Izoh: singarmonizm qonuniyati hozirgi paytda qipchoq va o'g'uz dialektlariga mansub o'zbek shevalarida saqlangan: olgan(adabiy tilda) — alg‘an(qipchoq lahjasi shevalarida), borgan(adabiy tilda) — barg'an(qipchoq lahjasi shevalarida), kelgan(adabiy tilda) — kelgen(qipchoq lahjasi shevalarida), o‘ttiz(adabiy tilda) — ottuz(qipchoq lahjasi shevalarida), uyimga(adabiy tilda) - yyymo(o'g'iz lahjasi shevalarida) kabi.
Tilning lug‘at boyligida: 1)qadimgi turkiy tilda fors-tojik va arab so'zlari bo'lmagan. Eski turkiy tilda fors-tojik va arab so'zlari qo'llana boshlagan, eski o'zbek tilida bunday o'zlashmalar ancha ko'paygan: gul, gavhar, guruch, go‘r(fors-tojik so'zlari), madrasa, oila, fikr, firoq, hosil (arabcha so'zlar). Hozirgi o'zbek adabiy tilida bunday o'zlashma so'zlarning ayrimlari eskirgan (masalan, muvallidulhamuza, handasa, tarhkabilar), ularning o'rnida bir qator rascha o'zlashma termin va atamalar paydo bo'lgan (kislorod, geometriya, avtobus, tramvayva b.); 2) qadimgi turkiy
tildagi ayrim so‘zlarning eski o‘zbek tilida tojikcha sinonimlari paydo bo‘lgan: chechak(turkiy) — gul(tojikcha), yog'och, yig'och(turkiy) — daraxt(tojikcha), oltin(turkiy) - tilla(tojikcha), buloq(o‘zbekcha) — chashma(tojikcha), qirov(o‘zbekcha) - shabnam(tojikcha) kabi; 3) qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o'zbek tillarida qisqartma so‘zlar (abbreviatura- lar) bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek tilida bunday qisqartmalar anchagina bor: BMT, TDPU, SamDU kabi. Keyingi yillarda o‘zbek tili leksikasida IIB (Ichki ishlar bo‘limi), IIBB (Ichki ishlarbo‘limi boshqarmasi), IIV (Ichki ishlarvazirligi), DAN (Davlat avtoinspeksiya nazorati), Ö‘zMU (0‘zbekiston Milliy universiteti), BuxDU (Buxoro Davlat universiteti), QarMIl (Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot instituti) kabi yangi qisqartma nomlar ham paydo bo‘ldi; 4) o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, shuningdek, mustaqil 0‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ma’rifiy islohotlar o‘zbek tili leksikasida yana bir qator yangi so‘zlarning yuzaga kelishiga yoki ayrim eskirgan so‘zlarning qayta tiklanishiga sabab boimoqda: supermarket, fermer, aksiyador, vazirlik, nozir, devonxona, ta ’tilkabilar shular jumlasidandir; 5) rus tili va rus yozuvi ta’sirida yuzaga kelgan tok(«elektor toki») va tok(«uzum toki») kabi omograflar, to ‘rt(«miqdor son»)va tort («konditer mahsuloti») kabi omofonlar ham ko‘proq hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasiga xosdir. %