Guliston davlat universiteti


II BOB. Dars intizomiga salbiy munosabatdagi o’quvchilarga nisbatan konstruktiv yondashuv va uni loyihalash



Yüklə 356,21 Kb.
səhifə4/5
tarix14.12.2022
ölçüsü356,21 Kb.
#120986
1   2   3   4   5
Gulnoza urs ishi

II BOB. Dars intizomiga salbiy munosabatdagi o’quvchilarga nisbatan konstruktiv yondashuv va uni loyihalash

    1. O ‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakilantirishning ijtimoiy-pedagogik omillari

Musfaqillikka erishilgandan keyin ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning maqsadi va vazifasi jamiyatimiz uchun barkamol avlodlami qay darajada tarbiyalashimizga bogc liqligi yanada ayonlashdi. Ana shunday dolzarb vazifeni amalga oshirish uchun oitmishdagi ajdodlarimizning yoshlar ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlangan nihoyalda boy tarixiy tajribalarini o'rganish va ushbu tajribalardan zamon talablariga mos holda ta’lim va tarbiya berishning yangi texnologiyalari va vositalaridan unumli foydalanib amalga oshirish katta ahamiyatga ega ekanligini tasawur etish qiyin emas. Tarixiy manbalaming tahlili va undan chiqarilgan ilmiy xulosalarga tayanib, aytish mumkinki, o‘tmishda ajdodlarimiz olamga mashhur bo'lgan buyuk mutafakkirlar tomonidan qoldirilgan durdona asarlarda jamiyatni rivojlantirishning asosini tashkil etadigan ta’lim va tarbiya masalalariga, komil insonni tarbiyalash muammolariga juda katta e’tibor berganlar. Hech bir inson dunyoga mukammal bo’lib kelmaydi. Inson jamiyatda, o‘zinmg qurshovidagi insonlar orasida, tabiat qocynida, turli-tuman voqea-hodisalar ichida, ular bilan muloqotda hamda bevosita aralashuy jarayonida o‘sib-ulg‘ayadi, kamolga yetadi. Shuning uchun ham komil inson haqidagi ta’limot insonni har jihatdan yetuk ma’naviy-axloqiy, ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy sohalarda engyuksak kamolotga yetgan xislatlarini nazarda tutadi. Buyuk mutafekkir, so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomiz xalqimizning milliy ma’naviyatini rivojlantirishga boy ilmiy va ma’naviy me’rosi bilan katta hissa qo‘shib kelmoqda. Uning «Olamdan g‘amsiz o‘tay desang, ilm-u hunar o‘rgan. Dunyodan kamolotga yetmay o‘tish, hammomdan toza boclmay chiqishning o‘zi», deb avlodlar tarbiyasi uchun jon kuydirgan. Uning komil inson borasidagi qarashlari dunyoviy ruhda, hayotning real talablariga juda yaqin. A.Navoiy insonlarga yaxshilik qilish, muhtojlar mushkulini oson qilish - inson ruhiyotini bezaydigan eng oliy fazilat, deb bilgan. Uning ta’Iimoticha, uchta fazilat: halollik, rostgo'ylik hamda hayo insonga shon-sharaf kehiradi. Shu fazilatlar birlashsagina insonni komillikka olib chiqadi va iqbol uning huzuriga bosh egib keladi, deb e’tirof etgan. Bugungi kunda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarimizga ana shu mukammailikni shakllantirishda tabiiyki, mas’uliyat yuki, eng awalo, ota-onalarga, so‘ng esa ma’rifat fidoiylari bo‘lgan ustoz-murabbiylaming chekiga tushishi tabiiy. Bu mas’uliyat esa pedagog-o'qituvchilardan qaysi fen mutaxassisi bo‘lishidan qat’iy nazar zamon bilan hamnafaslikni, o'quvchilar ruhiyatini e’tiborga olgan holda mazmunli dars hamda tarbiyaviy mashg‘ulotlar jarayonini tashkil etishni talab etadi. Shuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimizda keng ko'lamda olib borilayotgan islohotlar uzluksiz ta’lim tizimida mehnat qilayotgan ustoz-murabbiylarga juda katta mas’uliyat va zalvorli vazifelarni qo'ymoqda. Mamlakatimizning o‘quv-tarbiya muassasalarida yoshlarga ta’lim va tarbiya berayotgan o‘qituvchi-pedagoglaming tayyorgarlik darajalari, tajriba va malakalari, kasb mahoratlari va o‘z kasbiga bo‘lgan moslik darajasi (komponentligi) qay darajada, ular tomonidan yoshlarimizga berilayotgan ta’lim va tarbiyaning samaradorlik darajasi bugun shiddat bilan kechayotgan globallashuv jarayonlariga mosmi? Qolaversa, o‘quvchilarimiz orasida tarbiyasi qiyin bolalarning xatti-harakatlarini pedagogik-psixologik tahlil etish va ularga amaliy jihatdan ko‘mak berish, tarbiyachi-pedagoglar uchun mazkur yo'nalishdayetarli tasawurga hamda ular bilan amaliy mashg‘uiotlar o‘tkazish ko‘nikma va malakalariga ega bo'lishni talab etadi. Xo‘sh, jamiyatda qabul qilingan tartib-qoidalami buzish qachon va qanday sharoitlarda yuz beradi. Biz tadqiqot jarayonida ana shu masalalarga oydinlik kiritish, muammoning ildizini aniqlashga harakat qilamiz. Zero bolalar yosh, ya’ni o‘smirlik chog‘ida u yoki bu ta’sirlarga tezroq berilishi ularga xos xususiyatdir. O ‘smirlami kerakli paytda maqbul yo'lga sola olmasak, keyin kech bo‘lishi mumkin. Ya’ni bola o’z yo’lini, kelajagini jamiyat hayotiga zid bo'lgan turmush tarzi bilan bogMiq ho Ida tasawur etsa, uni bu yo’ldan qaytarish jarayoni ancha qiyin kechadi. Shu sababli shifokorlar aytganidek, kasallikni davolashdan ko’ra, uning oldini olish ko‘proq samara beradi. Shu sababli ham biz bolalami salbiy xatti-harakatga moyilliklarini ilgariroq fahmlashga alohida e’tibor berishimiz lozim. Aks holda, keyinchalik bolani notolg4ri yo‘ldan to‘g‘ri yoclga solish uchun bir necha barorar kuch-g‘ayrat, mablag* sarflashga to’g‘ri keladi. Awalo shuni ta’kidlash kerakki, voyaga yetmaganlarda salbiy xatti-harakatlar ocz-o4zidan shakllanmaydi. Buning uchun ichki va tashqi omillaming ta’siri bo'lish kerak. Shu sababli ham har qanday shaxs o'smirlik chog'i, ya’ni endigina voyaga yetib kelayotgan paytdanoq jamiyatdan o4ziga munosib o‘rin topishi katta ahamiyat kasb etadi. Aks holda bu narsa noxush oqibatlarga, ba’zan esa og‘ir fojialarga sabab boMishi mumkin. Yosh yigit-qizlarimizning ishda, turmushda, oila va jamoa orasida o‘z o4mini topolmaslik holatlari ulaming jamiyatda o 'z qadrini yo‘qotishga olib keladi. Hozirgi uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonida «tarbiyasi og‘ir», «tarbiyasi qiyin ocquvchb> «qiyin o’spirin», «tartibbuzarlikka moyil>>, «deviant xatti-harakatli bola», «tarbiya ko‘rmagan»lar bilan ishlash muammolariga e’tibor har qachongidan ham ko‘ra kuchaytirilishi lozim. O'quvchilar umuman, yoshlar orasida, pedagogik nuqtai nazardan «qarovsiz qolgan», «tarbiyasi og4ir>>, huquqbuzarlikka moyil, deviant xatti -harakatli yoshlaming ko'payib borishi o'quvtarbiya jarayoniga o’z ta’sirini ko4rsatmay qolmaydi, albatta. Bugungi tartibbuzarlikka moyil bola ertaga potensial jinoyatchi boclib yetishishi mumkin-ku axir. Ana shuning uchun ham dars intizomiga salbiy munosabatdagi o‘smirlar bilan tarbiyaviy tadbirlami olib borish alohida yondashuvni talab etadi. Ana shu savollarga javob topish maqsadida umumiy o’rta ta’lim maktablarida olib borgan nazariy va amaliy tadqiqotlarimiz natijasi o4laroq, ayta olamizki, ayni paytda faoliyat olib borayotgan ko’p ming sonli o4qituvchilarning kasb mahoratlari va o4z kasblariga bo'lgan mos (kompatent) lik darajalari zamonaviy talablardan ortda qoltnoqda. Olib borilgan ilmiy-metodik tahlillarimiz va nazorat ishlari natijalari xulosalaridan kelib chiqib, zamonaviy o‘qituvchining kasb mahoratini takomillashtirish va o‘z kasbiga mos (kompetent)ligi, barkamol insonni, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda nimalarga e’tibor berish kerakligi xususida fikr yuritamiz. Birinchidan, mamlakatimizda ro‘y berayotgan o'zgarishlaming o‘ziga xos xususiyatlari, Ya’ni o‘zbek xalqining milliy mintaliteti, ruhiyati va turmush tarzining hamda bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining ta’lim-tarbiyaga salbiy yoki ijobiy ma’nodagi ta’sirini hisobga olish juda muhim. Ikkinchidan, inson shaxs ini shakllantirishda tarbiya ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, u ta’lim berish jarayonining barcha tamoyillarini o‘z ichiga qamrab oladi. Ta’lim-tarbiyaning ustuvorligi haqidagi bugungi kun talabi esa o'quvchi shaxsining shakllanishida dars jarayonini oqilona va puxta o'ylagan tarzda, barcha o'quvchilarni birdek qamrab olgan holda taslikil etish muammosi naqadar dolzarb ekanligini taqazo etadi. Uchinchidan, bozor iqtisodiga o'tish bilan bog‘liq bo‘lgan murakkabliklardan kelib chiqib, ijtimoiy hayotimizda yuz berayotgan ayrim noxush holatlaming tarbiyaviy jarayonga salbiy ta’sirini tahlil qilib o‘rganishni, uni bartaraf qilish yo‘lida muayyan ilmiy xulosalar chiqarib, amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish vazifalarini dolzarb muammo sifatida qo'yadi. To‘rtinchidan, bugungi kun talab laridan kelib chiqib, maktab, oila va mahalla o‘rtasidagi tarbiyaviy munosabatlami o‘z ichiga oladigan, ilmiy asoslangan, milliy, diniy, etnik, hududiy, demografik xususiyatlami hisobga olgan, tarbiyaning yangicha mazmunini ochib beradigan konsepsiya ishlab chiqish zarur. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qo‘shma majlisida Islom Karimov tomonidan taklif etilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» ayni vaqtda bu boradagi ishlami rivojlantirish uchun g‘oyat muhim dasturilamal bo‘ldi. Mazkur konsepsiyada kelajakka puxta zamin tayyorlash, ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizni isloh etish va modemizatsiya qilish, chinakam ma’noda 8 kuchli demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish vazifalari belgilab berilganki, bu barcha pedagog mutaxassislar oldiga yangidan-yangi muammolami kocndalang qilib qo'ymoqda. Mazkur qocyilgan muammolarga yanada kengroq va chuqurroq yondashadigan boMsak, barcha ta’lim muassasalari oldidagi eng muhim vazifa — jamiyat taraqqiyotining amalga oshiruvchilarini yetishtirishni eng oliy maqsad qilib qo‘yadigan, tafakkur va amaliyotni uzviy bog£lay oladigan, uni maqsad sari yocnaltiradigan, yangi innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanib, mazmunli dars o‘tib, pirovard natijada ta’lim-tarbiya jarayonining sifat kocrsatkichlariga erisha oladigan usloz-murabbiy-pedagoglar tarkibini shakllantirish bosh vazifa boim og‘i lozim. Umuman, ta’lim-tarbiya muammolari insonning ma’naviy rivojlanishini qondirish, zamonaviy axborotlar bilan ta’minlash, bilimlami egallashga bo‘lgan qiziqishi darajasini oshirish orqali shaxsning tabiiy, ijtimoiy, siyosiy jarayonlami anglab yetishi bilan boglliq. Zero, mohir pedagog har bir ocquvchining ham botiniy, ham zohiriy qobiliyatlarini namoyon etishga sharoit yarata oladi va uni yanada faollashtirish imkoniyatlarini izlab, o’z maqsadiga erishadi. Muslaqillik yillarida ta’lim-tarbiya ishlarining to‘g‘ri yo'lga qocyiiishi milliy va umuminsoniy qadriyatlarining barcha imkoniyatlaridan to’la va samarali foydalanishni taqazo etadi. Ma’lumki, har bir jamiyatda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya tizimi negizida muayyan, aniq maqsadlar yotadi. Bu maqsadlar jamiyatni rivojlantirish uchun davlat siyosati bilan belgilanadi. Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimi mazmunini tubdan takomillashtirish, uni yuqori sifat bosqichiari darajasiga olib chiqish respublikamizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bu esa ta’limtarbiya masalasiga zamon talablari darajasida yondashishni talab etadi.

2.1. O'quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarini takomillashtirish yo‘naIishidagi funksional vazifalar


Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, ijobiy o‘zgartirishlar jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonlari bilan hamohang tarzda taraqqiy etib bormoqda. Ta’lim ustuvorligini ta’minlash, ta’lim mazmunini modemizatsiyalashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan barcha ezgu ishlar o‘z samarasini bermoqda. O‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish uchun ularga o‘qish va o‘rganish, tahlil qilish va obyektiv baholashni o‘rgatish, ya’ni tahliliy fikrlashga o‘rgatish asosida o‘quv faoliyatini tashkil etish zarur. Tajribalaming ko‘rsatishicha, ko‘proq tahliliy fikrlash o‘quvchining o‘zi tomonidan yangi tushunchalami mustaqil ravishda o‘zlashtirish jarayonlarida, ya’ni unga ikkinchi bir shaxs tomonidan an’anaviy ravishda o‘rgatilmaganda, mustaqil fikrlash jarayonlarida vujudga keladi. Shunday ekan, ocquvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda subyekt-subyekt munosabatlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish zarur. Subyekt-subyekt munosabatlari asosida tashkil etilgan ocquvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish va rivojlantirish jarayonlari (keyingi o‘rinlarda o'quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari) samaradorligi nafaqat subyektlarning bilim, ko4nikma va malakalariga, balki ushbu jihatlar ham e’tibordan chetda qolmagan holda o‘rganilayotgan obyektning aniqligi, obyekt haqidagi axborotlar va ma’lumotlaming yangiligi, ishonchliligi, tabiiyligi hamda asoslanganlik darajasiga ham, shuningdek, o‘quv faoliyati jarayonlarini tashkil etish va boshqarishning innovatsion texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish samaradorligiga ham bog‘liq bo'ladi. Chunki o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari sifati, nafaqat, o‘quv faoliyati jarayoni natijalarini, balki mazkur natijalami shakllantiruvchi omillami ham ifodalaydi. Bu omillar oluvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari mnqsadi, subyektlar tarkibi, ulaming o‘quv faoliyati hamda faolligi, O'quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari la'limiy dasturlari va ta’lim texnologiyasi, resurslar va ulardan loydalanish shart-sharoitlari, ta’limning tashkiliy-huquqiy va moddiy-texnik ta’minoti hamda o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarining tizimga xos xususiyatlarini qamrab oladi.

O‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari sifat va samaradorligi, eng awalo, ulaming refleksiv faoliyati va faolligiga hamda o‘rganilayotgan obyektning belgilangan maqsadga ko‘ra to‘g‘ri tanlanganligi va asoslanganlik darajasiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish tcxnologiyalariga hamda ulardan maqsadi va vazifasiga ko‘ra to‘g‘ri va samarali foydalanishga bog‘liq bo‘ladi. Bunday bog‘liqlik ta’lim muassasalarida o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarini tashkil ctishga alohida ahamiyat qaratish va unda o‘quv faoliyati jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish zaruratini belgilaydi. Demak, o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirishni tashkil etish va boshqarishga tizimli yondashuv texnologiyasini tatbiq etmasdan o‘quv faoliyati jarayonlari sifat va samaradorligini ta’minlashni tasavvur qilib bo‘lmaydi. O ‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlariga tizimli yondashuvning joriy etilishi mazkur jarayonlarda o‘quvchilaming o‘quv faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 0 ‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlariga tizimli yondashuvni tatbiq etish asosida ulaming o‘quv faoliyati samaradorligini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayonlar (o‘rganilayotgan obyektning aniqligi, mazmun-mohiyati va ahamiyatini belgilangan maqsadga mos kelishini ta’minlash, izchil va uzviy yangilab borish, o‘quvchilaming moyilligini aniqlash, refleksiv faoiiyat ko‘rsatishga ularda ehtiyojlami shakllantirish va motivlashtirish, yangi ta’limiy dasturlar va ta’lim texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish, o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlash, o‘quvchilaming o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslangan ijodiy hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchiIarning bilimi, dunyoqarashi va oczaro munosabatlarini nazorat qilish, refleksiv faoliyat jarayonlarini vaziyatlarga ko‘ra muvofiqlashtirish)ning majmui yaxlit tizim sifatida inobatga olinishi maqsadga muvofiq. O‘quvchilarning o‘quv faoliyati samaradorligini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayonlaming oczaro bog‘liqligi va aloqadorligi, ya’ni tizimga xos xususiyatlarga ega ekanligi o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarini bir butun, ya’ni yaxlit holda tasawur qilish talab etiladi. 0 ‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari murakkab pedagogik tizim sifatida alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan bir necha komponentlar majmuidan iborat boMadi. Shunday ekan, o‘quvchilarning o‘quv faoliyati jarayonlari samaradorligini o‘rganishda oluvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari o‘rtasidagi aloqalar hamda o‘zaro bog‘Iiqlik xususiyatlari aniqlanadi, chunki har bir komponent yaxlit tizimning o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Tizimli yondashuv asosida tashkil etiladigan o ‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari samaradorligini ocrganishda o‘ziga xos yaxlitlik, umumiylik, universallik, differensiallik kabi tushunchalar asosida mujassamlashtirilgan texnologiyalardan foydalaniladi. Tizimli yondashuv asosida ocquvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirishda subyektlarga va ulaming ocquv faoliyatiga qo‘yilayotgan talablar hamda o‘rganiladigan obyektning obyektivligi, mazmuni va amaliy ahamiyati yo‘nalishlarida qocyilayotgan talablar majmui nafaqat o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari samaradorligi, balki ulaming o‘quv faoliyatini ta’minlash va uni rivojlantirish jarayonlari samaradorligini ta’minlovchi eng zarur omillar hisoblanadi. 0 ‘quvchilaming o‘quv faoliyati jarayonlari samaradorligi 0‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari majmui hisoblangan tizimni o‘zgartirish, uni qayta tashkil etish va moslashtirish qaysidir tashkil etuvchi komponent yoki komponentlaming o‘zaro ta’sir ko‘rsatish yocnalishiga bogcliq bo‘ladi. Masalan, o4quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarining oczaro bogMiqligi va aloqadorligini 56 tn'minlash, o‘rganilayotgan obyektni yangilash yoki obyekt haqidagi nxborotlarni qayta ishlash va takomillashtirish, ocquvchilaming o‘quv faoliyati jarayonlaridagi faolligini ta’minlash, subyektlar larkibini yangilash va h.k. Demak, o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarini o‘zaro bogMiq holda yaxlit tizim sifatida tashkil etish va boshqarish jarayonlari ham tizimga xos xususiyatlarga ega boMishi kerak. Shunday ekan, o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari samaradorligi mazkur jarayon ishtirokchilarining refleksiv faoliyati va feolligiga bogcliq holda quyidagi tamoyillaming qaror topishida o‘z ifodasini topadi:
• 0‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarida subyekt-obyekt (o‘qituvchi-o‘quvchi) munosabatlari olmida subyekt-subyekt munosabatlarining hukm surishi;
• o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari ishtirokchlari (ta’lim muassasasi rahbarlari, o‘qituvchilar, ta’lim oluvchilar, ota-onalar, jamoatchilik tashkilotlari va jamoaviy boshqaruv organlari) faoliyatining maqsadga yo‘naltirilganligi, izchilligi va o‘zaro bog’ liqligi;
• majmuaviylilik — o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari o‘zaro bogMiq va aloqador bo‘lgan komponentlar majmui ekanligi;
• o‘zaro aloqadorlik - subyektlar va ishtirokchilar refleksiv faoliyati va faolligining o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari samaradorligiga ta’siri;
• integrativlik —. o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillaming o‘zaro birligi;
• o‘zaro bog‘liqlik — o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari alohida bir tizim sifatida va yuqori tartibli yaxlit tizimning tashkil etuvchi komponenti sifatida mavjudligi;
• kommunikativlik — o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari tashqi muhit va boshqa tizimlar bilan o‘zaro ta’sir etish xususiyatlariga ega ekanligi. 0 ‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarida subyektlaming refleksiv taoiiyatini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirishda ulaming ijodiy-tahliliy fikrlashining muhim mexanizmi sifatida refleksiv yondashuv o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Refleksiv yondashuv jarayonida subyektlarning o‘z faoliyatini tahlil qilishi va obyektiv baholashi (bu ta’limiy jarayondagi mavjud vaziyat va subyektlar harakatlarini baholash, o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari samaradorligini oshirish yo‘nalishidagi vazifalami hal qilish usullari va yo‘nalishlarini mustaqil topishni o‘z ichiga oladi), subyektlar mavjud ta’limiy vaziyatlami tahlil qilishi, o’z tushunchalari hamda xattiharakatlarini faol o‘ylab ko‘rishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi. O ‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda shaxs-faoliyat yondashuvi ham zarur, Chunki o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarida alohida shaxsga yo‘naltirilgan e’tibor o‘quvchilar faolligini ta’minlash va ulami motivlashtirish vositasi sifatida xizmat qiladi.


O‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarida shaxs-faoliyat yondashuvini tatbiq etishda o‘quvchilar faolligi va o‘quv faoliyati (o‘rganish, tahlil qilish, obyektiv baholash, xulosa yasash, fikrini isbotlash va asoslash) komponentlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda o‘rganiladi, chunki subyekt-subyekt munosabatlari jarayonlarida o'quvchilar ham subyekt sifatida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z navbatida, subyekt sifatida o‘quvchi faolligi uning mustaqil, erkin, tanqidiy, tahliliy va ijodiy fikrlashining rivojlanishi orqali aniqlanadi. Oluvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari va o'quv faoliyati jarayonlarining tez o‘zgaruvchan xususiyatlari ocquvchilar faolligini ma’lum bir sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatga kocra muvofiqlashtirish zaruratini belgilaydi. O’quvchilarning o‘quv faoliyati samaradorligi va faolligiga bogcliq holda aniq vaziyatlarga ko‘ra o'quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari samaradorligini aniqlashda vaziyatli yondashuv texnologiyasi o‘ziga xos amaliy ahamiyatga ega. Chunki aniq sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatga ko‘ra o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari 0‘quvchilarning faoligini ta’minlash asosida ulaming faoliyatini muvofiqlashtirish quyidagi vazifalaming bajarilishini nazarda tutadi:
-vaziyatlarga ко‘ra muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muammolami aniqlash va o‘quv faoliyati jarayonlari samaradorligini tahlil qilish;
- o'quvchilarning o‘quv faoliyati jarayonlarini vaziyatlarga ko‘ra muvofiqlashtirish zarurati mavjudligini aniqlash;
- o‘rganilayotgan obyektning vaziyatlarga ko‘ra mutanosibligini aniqlash;
- O‘quvchilar faolligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillaming vujudga kclayotgan vaziyatlarga ko‘ra o‘zgaruvchanligi sabablarini aniqlash
- turli vaziyatlarda erishilgan natijalaming samaradorligini taqqoslash va vaziyatlarga ko‘ra samaradorlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillami aniqlash;
- vaziyatlarga ko‘ra o‘quvchilar faolligi va o‘quv faoliyatini rivojlantirish strategiyalarini oldindan belgilash va h.k. O ‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari samaradorligini ta’minlashda o‘quvchilar faolligini va ulaming imkoniyati, qobiliyati va boshlang‘ich tushunchalariga hamda mavjud vaziyatlar va shart-sharoitlarga mos keluvchi, nafaqat mazkur jarayon subyektlari hisoblanayotgan o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun, balki tashkilotchilar uchun hamda samaradorlikni ta’minlash jarayonlari ishtirokchilari uchun ham eng qulay bo4lgan tizimni vujudga keltirish muvofiqlashtirilgan yondashuv texnologiyalaridan foydalanishni taqazo etadi. Muvofiqlashtirilgan yondashuv texnologiyalarini tatbiq etish asosida o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish natijasida subyektlar faolligi ta’minlanadi hamda o‘quv faoliyatni tashkil etish, boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish uchun sarf etiladigan mehnat va vaqt tejaladi. 0 ‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarining ahamiyati uning natijaviyligida o‘z ifodasini topadi. Shunday ekan, o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda natijalar bo‘yicha boshqaruv texnologiyalari asosidagi yondashuv ham o‘ziga xos amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki natijalar bo‘yicha boshqaruv texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish rivojlantirish tizimi sifetida amal qiladi va o‘quvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda 59 ulaming faolligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshirishni nazardatutadi:
• o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlariga tahliliy va tadqiqiy xususiyatlarga ega tizim sifatida yondashish;
• o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarini yaxlit pedagogik tizim sifatida loyihalashtirish;
• o‘quvchilami o‘qish, o'rganish, tahlil qilish va obyektiv baholashga undovchi motivlar va motivlashtirish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
• ocquvchilaming o‘quv faoliyatini tashkil etish asosida ularda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarining o‘zaro bogcliqligi va aloqadorligini ta’minlovchi texnologiyalami amaliyotga tatbiq etish;
• o’quvchilaming o‘quv faoliyatini tashkil etish jarayonlarini loyihalashtirish va modellashtirish asosida o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari samaradorligini oshirish. Natijalar bo‘yicha boshqaruv texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etishda o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlari natijalariga mazkur jarayonning barcha subyektlari (ya’ni ta’limni boshqaruv organlari, ta’lim muassasasi rahbarlari, o‘qituvchilar, ta’lim oluvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar, mahalla faollari, jamoaviy boshqaruv organlari va jamoatchilik tashkilotlari)da qiziqishlar shakllantirish, mazkur jarayonlami tashkil etish va boshqarishda hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish muhim. Ocquvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlarini barcha subyektlarga tegishli va daxldorlik asosida tashkil etishda korporativ yondashuv tatbiq etiladi va korporativ yondashuv asosida tizim barcha subyektlarining hamkorlikdagi faoliyati ta’minlanadi. Korporativ yondashuvning yana bir o‘ziga xos ahamiyatli tomoni shundaki, 0‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlariga etnik va milliy-hududiy yondashuv texnologiyalarini tatbiq etishda mahalla faollari va ota-onalaming tajribaiari va hamkorlikdagi faoliyat o‘ziga xos amaliy ahamiyatga ega bo’ladi.

Xulosa
Loyiha doirasida 2012-2016-yiIlar davomida olib borilgan ilmiy-nazariy, amaliy tadqiqotlarimiz (Toshkent, Samarqand, Qashqadaiyo viloyatlari va Toshkent shahri maktablarida) shuni ko‘rsatdiki, dars intizomiga salbiy munosabatiaming profilaktikasi va aniqlangan o‘quvchilar bilan korreksion ishfanw olib borish uchun quyidagi xulosalarga amal qilish o‘rinli ekanligini isbotlandi:


1. Ta’lim-tarbiya jarayonida dars intizomiga salbiy munosabatda bo'lgan bolalarni tibbiy-psixologik jihatdan chuqur о rganish, otaonasi va oilaviy sharoitlari bilan yaqindan tanishish.
2. Sinf rahbarlari va ota-onalaming hamkorlik pedagogikasini yo‘Iga qo'yish, dars intizomi jarayoniga salbiy munosabat sabablarining tub ildizlarmi oVganish va uning oklini olish choralarini kocrish.
3. Ta’lim-tarbiya jarayonida dars intizomig* salbiy munosabatda bo‘lgan bolalarga konstruktiv (amaliy, ishchan) yondashuv tamoyillari asosida ta’sir etishning psixologik ijtimoiy-pedagogik vositalaridan keng foydalanish.
4. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda ularda aniqlangan aqliy, fiziologik nuqsonlami keltirib chiqargan sabablar, oqibatlami e’tiborga olish, tarbiyaviy ta’sirlarni shu asosda tashkil etish.
5. O ‘smir yoshdagi o‘quvchilaming bo‘sh vatlarini to‘g‘ri tashkil etishning kompleks tadbirJarini ishlab chiqish, bolalaming qiziqish hamda layoqatlarini aniqlash yoki bilan ulami turli xildagi to‘garakIarga, sport turlarigajalb qilish.
6. Ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy m u n o s a b a td a g i bolalaming tashqi ta’sirlarga berilib ketmasliklari uchun ulami doimiy (oila bilan hamkorlikda) nazorat ostiga olish.
7. Tarbiyasi qiyin o‘smirlar bilan doimiy ishlash uchu n maktabda ta’sirchan psixologik xizmatni y o ‘lga qo yish, ulaming xulq-atvorini tarbiyalashda ta’lim-tarbiya sifetini yaxshilashning amaliy, ishchan harakatlar va tadbirlar tizinuni jony etish mexanizmlarini ishlab chiqish. ,
8 .O ‘quvchilami kitob o‘qish texnikasi shakllantirish
9. O'quvchilaming salbiy munosabatlari oqibatlarining xavfli va xunuk jihatlari haqida suhbatlar o'tkazish, tarbiyaviy ta’siming o'ziga xos metodlaridan foydalanish choralarini ko'rish.
10. Kattalar va bolalar o‘rtasidagi muloqot madaniyati, kattaga hurmatda, kichikka nisbatan izzatda bo'lish, mahalla, ko‘cha-kuyda o‘zini tutishni insoniylik burchi ekanligini anglatish, ma’naviy yetuklikning mezonlari ekanligini tushunib etishga zamin tayyorlash.
11. O‘qituvchilarning dars o‘tish jarayonida o‘quvchilarga nisbatan munosabatlari, o‘qituvchi tomonidan 0‘quvchilami mensimaslik, qo‘pol muomala, darsdan bczdirish holatlari sodir etilmayotganligi yoki o‘qituvchi o'quvchiga yetarli bilimlami bera olmayotganligi, ya’ni o'quvchini qoniqtira olmaslik, uning qiziqish va ehtiyojlariga hurmatsizlarcha munosabat kabi nuqsonlarga yo‘l qo'yilmayotganligi yuzasidan doimiy nazorat o'rnatish.
12. Dars intizomiga salbiy munosabatdagi o‘quvchiga nisbatan sinfdoshlari tomonidan tazyiq o'tkazish, kamsitish va xo‘rlash holatlari sodir etilmayotganligini nazoratga olish.
13. Oilada o'quvchiga nisbatan ota-onalar yoki ulaming o‘mini bosuvchi katta yoshdagilar tomonidan salbiy munosabat, dars tayyorlash o‘miga boshqa oilaviy-xo'jalik ishlarini bajarishga majburlash, o'quv qurollari bilan ta’minlanmaslik holatlarini doimiy nazoratga olish.
14. Maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida do‘stona ijobiy muhitni joriy etish.
Tadqiqot jarayonida joylarda o'tkazilgan tajriba-sinov natijalari ana shunday tavsiyalarga amal qilib olib borilgan tarbiyaviy ta’sirlar o‘zining ijobiy natijalarini berdi.



Yüklə 356,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin