o’xshamaydi, u betakror. Uning o’ziga xos individual xususiyatlarini bilmay turib o’quv-tarbiya ishlarini maqsadga muvofiq tashkil etish va o’quvchilarga puxta bilim berish mumkin emas. Ko’pchilik o’qituvchilar o’quvchining xarakterli xususiyatlarni aniqlashda muayyan qiyinchiliklarga duch keladi. Ayrim o’qituvchilar o’quvchidagi chetga chiqish xollarini ko’rmaydilar. Vaholanki bu chetga chiqish bolaning xul-atvoridagi noxushliklarning asosiy manbai bo’lishi mumkin. Bu esa o’qituvchining puxta o’ylagan pedagogik qaror qabul qilishiga imkon bermaydi. Agar yosh pedagoglar o’quvchilarning xatti-harakatlaridagi salbiy tomonlarni o’z vaqtida ularga ko’rsata bilmasalar, hozirgi holatda bolalar uchun ancha ahamiyatli bo’lgan faoliyat turlariga jalb qilish yo’li bilan ulardagi o’tkazib yuborilgan nuqsonlarni tuzatish qiyin bo’ladi.
Ikkinchi xato - bolalarda ro’y berayotgan fikrlash jarayonlarining o’ziga xos xususiyatini yetarlicha hisobga olmaslik, ularning bilimlarini o’zlashtirish sur’atidagi ortiqcha baho berish o’quv jarayonida o’rtacha o’quvchiga qarab ish yuritish, bolalardan har birining nerv sistemasi xususiyatini e’tiborga ola bilmaslikdir. Ayrim bolalar muayyan sharoitda darxol to’g’ri yo’l topa oladilar, vazifalarni tez bajaradilar, boshqalari esa sustkash, harakatlari ham erkin bemalol emas. Uchinchilarda – bilimlarni o’zlashtirish sur’ati juda sekin va hakozo.
Agar o’qituvchiga o’z vaqtida yordam ko’rsatilmasa uning o’qishda orqada qolishi kuchayadi u jamoada psixologik muvozanatsizlik, yolg’izlik, ishonchsizlik ranj-alam hissini boshdan kechiradi. Pedagogik jihatdan qarovsiz bolaning uzoq vaqt yomon holatda bo’lishi uning shaxsini o’zgarishiga olib kelmaygina emas, balki yana tashkil etilgan va ijobiy yo’nalishda bo’lgan jamoaning unga ko’rsatadigan ta’sirini kamaytirib yuboradi.
Umuman olganda o’qituvchilarning qarovsiz bolalar bilan ishlashga tayyorligi sistemali bilimlardan iborat bo’lib axloqiy psixologik, nazariy va amaliy tayyorgarlik uning strukturali tashkil etuvchisi sifatida namoyon bo’ladi. O’qituvchining o’z xatolarining oldini olish va ularni bartaraf etish qobiliyati pedagoglik mahorati bilan chambarchas bog’langan. Kasbiy maxorat darajasini oshirish ishlari o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish yuzasidan olib boriladigan kundalik amaliy faoliyat bilan uzviy bog’liq ravishda amalga oshirilishi kerak.
Bu o’rinda;
a) psixologik-pedagogik adabiyotlarni muntazam ravishda o’qib borish;
b) har bir pedagogning tashabbuskorligi va faolligini oshirishga yordam beruvchi ijodiy muhit yaratish;
v) metodik seminarlar va fan seksiyalari tashkil etish asosiy yo’llardan hisoblanadi.
“Tarbiyasi og’ir” o’quvchini tushunish, uni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish va uning rivojlanishini davom ettirish uchun faqat tarbiyasi og’ir o’quvchilarning tashqi belgilarini ko’ra bilishgina emas, balki avvalo tarbiyasi qiyinlik manbaalarini o’rganish lozim. Yomonlikka qarshi kurashishdan oldin, uni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etishga qodirligingizni o’ylab ko’ring.
“Tarbiyasi og’ir” o’quvchilarning uchta asosiy guruhini va tegishli ravishda ular bilan olib boriladiga tarbiyaviy ishning uch yo’nalishini ajratib ko’rsatishga harakat qilamiz.
Birinchi guruh – tarbiyasi og’irligini “o’tish davri” ning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan o’quvchilar. Hayoti va tarbiyasining noqulay sharoitlarida ba’zi bolalarda krizis, ya’ni jismoniy, psixologik va ijtimoiy rivojlanishdagi jiddiy o’zgarishlar davrida qiyinchiliklar paydo bo’lishini sezish qiyin emas. Bu davrda bola va o’smirning rivojlanishi ikki xususiyat: intensiv va notekis rivojlanish bilan harakterlanadi. Mana shuning uchun ham bolaning jismoniy, psixik va ijtimoiy rivojlanishida to’xtalish, xatto nomutanosibliklar bo’lishi mumkin. Shuni qo’shimcha qilish kerakki, jismoniy rivojlanishidagi chetga chiqishlar psixik omil sifatida ham namoyon bo’ladi va jismoniy nosog’lom bolalarning emotsional holatiga ta’sir etadi. Bunday bolalarning psixik rivojlanishida ham chetga chiqish kuzatiladi: psixikaning ayrim funksiyalari notekis rivojlanadi yoki rivojlanishda orqaga qoladi, surunkali psixik kasalliklar, yomon irsiyat, nevroz, psixozisteriya xastaligi, nevrasteniya va hakozo. Bularning hammasi bolalarning xulq-atvorida tajovuskorlik, dag’allik, qo’pollik, urishqoqlik, o’y-hayolga botish, loqayd bo’lib qolish, beparvolik paydo bo’lishida ifodalanadi. Tabiiyki, bunda bolalarning ta’lim va tarbiyasida qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Bunday bolalarning tarbiyasi qiyinligini bartaraf etishga yondashuv – bu kasallikning davolanishini “rahm-shavqat pedagogikasi“ ning alohida tadbirlari bilan qo’shib olib borishdan iborat. 8Uning asosida o’quv – tarbiya jarayoni talablarini amalga oshirishda, jazolashdan oldin rag’batlantirishi metodining ustun kelishida, psixoterapevtik ta’sir metodlari va usullarini qo’llashda kasal bolalarga individual yondashishni o’z ichiga oluvchi davolash pedagogikasi asoslari yotadi.
Ikkinchi guruh – tarbiyasi qiyinligi jismoniy va psixik rivojlanishida chetga chiqish holatlari bilan bog’liq bo’lgan bolalar va o’smirlardir. Bu aqliy jihatdan o’smay qolgan yoki xaddan tashqari erta va jadal rivojlangan bolalardir. Bundan tashqari u turli organlarning rivojlanishida jismoniy kamchiligi bor, jismoniy majruh va mayiblar ham bo’lishi mumkin. Yana bu bolalar xaddan tashqari kasalmandligi, odatdagi, surunkali kasallik, turli tipdagi bolalar xastaligi va boshqalardir.
Uchinchi guruh – bu tarbiyasi qiyinlik holati pedagogik qarovsizlik bilan belgilanadigan bolalar va o’smirlardir. Bunda ularning ongida xulq-atvorida va emotsional-irodaviy chetga chiqish pedagogik sabablar bilan bog’liq bo’lib, barqaror harakter kasb etgan bo’ladi. Pedagogik qarovsizlik belgilari: ongidagi chetga chiqish asosiy hayotiy tushunchalarni, axloqiy, estetik, siyosiy, iqtisodiy va boshqa kategoriyalarni noto’g’ri tushunish, baholashning buzilgan mezonlari bilan harakterlanadi.

  • Axloqidagi chetga chiqishlar bir qator xatti-harakatlaridagi og’ishlar, qonunbuzarlik va jinoyatlar sodir etishdan iborat bo’lgandi. Boshqacha aytganda bu axloq normalariga to’g’ri kelmaydigan axloqdir. Eng ko’p tarqalgan nojo’ya ishlar: shumlik, bezorilik, shaxsiy va jamoat mulkini o’g’irlash, jinsiy buzuqlik bilan bog’liq bo’lgan nojo’ya harakatlardir.

  • Emotsional-irodaviy sohadagi chetga chiqishlar xilma-xil voqea xodisalardan turlicha emotsional ta’sirlanish; voqea va xodisalarni turli xilda idrok qilish; turli xildagi jazava xolati. Shuningdek g’amginlik, xafalik, loqaydlik, kek saqlash, darg’azab bo’lish, yig’loqilik, o’zining emotsional holatini boshqara olmaslik, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining betayinligi, yaqin kishilarga nisbatan beparvolik, mexr-muhabbat va yaqinlik tuyg’usining yo’qligi.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan chetga chiqish turlari bolalarning insonning rivojlanishiga, uning boshqa kishilar bilan bo’ladigan aloqalariga, o’smirlik yoshiga xos bo’lgan xilma-xil faoliyat turlariga kirishishning muvaffaqiyatli yoki muvofaqqiyatsiz bo’lishiga ta’sir etadi. Bu chetga chiqishlarning paydo bo’lishiga asos bor. Oilada ota yoki onaning yo’lqligi, bolaning yolg’iz ota yoki yolg’iz onaning tarbiyalashi, tashqi o’quv-tarbiya muassasalari ta’sir yo’qligi bunday sabablardan hisoblanadi. Bulardan tashqari tarbiyaviy ta’sirning omillari: ota-onalarning ichkilikbozligi va axloqsizligi, madaniy muhitning yo’qligi, bolalarni huquq normalariga zid faoliyatga jalb etish, ularni huquqlarini poymol qilish, bolalarga jismoniy va psixik zulm o’tkazish, tengdoshlarining salbiy ta’siri, maktab va oiladagi “tarbiyaning g’ayri pedagogik” metodlari ham bor.
O’quvchilarni pedagogik qarovsizlik sabablarini xali yosh, sharoitlar yomon, axir odam tarbiya ko’rmay o’sadida qabilidagi ochiq-oydin talqin qilishdan ogoh bo’lish qilish lozim. Hamma narsa bolaning muxitining ijobiy va salbiy ta’sirlarini qanday idrok qilishga bog’liq. G.A.Fortunatov shunday deb yozgan edi: “bolaning harakteri faqat muxitning ta’siri ostida rivojlanmaydi, balki bolaning munosabatlari o’z muhitida qanday shakllanganligi, u shu muxitda nimalarga qiziqishiga ham bog’liq bo’ladi… Agar bir bolada ichkilikbozlik, beadablilik va sho’xliklar qiziqish uyg’otsa, boshqasida ular qo’rquv, vahima, jirkanish yoki nafrat va qarshilik xissini uyg’otish mumkin” . Pedagogik qarovsiz qarovsiz bolalar va o’smirlarning belgilarini ancha batafsil ta’riflagach, shuni ta’kidlaymanki, bu tarbiyasi qiyinchilikning ancha murakkab tipi. Bolalar bu nuqsonni engib o’tish uchun maxsus yondashuvga, aynan qayta tarbiyalashga ehtiyoj sezadilar. Bu jarayon esa bola shaxsining uch soxasiga: ongiga, axloqiga va emotsional-irodaviy soxalariga uzoq vaqt davomida pedagogik ta’sir ko’rsatishni talab etadi.

2.2. “Tarbiyasi og’ir o’smirlar” bilan ish olib borishda ijtimoiy pedagogik o’rni


Maktab ijtimoiy pedagogikasining asosiy muammosi tarbiyasi og’ir o’spirinlar hisoblanadi. 12-16 yoshli o’g’il-qizlar o’spirin hisoblanishadi. Bu davr shaxs shakllanishi jarayonida nihoyatda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga ham o’smirlar ham tarbiyachilar uchun qiyin davrdir.
O’smirlik yoshida bolaning hayot sharoitlari va faoliyati ancha o’zgaradi, ruhiyatining qayta qurilishi ro’y beradi. Tengqurlari bilan muomala qilishning yangi shakllari paydo bo’ladi. Jamoada o’spirinning ijtimoiy maqomida o’zgarishlar ro’y beradi, ota-onalar va ustozlar tomonidan unga talablar kuchayadi.
Bu yoshda o’spirinning vaqtinchalik oila va maktabda ruhiy ajralishi sodir bo’ladi. O’spirinning shakllanishida ota-onaning ahamiyati pasayadi. Odatda u rasmiy jamoa va norasmiy muomala guruhini tanlash bilan band bo’ladi va oxir oqibat o’zini qulay sezadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo’linadigan guruhni tanlaydi. Bu sport, texnika to’g’aragi bo’lishi mumkin. Shu bilan birga bu guruh o’smirlarning yig’ilishib, ichib-chekib o’tirishadigan yerto’la ham bo’lishi mumkin.
Bu yoshda o’smirlarning kattalar xususan ota-onalar bilan muammolari paydo bo’ladi. Ota-ona o’z farzandiga yosh bolaga bo’lganday qarashadi, bola esa bu g’amxo’rlikdan chiqib ketmoqchi bo’ladi. Shuning uchun uning kattalar bilan munosabatida ko’p nizolar kelib chiqadi, bolada kattalar fikrlariga tanqid bilan qarash kuchayadi. Kattalar bilan munosabatlar xarakteri ham o’zgaradi: bo’ysunish pozitsiyasidan bola tenglik pozitsiyasiga o’tmoqchi bo’ladi. Bir vaqtning o’zida tengdoshlar bilan ham o’zaro munosabatlarning xarakteri o’zgaradi. O’spirinda kattalik hissi tug’iladi va hissiyot mustaqil bo’lishga intilish, kattalarning xohish istaklariga qarshi chiqishda namoyon bo’ladi. Kichkina bolaga qaraganda o’spirinning qiziqishlari ancha o’zgaradi. Ijodiy faoliyatga intilish bilan bir qatorda o’spiringa qiziqishlarning beqarorligi ham xosdir.
Shunday qilib o’spirinlik yoshining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini ajratsak bo’ladi:

  1. Emotsional voyaga yetmaganlik;

  2. O’z xulq-atvorini to’liq nazorat qila olmaslik;

  3. O’z ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyat va xoxishlarini to’g’ri baholay olmaslik;

  4. Katta bo’lishga intilish

O’spirin yetarlicha voyaga yetgan shaxs emas. U insonning eng muhim xislatlari va jihatlari shakllanishi bosqichida bo’lgan shaxsdir. Bu bosqich bolalik va kattalik o’rtasidagi davrdir. Shaxs hali o’zini katta deb hisoblashi uchun yetarli rivojlanmagan, biroq shu bilan birga atrofdagilar bilan munosabatga kirishishi va o’z harakatlarida ijtimoiy norm ava qoidalar talablariga amal qilishi uchun yetarli rivojlangan.
O’spirin aqlli qaror qabul qilishga ongli harakatlar sodir etishga va ular uchun axloqiy va huquqiy jihatdan mas’ul bo’lishga qodir. Shuni ta’kidlash joizki, o’spirin o’z xatti-harakatlari uchun huquqiy javobgarlikka tortiladigan shaxsdir. Garchi qonun voyaga yetmaganlarning ijtimoiy psixologik rivojlanishini inobatga olib, ular uchun cheklangan javobgarlikni belgilasa ham katta o’spirinlik va o’smirlik davrini shaxsiy javobgarlik bilan xarakterlanadigan yosh deb qabul qilsak bo’ladi.
“Tarbiyasi og’ir“ o’smirlar jismoniy jihatdan sog’-salomatdir, biroq ularning ta’lim-tarbiyasi buzilgan. Ular o’z tengdoshlaridan o’qishda ortda qoladilar, chunki ularda xotira, tafakkur va tasavvur xislari yaxshi rivojlanmagan.
Garchi ular o’zlariga qiziqarli narsani bajarishsa ham ular mehnat qilishni yoqtirishmaydi, o’zlarini biror ishni bajarishga majbur qila olmaydi, ular tizimli shug’ullana olishmaydi. “Tarbiyasi og’ir” o’smirlar maktab intizomi va tartibini buzishadi, o’qishni xohlashmaydi, o’qituvchilar, tengdoshlar, ota-ona bilan nizolashadi. Maktabni tashlab ketishadi, o’zlarini omadsiz deb bilishadi, ular daydilik qilishadi, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar iste’mol qilishadi, huquqbuzarliklar sodir etishadi. Aynan o’spirinlar jismoniy yoki jinsiy zo’rlik oqibatida o’z jonlariga qasd qilishadi.
O’spirinlarning pedagogik jihatdan tarbiyalanmaganliklari ijtimoiy pedagogik hodisa bo’lib, oilaviy va maktab tarbiyasining kamchiligidir, maktabdan tashqari tarbiya ishining qoniqarsiz yo’lga qo’yilganligi natijasdir. Amaliyotda isbotlanganidek o’spirinni o’rab turgan bu muhit shakllari odatda ijtimoiy pedagogik darajalar, yo’nalishlari, o’spiringa ta’sir qilish jihatidan turli bo’ladi.
Agar oila, maktab, maktabdan tashqari muassasada bolani tarbiyalovchi omillarni boshqarsa, ko’cha-kuyda boshqarib bo’lmaydi. Bu tarbiya jarayonida aks etmasligi mumkin emas. Chunki o’smirlar bo’sh vaqtlarini aksariyati aynan ko’chada o’tkazishadi. U yerda ularning muomalasi, ya’ni eng muhim ijtimoiy ehtiyojlaridan biri shakllanadi. O’quvchi o’spirinlar uchun asosiy faoliyat bu o’qishdir. Biroq o’qish tarbiyasi og’ir o’smirlar uchun o’qituvchilar va tengqurlarining hurmatini qozona olish vosita emas. Shuning uchun ular o’zlariga muhim bo’lgan faoliyatni maktabdan tashqarida izlashadi. Aynan shu yerda, o’zi kabi o’smirlar davrasida ularga yomon xislatlar va qo’pollik uchun tanbeh berishmaydi, aksincha bu kamchiliklarni kattalik alomati deb bilishadi.
Biroq hozirgi kunda maktabda, yashash jonlarida bolalar bilan birgalikda ijtimoiy ish olib boorish amaliyoti paydo bo’lmoqda. Bu faoliyat mikrotuman va maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishning yagona rejasi bo’yicha maktab va barcha ijtimoiy xizmatlarni bolalar tarbiyasi va himoyasi muammosini yechish uchun birlashtiradi. Yagona reja bo’yicha ish yuritish maktab pedagogik jamoasining faoliyatini tubdan o’zgartiradi. Pedagoglar maktabdan tashqari bolalar muassasasi, sinf rahbarlari, guruh tarbiyachilari faoliyatiga qo’shilishadi va ular bilan yaqin hamkorlikda bo’lishadi.
Bu faoliyatda asosiysi bola hisoblanadi, shuning uchun pedagogik jamoa faoliyati maktab devorlari ichida qolib ketmaydi, ular bolaga, oilasiga, bolalar birlashmalariga, tengdoshlar muhitiga murojaat qilishadi.
Pedagogik tarbiyasi og’ir bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagog maktab va maktabdan tashqari jamoaning ular xulq-atvoriga ta’sirini o’rganadi. Ular bilan ish olib borishda yaxshi natijalarga erishish uchun bir qator shartlarni bajarishi lozim:

  1. O’smir bilan aloqa o’rnatish

  2. O’smir bilan yaxshi o’zaro munosabatlar o’rnatish

  3. Uning reaksiyasi, fikri, intilishlari, qiziqishlari, kelajakdagi rejalarini o’rganish

Psixolog A.B.Filonov tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik texnologiya ham samarali hisoblanadi.




Tarbiya jarayoniga kompleks yondashuv o’smirlar guruhlari paydo bo’ladigan mikro muhitlarga faol ta’sir qilishni talab qiladi. Kriminologlarning ma’lumotiga ko’ra, voyaga yetmaganlar aksar jinoyatlarini guruh bo’lib sodir edishadi. Biroq voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni bartaraf etish bo’yicha ko’pgina tavfsiyalar individual profilaktika tavfsiyalari hisoblanadi. Amaliyotda isbotlanganidek, ajratib olingan o’smirning huquqbuzarliklarini bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat har doim ham kutilmagan natijalarga olib kelavermaydi. Bu holat huquqbuzar o’smirning yashash joyidagi guruhning a’zosi bo’lganligi va a’zolariga bog’liq bo’lishi bilan izohlanadi. Demak biz pedagogik tarbiyasi og’ir bolalar bilan individual faoliyat olib borishning muhimligini e’tirof etgan holda o’spirinlarni o’rab turgan mikro muhit bilan o’zaro aloqalarini o’rganish zarurligini ham ta’kidlab o’tamiz.


Pedagogik ta’sirlarning kompleks tizimi, tarbiya vositalari, shakl va mazmunini bildirib, bu faoliyatning maqsadi deb pedagogik tarbiyasi og’ir bolalarni sinf jamoasi, o’qituvchilar, sinfdoshlar bilan munosabatlarning normallashuvi natijasida o’smir guruhlarning rejali qayta to’g’irlash hisoblanadi. Bu munosabatlarning normallashuvi o’smir shaxsining shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.
Tarbiyasi og’ir o’smirlar bilan ish olib boorish ommaviy so’rovnoma va anketa to’ldirish bilan amalga oshiriladi. Bu usullar pedagogik qarovsiz o’smirlar guruhlarning qayerda paydo bo’lganligi haqida ma’lumot olish imkonini beradi.
Tarbiyasi og’ir o’smirlar ish olib borishda pedagog quyidagi parametrlarni inobatga olishi lozim: guruh hajmi, ularning yosh va ijtimoiy tarkibi, muomala qilish joylari va vaqti, guruh faoliyatining mazmuni va yo’nalishi. Muomalaning bu parametrlarini bilish tarbiyachiga tuman, shaharda o’smir guruhlari bilan ishlashning eng to’g’ri va samarali shakl-vositalarini qo’llashga yordam beradi.
Ijtimoiy pedagog o’smirlar guruhining ijtimoiy tarkibini bilish ham muhim. Ijtimoiy tarkibi turli bo’lgan o’smirlar guruhlarida o’zaro axborot almashuv va muomala qilish qiziqarli bo’ladi. Biroq bu guruhlarda hayot haqida yolg’on tasavvurlarga ega ma’lumotlar ham tarqatilishi mumkin.
Tarbiyachining vazifasi:
1. Guruhdagi muomalaning mazmunini bilish;
2. Tarbiyaviylar ta’sirni to’g’ri tashkil qilib, ma’lumotni to’g’ri tomonga yo’naltirish.
Guruhlarning o’rnatilishi va tahlil qilinishi lozim bo’lgan mashg’ulotlarini ikki turga ajratsak bo’ladi – vaqt bo’yicha – doimiy va nodoimiy, yo’nalishi bo’yicha – ijobiy ( mehnat, sport, san’at bilan mashg’ul bo’lish) va salbiy (chekish, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish, qimor o’ynash).
Tarbiyasi og’ir o’smir guruhlari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning uslublari va texnologiyalari quyidag muvaffaqiyatli amal oshib, uning asosida:
Maktab yordamida:

