Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə22/23
tarix18.08.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#117577
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
portal.guldu.uz-ЎЗБЕКИСТОН ТАРИХИ

Интернет сайтлари

  1. “Халқ сўзи” газетаси - www info XS. Uz.

  2. “Туркистон” газетаси www turkiston sarkor. uz.

  3. “Маърифат” журнали www ma'rifat - inform.

  4. “Жамият ва бошқарув” журнали www rzult academy freenet uz.

  5. “Мозийдан садо” журнали www moziy dostlink. Net

  6. www. ZiyoNet.uz.

Tarix millatlarning o’tmishi, taraqqiyoti hamda tannazulining sabablarini o’rganaturg’on ilmdir”.
Abdurauf Fitrat.
O’zbekiston tarixi fani ajdodlarimizning hayoti bilan bog’liq holda sodir bo’lgan voqealar rivojining ichki mantig’ini, sabablari va oqibatlarini, asrlar davomida to’plagan amaliy tajriba va saboqlarini o’rgatadi...
O’zbekiston tarixi fani xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi munavvar ko’zgu, ijtimiy, siyosiy tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir.
tarix saboqlarini anglab etgan inson xozirgi zamonni yaxshi tushunadi, kelajakni to’g’ri tasavvur etadi”
O’zbekiston tarixini kuyidagi xronologik davriy tizimda ko’rish mumkin:
1). O’zbekistonda “Ibtidoiy to’da davri”. Bu davrning xronologik chegarasi odamzodning Fergantrop-Neandertal ajdodlari yashagan davri bilan belgilanadi. Bu davrda mulkchilikning hech bir shakli bo’lmagan. Odamzod o’zining ilk ibtidoiy holatidan tom ma’nodagi odam holatiga o’tish, fikrlavchi odam bo’lib shakllanish jarayonini boshidan kechirgan.
2). O’zbekistonda «Ibtidoiy urug’chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri». Uning xronologik chegarasi – urug’ jamoalarining tarkib topishidan (bundan 40 ming yil avval) to milodiy III-IV asrlargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda jamiyat iqtisodiy hayotining ijtimoiy tarkibi urug’ jamoalarining erkin dehqon jamoa a’zolari-kashovarzlardan, ozodkor va guvakorlardan tashkil topgan.
3).O’zbekistonda «Ilk o’rta asrlar davri». Uning xronologik chegarasi - milodiy III-IV asrlardan to IX asr boshlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda feodal mulkchilikning badavlat dehqonzodalar timsolida shakllanishi va rivojlanishi, erkin dehqon jamoa a’zolar-kashovarzlarni kadivarlarga aylanish jarayonining jadal kechishi kuzatiladi.
4). O’rta Osiyo, jumladan O’zbekiston tarixining «O’rta asrlar davri». Uning xronologik doirasi – somoniylar davlatini tashkil topishidan to XIX asr o’rtalarigacha o’tgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda feodal munosabatlarining uzil-kesil shakllanishi va rivojlanishi, yuksakliklarga ko’tarilishi va nihoyat o’zaro ichki va tashqi feodal jangu-jadallar tufayli jamiyat iqtisodiy va siyosiy hayotida turg’unlik va inqirozlar kuzatiladi.
5). O’rta Osiyo, jumladan O’zbekiston tarixining beshinchi davrini «Mustamlakachilik va milliy uyg’onish davri» deb atash mumkin. Uning xronologik chegarasi–Chor Rossiyasi bosqinidan to 1917 yil Oktyabr to’ntarishiga qadar o’tgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda Rossiya kapitalini O’rta Osiyoga kirib kelishi munosabati bilan o’lkada kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari shakllanib boradi, ishlab chiqarishidagi yangi munosabatlar tufayli klerikal feodal tartiblari va an’anaviy xalq hunarmandchiligining zaminiga zil ketib, jamiyat ijtimoiy tarkibida yollanma mehnat resurslari va ma halliy burjuylar hamda millat va vatan taqdiri to’g’risida qayg’uruvchi milliy ziyolilar tabaqasi paydo bo’ladi.
6). O’zbekiston tarixining oltinchi davri «sovetlar davri» bo’lib, bu davr (1917-1991yillar)da jamiyat hayotining barcha jabhalari kommunistik mafkura g’oyalari asosida quriladi, jamiyat ijtimoiy tarkibi ishchi va dehqon sinfi hamda ularning avangard otryadi ziyolilar tabaqasidan iborat bo’lgan.
7). O’zbekiston tarixining ettinchi davri o’z mazmun va mohiyati bilan «Milliy istiqlol, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish davri» (1991yildan) deb atashlikni taqoza etadi. Bu davr o’zbek xalqi va davlatchiligining yangi sahifasi, milliy boyliklar va ishlab chiqarishning barcha jabhalari bo’yicha erishilgan yutuqlarni xalq manfaatiga yo’naltirilgan davri, milliy istiqlol va milliy qadriyatlarining qaytadan tiklash davri, dunyo xaritasida «O’zbekiston Respublikasi» deb ataluvchi suveren davlatni jahon hamjamiyati va jamoatchiligi tomonidan tan olingan davri sifatida tarixga kiradi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin