3-MAVZU: Buyuk ipak yo’li va hozirgi zamon. Ajratilgan soat – 2 soat Ko’riladigan savollar rejasi Eng qadimgi yo’llar. Buyuk ipak yo’lining paydo bo’lishi va rivojlanishi.
Amir Temur va temuriylar davrida Buyuk ipak yo’li shuhratining yanada ortishi.
XVI asrdan boshlab Buyuk ipak yo’li ahamiyatining pasayishi, uning sabablari.
Hozirgi davrda Buyuk ipak yo’li an’analarini tiklash va rivojlantirish borasidagi xalqaro hamkorlik harakatida O’zbekistonning ishtiroki.
Darsning maqsadi: Sharq bilan G’arbni tutashtirgan Buyuk ipak yo’li insoniyat taraqqiyotida muhim rol o’ynaganligini uning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi ahamiyatini o’rganish. XVI asrdan boshlab bu yo’lning tanazzulga uchrashi sabablarini, bugungi kunda uning an’analarini tiklash zaruriyati tug’ilganligini tushuntirish.
Seminar mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish uchun metodik ko’rsatmalar: 1-asosiy savol bo’yicha:
“Lojuvard yo’li”, “Shoh yo’li”. Buyuk ipak yo’liga asos solinishi. Chjan Tszyanning O’rta Osiyoga sayohati. Bu yo’lning tarmoqlari. (1.110-114; 2.71-73;)
2-asosiy savol bo’yicha:
Buyuk ipak yo’li shuhratining ortishida Amir Temur siyosatining o’rni. Savdo yo’llari havfsizligining ta’minlanishi. Samarqandning dunyoning yirik savdo markazlaridan biriga aylanishi.( 1.114; 2.73;3.91-97.)
3-asosiy savol bo’yicha:
Buyuk ipak yo’lining inqirozga uchrashi sabablari. Savdo yo’llarining dengizga ko’chishi. Buning ipak yo’lida joylashgan davlatlar taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatgani. ( 1.114-115; 2. 74; )
4-asosiy savol bo’yicha:
Buyuk ipak yo’li an’analarini tiklash zaruriyati. YuNESKO bilan hamkorlikda “Ipak yo’li muloqot yo’li“mavzusida o’tkazilgan amaliy tadbirlar. (1.115; 2.74-75.)
Adabiyotlar: O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik) Toshkent. : O’AJBNT markazi, 2003. 675 b.
O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik)Toshkent. : Iqtisod-moliya, 2006, 520 b.
Karimov Sh., Shamsuddinov R. Vatan tarixi T.: O’qituvchi.1997.527 b.