  • Maktab va maktabdan tashqari o’smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sir( seksiya, klub, to’garaklar);

  • Intizomli a’lochi o’quvchilarning pedagogik qarovsiz sinfdoshlariga ta’sir. Bu yo’nalish bir-biri bilan do’stlashish xohishi, o’zaro muomalaga talab bo’lganda juda muvafaqqiyatli amalga oshib, uning asosida qiziqishlari umumiyligi yotadi. Bu yo’nalishning amalga oshirishning muvaffaqiyati ko’p borada o’qituvchi, sinf rahbarining mohir rahbarligiga bog’liq.

  • Sinf jamoasining pedagogik qarovsiz o’smirlarga ta’siri. Bunaqa birgalikdagi faoliyatni talab qiladi. Sinfda jamoaviy ishlarga jalb qilingan pedagogik qarovsiz bolalar nafaqat o’zlari uchun balki jamoa uchun ham mehnat qilayotganlarini va ularning ishtirokiga ko’p narsa bog’liqligini anglab yetishadi. Bunaqa faoliyatlarda og’aynichilik aloqalari vujudga keladi, boshqalarga nisbatan to’g’ri munosabat shakllanadi, yuklatilgan vazifa uchun ma’suliyat hissi ortadi;

  • Pedagogik qarovsiz bolalarga tarbiyaviy ta’sirning ko’rib chiqilgan yo’nalishlari mikro tuman tarbiyaviy ishida maktab jamoasi bilan birgalikda va bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi;

Maktabdan tashqari o’smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sirning tashkil qilishda quyidagi holatlar inobatga olish lozim:
Birinchidan to’garak, seksiya, klubda o’smirlarda aniqlangan bitta qiziqish bilan cheklanmaslik lozim balki mehnat, turli o’yinlar, ijodiy faoliyat orqali pedagogik o’smirlarni atrofdagilar bilan normal munosabatlarga tayyorlashga intilish lozim
Ikkinchidan, norasmiy guruhga yoki uning aksariyat a’zolariga ta’sir ko’rsata turib ularni rasmiy guruhga o’tishlariga erishsa bo’ladi. Bu jarayonni shartli ravishda “rasmiylashtirish” deyishadi. Bu jarayon o’smirlar uchun sezilmaydigan holda tarbiyachi tomonidan norasmiy guruhning rasmiy guruhga aylanishidir.
Pedagogik qarovsiz bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishning yana bir xususiyati o’smirlarni o’z tanlashgan, uning bajarilishidan qoniqish sezishadigan faoliyatni tanlashdir. Asta-sekin faoliyatdagi bunday ehtiyojni qondirish va rivojlanish, keyinchalik uni o’smirlarda bajarayotgan ishlari uchun ma’suliyat xissini oshiruvchi faoliyat turlari bilan to’ldirib boradi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar yoki o’smirlar bilan ish olib boorish pedagogik qayta tarbiyalash jarayonini ko’zda tutadi.
Qayta tarbiyalash bola yoki o’smir yurish-turishidagi turli cheklanishlarni yengib o’tish yoki bartaraf etishdir. Qayta tarbiya ham tarbiyachi ham tarbiyalanuvchilar uchun ham og’ir jarayondir. Tarbiyalanuvchining yangi yo’lning istiqboli bilan qiziqishi kerak. Tarbiyachi esa tarbiyalanuvchining o’tmishi bugungi kunini tahlil qilib uning kelajagini tasavvur etishi lozim.
O’smirni qayta tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni bir nech bosqichdan iborat:

  1. Tarbiyalanuvchini o’rganib chiqish;

  2. O’smirning yurish-turishini o’zgartirish uchun uni ruhiy tayyorlash kerak;

  3. Ijobiy axloqiy xislatlarni to’plash;

  4. Inqirozdan chiqish, o’z-o’zini tarbiyalashga o’tish.

Shuni inobatga olish kerakki, bu jarayonga tarbiyachidan tashqari o’smir mansub bo’lgan tarbiyalanuvchilar jamoasi ham qo’shiladi. Bunda tarbiyachi kordinator vazifasini bajarib, jamoani o’z o’rtoqlarini qayta tarbiyalashga yo’naltiriladi. O’smirlar bilan reabilitasion markazda ishliyotgan ijtimoiy pedagog metodlardan biridan foydalanib tarbiyalanuvchi oldida idealga o’xshash naqsadini qo’yadi. Bu axloqiy komil inson o’smirning ijobiy yurish-turishning shakllanishiga yordam beradi.


XULOSA


Insoniyat mavjudligining muhim shartlaridan biri - bola tarbiyasi hisoblanganligi bois, u dunyoga kelmasdanoq tarbiyaviy tadbirlar boshlab yuboriladi. Shunday bo’lsa-da, jamiyatda xulq-atvorida salbiy illatlarga moyil, ijtimoiy me’yorlarni qabul qilolmaslik xohishi, xatti-harakatlarini nazorat qila olmaydigan bolalarni uchratamiz. Ularni tabiatan shunday xulq-atvorga ega deb, e’tibordan chetda qoldirish yoki chora-tadbirlar ishlab chiqmaslik jamiyat uchun kattadan-katta yo’qotishlarga olib keladi.
Shu bois, tarbiyasi va xulq-atvorida o’zgarishi bo’lgan bolalarga yordam ko’rsatuvchi kishilar psixologlar, pedagoglar hisoblanadi. Chunki, “tarbiyasi og’ir” bolalarda bir qator o’ziga xos tipik illatlar kuzatiladiki, ular:

            • Ota-onalar, pedagoglar va boshqa katta yoshdagilar bilan munosabatda

            • O’rtoqlari, sinfdoshlari va boshqa tengdoshlari bilan munosabatda

            • O’ziga munosabatda va o’zini o’zi tushunishda

            • Ichki yagonalik, boshqalar bilan do’stlasha olmasligi

            • O’qishdagi qiyinchiliklarini boshdan kechiruvi kabi.

Bugungi kun psixologik-pedagogik tajribalar “tarbiyasi og’ir” bolalarga yordam ko’rsatish uchun quyidagi tartibda ish tutishni taqazo etmoqda:
Yosh jihatlariga qarab profilaktika va psixokorreksiya ishlarini boshlash talabi.
Chunki, “tarbiyasi og’ir” bolalarga o’smirlik yoshiga xulqidagi buzilishi qat’iy shakllangan bir davrda profilaktik va korreksion tadbirlarga qo’l uriladi. Aslida xulq-atvorida o’zgarish yaqqol namoyon bo’lgan davrida unga chora ko’rishni kutib o’tirmaslik lozim. Shu bois boshlang’ich maktab yoshidayoq maqsadli profilaktika va psixokorreksiya ishlarini boshlash maqsadga muvofiq. Balki undan oldin.
1.Ishni differensial va individual tashkil etish:
Bunda bolalarning tarbiyaviy-profilaktik jarayonda yosh va jinsiga qarab differensial hamda ularni har birini insividual xususiyatlariga qarab ishni rejalashtirish. Yordam faoliyatida xilma-xillikni ta’minlash, ya’ni vaziyat, shart-sharoitga qarab usullar, munosabat o’rnatish.
2.Mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish:
“Tarbiyasi og’ir” bolalar bilam tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarni o’tkazish jarayonida ularni ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy vaziyatlarga tayanib, u tashkil etilayotgan mintaqaning xususiyatlarini hisobga olish lozim. Albatta, yuqorida sanab o’tilgan talablar umumiydir, ammo “tarbiyasi og’ir” bolalar bilan ishlayotgan vaqtda ularga psixologik-pedagogik yordam ko’rsatish uchun bir qator uslub va amallardan foydalanishni bilish lozim.9
Tarbiyada ta’sir ko’rsatish usullariga ya’ni taqdirlash va jazolash yo’llariga alohida e’tibor beriladi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar bilan ishlash jarayonida ham pedagog-tarbiyachilar ulardan samarali foydalanishlariga to’g’ri keladi. Taqdirlash bola xatti-harakatlarida ijobiy sifatlarni tarkib topishi va mustahkamlanishi uchun, jazolash esa ixtiyor etilmaydigan salbiy xususiyatlarni oldini olish va ulardan ogoh etish maqsadida foydalaniladi. Jazolash adolatli va bolaning shaxsini kamsitmagan holda samarali tashkil etilishi zarur. Tarbiyaviy vositalar orasida tarbiya amallari borki, ularni samarali qo’llash ijobiy natijalarga olib keladi. Tarbiya amallari tarbiya uslublarining tarkibiy elementlari bo’lib, ular bolaga ta’sir samaradorligini ta’minlashga yordam beradi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar bilan ishlash jarayonida mutaxassislar bir qator tarbiya amallaridan foydalanishlari o’rinlidir.
Ijtimoiy pedagog – tarbiyaviy ishlar metodlarini keng tizimidan foydalanishga o’z e’tiborlarini qaratishlari lozim. Ijtimoiy pedagog ishlarini o’ziga xosligi bir qator yangi faoliyat usullarini yuzaga chiqaradi. Har bir ijtimoiy pedagog ishining muhim o’ziga xosligi, bolalar xulqining axloqiy asosini buzilishiga olib keladigan aniq faktlarni aniqlash, bartaraf etishga yo’naltirilishi kerak.
Ijtimoiy pedagog har bir kichik muhitda, o’smirda o’z tengdoshlari, o’quvchilar va o’qituvchilar, bolalar va ota-onalar o’rtasida insonparvarlik etikasiga rioya qilishni, bu esa o’z navbatida ular ma’naviy dunyosini shakllanishiga yordam bermog’i lozim.
Eng muhimi kelajak jamiyati a’zosida zarur bo’lgan; o’z xatti-harakati uchun javob beradigan; g’amxo’rlik beminnat ish qilishlik, murakkab sharoitlarda irodaviy kuch topa oladigan, qiyinchiliklar yenga oladigan, mehnatsevar, ona-Vatanga cheksiz muhabbat, kamtarlik, minaddorchilik va boshqa sifatlarni shakllantirishlarida alohida ahamiyat kasb etadi.
Tarbiya xususida taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: “Al-hosil tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot, yo najot- yo falokat, yo saodat- yo halokat masalasidur” degan gaplari qariyb bir asrki o’zining zalvorini yo’qotgani yo’q, fikrimizcha yo’qotmaydi ham. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo’lishi avlodlar tarbiyasiga ko’p jihatdan bog’liq. Chunki o’smirlik yoshiga kelib shaxs shakllanayotgan bir davrda xulqdagi og’ishlarning asosiy sabablaridan biri bu tarbiyadagi xatolar va noto’g’ri tarbiya bo’lib qolmoqda. Albatta, xulqi og’ishiga yana bir qator sabablar ham pedagogik tarbiyada jiddiy e’tibor berish kerak.
Tarbiyada mukammal formula yo’qki, jamiyatda hamma bola bir xil darajada tarbiyalansa. Har bir bola o’ziga xos ijtimoiy muhitda o’sadi, tabiiyki unga ijobiy hamda salbiy ta’sirlar turlicha bo’ladi. Shuning uchun o’smir yoshdagi o’quvchilar bilan ishlash ko’proq bilim olishga, ilm o’rganishga undashimiz lozim. Abdulla Avloniy bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg’u beradi: “Ilm bizni jaholat qorong’usidan qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g’ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog’liqdur”.
Bolani voyaga yetgunicha oq choyshabga o’rab katta qilishning iloji yo’q va doim ham bolaga yetarlicha e’tibor qila olmaymiz. Qaysidur vaziyatda kimningdir e’tiborsizligi, kimningdir aybi bilan bola “yomon bola“ ga aylanishi mumkin. Shunday bolalar haqida eshitsak, ko’zimiz tushganda “guruch kurmaksiz bo’lmaydi-da“ deb qo’yamiz. Lekin bola qanchalik yomon bo’lmasin uni kurmakka chiqarish noto’g’ri. Bizning har qanday bola bu nihol. Lekin ayrim nihollar shamol ta’sirida yo boshqa biror tabiiy ta’sir natijasida qiyshayishi, sinishi mumkin. Juda ham yomon hollarda esa tanasiga zararkunanda o’simlik va hashoratlar yopishib olishi yoki kasallanish kuzatiladi. Lekin oqil, tajribali dehqon bunday vaziyatda qiyshaygan daraxtga tirgak qo’yadi, zararkunandalar va kasalliklardan tozalash uchun niholni dorilaydi, singan shoxlariga shakl berib kesadi. Hozirgi zamon ota-onalari, tarbiyachi va pedagoglar shunday “oqil dehqon” kabi bo’lishlari kerak-ki, o’smirga “tarbiyasi og’ir” deyila tamg’a bosilmasin.10
O’tkazilgan pedagogik-psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, bugungi kun yosh avlodini har tomonlama rivojlangan komil inson qilib tarbiyalashda pedagogik-psixologik bilimlarning o’rni oshgandan oshib boradi. Har bir o’smirga alohida individual ravishda yondashib, ulardagi muammolarni korreksiya qilishni ayni vaqtda dolzarb masalalardan hisoblanadi. Hozirgi paytda internetdagi turli ijtimoiy tarmoqlarda kelayotgan buzg’unchi g’oyalardan yoshlar ongini himoya qilish kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham oila-mahalla-ta’lim muassasalari hamkorligida ish olib borishni taqazo qiladi. Ana shundagina biz o’z oldimizga qo’ygan yuksak maqsadlarimizni amalga oshirishimiz mumkin.


Yüklə 146,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin