Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə27/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Ko‘ruv diqqati: birinchi marta sinfga kirganda, bironta o‘quvchini tanlab butun diqqatini o‘sha o‘quvchiga qaratiladi (tor obyekt), keyin asta-sekinlik bilan bir nechta o‘quvchiga diqqat qaratiladi. (o‘rtacha torlikdagi obyekt), yana asta-sekin butun sinfni nazar ostiga olish mumkin (keng maydondagi obyekt) va shu maydonni nazardan qochirmaslik kerak.
Mana masalan quvonchli holatni ifodalovchi belgilar: tabassum, ko‘z yashnaydi, haddan tashqari imo-ishoralar, so‘zamollik, boshqalarga yordam berish istagi ko‘zga tashlanadi.
O‘qituvchilarning nazari o‘quvchilarda bo‘lmog‘i lozim. Ular orasidagi ko‘z aloqasi mashg‘ulotlar davomida mustahkamlanib borishi kerak. Biroq shuni ham unutmaslik lozimki, katta yig‘im, mitinglarda so‘zga chiqqanlar bunday aloqadan voz kechish lozim. Chunki ko‘pchilik tomonidan hosil bo‘ladigan biomaydon notiqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham olomonga xuddi devor yoki gulzorni kuzatgan kabi nazar tashlagan maqsadga muvofiq bo‘ladi: olomon biomaydoni notiqqa salbiy ta’sir ko‘rsata olmaydi.
O‘qituvchining nutqi – pedagogik mahorat ko‘zgusi sifatida.
Olimlarning hisoblashlariga ko‘ra o‘quv uchun ajratilgan vaqtning taxminan ¼ - ½ qismi o‘quvchilarning o‘qituvchi nutqini eshitishlari va tushunishlari uchun sarflanadi. Demak, o‘quv materialining o‘qvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirilishi o‘qituvchi nutqining kamoloti va yorqinligiga bog‘liq ekan. Haqiqatdan ham A.Avloniy ta’kidlaganidek, “so‘z insonning daraja va kamoli, fazilatini ulug‘lab ko‘rsatadigan tarozidir. Aql sohiblari kishilarning fikr va niyatini, ilm va quvvatini qadr va qimmatini so‘zlagan so‘zidan bilur”. Ayniqsa, o‘quvchilar o‘qituvchi talaffuzi nutq texnikasiga katta e’tibor beradilar. Duduq kirish, tovushga taqlid kabi so‘zlarning masalan, “aytaylik”, “xo‘sh”, “anaqa”, “o‘tga-bo‘tga”, “demak” kabi so‘zlarning o‘rinsiz ravishda ko‘p takrorlanishi o‘quvchilarning ensasini qotiradi. Bunday hol faqat maktab o‘quvchilari orasidasidagina emas, balki oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari orasida ham uchrashi achinarli holdir.
Kishining ovozi, tabiati o‘zgarmas degan fikrlarga qo‘shilib bo‘lmaydi. Hozirgi zamon fiziologiya fanining dalolat berishicha, ovoz sifatni mutlaqo o‘zgartirish mumkin. Bu tarixiy faktlar bilan ham isbotlangan.
Hozirgi vaqtda nutq texnikasiga doir mashqlar tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizim teatr pedagogikasi tajribasiga tayanadi hamda nutq paytida to‘g‘ri nafas olish tanaffus va diksiyani so‘zlash kabi ko‘nikmalar majmuasidan tashkil topgandir. Mazkur tizimni o‘zlashtirgan istalgan o‘qituvchi o‘z nutqi orqali o‘quvchilarda o‘zi istagan bilim, ko‘nikma va malakalarni singdira oladi, tarbiyalay oladi.
Qadimgi Gretsiyada tug‘ilib o‘sgan Demosfen qaddi-qomati ko‘rimsiz, ovozi bo‘g‘iq (boshini bir tomonga burib turadigan yomon odati ham bor edi) bo‘lib, odamlarning oldida gapirishga uyalar edi. Lekin, Demosfenning yagona orzu-havasi orator – notiq bo‘lish edi. U uzoq vaqt, muntazam ravishda o‘z ustida ishlash natijasida Gretsiyadagi eng mashhur siyosiy notiqqa aylandi. V.Napoleon ham og‘ziga kichkina toshchalar solgan holda shovqinli daryo qirg‘og‘ida nutqini mashq qilish natijasida, ajoyib notiq bo‘lib yetishdi. U doimiy, izchil ishlash bilan katta yutuqlarga erishdi. Nutq texnikasi asosan teatral-sahna pedagogikasida ishlab chiqilgan.
Nafas olish organizmi tirik saqlash bilan birga, hosil qilinadigan energiya kuch manbai hamdir. Har kungi o‘zaro suhbat davomida nafas olish qiyin emas, ammo o‘qituvchi uzoq vaqt gapirishi, ma’ruza o‘qishi jarayonida nafas mashqini olgan bo‘lmasa, qiynalib qoladi. Nafas olish yurak qon tomir ishi – puls tezlashadi, inson yuzi qizarib ketadi. Hatto nafas qisilishi ham paydo bo‘lishi mumkin.
Nafas olish texnikasida to‘g‘ri foydalanishning inson sog‘lig‘iga katta foydasi bor. Fiziologiyada to‘rt xil nafas olish bian bir-biridan farqlanadi:


  1. Yüklə 411,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin