Guliston davlat universiteti



Yüklə 356,21 Kb.
səhifə2/5
tarix14.12.2022
ölçüsü356,21 Kb.
#120986
1   2   3   4   5
Gulnoza urs ishi

Ishining maqsadi: Dars intizomiga salbiy munosabatdagi o’quvchilarga nisbatan konstruktiv yondashuv va uni loyihalashni o’rganish
Ishining ob`ekti: Dars intizomiga salbiy munosabatdagi o’quvchilar
Ishining predmeti: Dars intizomiga salbiy munosabatdagi o’quvchilarni tarbiyalashdagi muammolari
Ishining vazifalari: Dars intizomiga salbiy munosabatdagi o’quvchilarni tarbiyalash texnologiyalarni o’rganish
Ishining ilmiy ahamiyati: Dars intizomiga salbiy munosabatdagi o’quvchilarni kuzatilib, tahlil qilindi va ularga uslubiy yordamlar berildi hamda ularni amaliyotda qo’llash yo’llari ishlab chiqildi.
Ishining amaliy ahamiyati: Dars intizomiga salbiy munosabatdagi o’quvchilar bilan ishlashda pedagoglarga amaliy yordam berish bilan ahamiyatlidir.
Ishining tuzilishi: Dars intizomiga salbiy munosabatdagi o’quvchilarga nisbatan konstruktiv yondashuv va uni loyihalash, 2-bob, ilova, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat


I BOB. DARS INTIZOMIGA SALBIY TA’SIR ETUVCHI O’QUVCHILAR BILAN ISHLASH
1.1. Pedagogik ta’sir usullari
1. E’tiborni kamaytirish:
– bolaning namoyishkorona xulq-atvorini to‘xtatishning eng samarali usuli – unga ahamiyat bermaslikdir;
– ko‘zlar orqali aloqa o‘rnating. O‘quvchiga razm solib qarab turing. Ko‘z qarashlaringiz orqali o‘quvchi uning xatti-harakatidan norozi bo‘layotganingizni tushunadi;
– hech qanday qarashlarsiz va so‘zlarsiz uning yoniga kelib turing. Shunda bola nimanidir noto‘g‘ri qilayotganini tushunadi va oldiga yaqinlashishingiz zahotiyoq nojo‘ya harakatlarini to‘xtatadi;
– dars davomida intizomni buzmoqchi bo‘lgan bolaning ismini dars mavzusiga bog‘lab aytib o‘ting. Shunda u tinchlanish kerakligini tushunadi;
– yozma tarzda ogohlantiring. Shunchaki bolaning oldiga “iltimos, shu ishingni qilmagin” degan mazmundagi yozuvni qo‘yib keting. So’ng bolaga bu qanday ta’sir qilganini kuzating;
– o‘z noroziligingizni to‘g‘ri izhor eting. Ba’zida “hoziroq bas qiling!”, deb baqirgingiz keladi, lekin buni boshqacha tarzda ham aytish mumkin. Masalan: “Akbar, men darsni tushuntirayotganimda gaplashib o‘tirishing mening xayolimni chalg‘itadi, iltimos, gaplashmay o‘tirgin” singari.

Yüklə 356,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin