Tilning grammatik |urilishida: 1) qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ravish kabi mustaqil so‘z turkumlari bo'lgan. Bunday mustaqil so‘zlar hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham bor; 2) qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida yordamchi so‘zlar — ko‘makchilar, bogiovchilar va yuklamalar bo'lgan. Bunday turkumlarga xos so‘zlar hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham mavjud; 3) qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillarida undovlar va modal so'zlar bo‘lgan. Ular hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham bor; 4) qadimgi turkiy tilda ham, eski o‘zbek tilida ham har bir so‘z turkumining o‘ziga xos grammatik kategoriyalari (otlarda — egalik, kelishik, son; sifatlarda — daraja; fe’llarda — shaxs-son, mayl, nisbat, zamon va b.lar) bolgan. Bu xususiyatlar hozirgi o‘zbek adabiy tiliga ham xos. Biroq, hozirgi o‘zbek adabiy tilida qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillaridan farq qiladigan yangi jihatlar ham uchraydi:
hozirgi o‘zbek adabiy tilida morfemalar qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillaridagiga nisbatan miqdoran ko‘p va mazmunan boydir. Masalan: qadimgi turkiy tilda o‘zakdan oldin qo‘shiluvchi affiks morfemalar (preftkslar) bo'lmagan. Bu tipdagi morfemalar eski o‘zbek tilida va hozirgi o‘zbek adabiy tilida uchraydi: bebosh, bevosita, bavosita (bilvosita), noo ‘rin, sersuv, sergapkabi; b) eski o‘zbek adabiy tilida «-ov», «-yev», «-ova», «-yeva», «-ovna», «-yevna», «-ovich», «-yevich» kabi familiya yasovchi qo'shimchalar bo‘lmagan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida bunday qo'shimchalar bor; d) eski o'zbck adabiy tilida «-lar» at'fiksi ko'plikni (odamlar, qishloqlar kabi), birgaiikni (Karimlar kelishdi), ma’no kuchaytirilishini (suvlar oqib yotibdi),chama yoki taxminni (qirq yillar bo ‘Icli kabi) ifodalagan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida esa «-lar»affiksining so'zlarni terminlashtirish funksiyasi ham paydo bo'lgan: qirqquloqsimonlar, sutemizuvchilar... kabi; 2) qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida singarmonizm mavjud boiganligidan ko'pchilik morfemalarning yo'g'on va ingichka turlari saqlangan: «-mbiz» va»-miz» (barambtzva kelamizkabi), «-gan» va «-g‘on» (kelgcm va borg'on), «-chbi» va «-chi» (yo ‘g‘chbi — «azani boshqaruvchi» va badizchi — «naqqosh» kabi). Hozirgi o'zbek adabiy tilida esa ulardan faqat bittasi standart forma sifatida saqlangan (boramiz, kelamiz, borgan, kelgan, qo ‘riqchi va ishchi kabi), «-lbiq» va «-lik» haqida ham shu fïkrni aytish mumkin; 3) eski o'zbek adabiy tilidagi ba’zi affikslar hozirgi o'zbek adabiy tilida qo'llanmaydi. Masalan, «-vul» affiksi eski o'zbek adabiy tilida qorovul, yasovul kabi so'zlarni yasagan, hozir esa bu affiks so'z yasash xususiyatini yo'qotgan; 4) qadimgi turkiy tilda bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, vosita kelishigi («-n», «-bi», «-in», «-yn», «-un», «-on», «-øn»), jo'nalish kelishigi, o'rin-payt kelishigi, chiqish kelishigi bo'lgan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida shulardan bittasi - vosita kelishigi yo'q. U qadimgi turkiy tilda «bilan» ko'makchisi funksiyasiga teng bo'lgan: masalan, tilin sözJap, qolqaqbtn eshidip («tili bilan so'zlab, qulog'i bilan eshitib...») kabi.