Nutq intensivligi — talaffuzning kuchli yoki kuchsiz bo'lishi. Nutq tembri — nutq oqimida asosiy ton va qo'shimcha tonlar nisbatidan kelib chiqadigan tovush bo'yoqdorligi. Pauza— nutq oqimidagi ayrim to'xtalishlar. Tugallangan intonatsiya — gapga xos intonatsiya. Tugallanmagan intonatsiya— so'z birikmasiga xos intonatsiya. Darak intonatsiyasi — tinch ohang. So‘roq intonatsiyasi — ko'tariluvchi ohang. Undov intonatsiyasi— emotsional gaplarga xos intonatsiya. Chaqiruv yoki undash intonatsiyasi — undalmalarga, vokativ va buyruq gaplarga xos intonatsiya. Sanash intonatsiyasi— uyushiq bo'laklami bog'lash vazifasini bajaruvchi intonatsiya. GRAFIKA VA ORFOGRAFIYA GRAFIKA Adabiyotlar: 9 [4-19], 10 [88-100], 25 [6-11], 52 [72-75], §. Grafika haqida ma’Iumo
Grafika muayyan tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik va morfologik birliklarini yozuvda ifodalash uchun shakllantirilgan optik- grafik belgilar tizimidir. Bu tizim belgilarining har biri grafik tilshunoslikda grafemalar sanaladi36. Yozuvning tovush tili bilan aloqasi, odatda, ana shu grafemalar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun grafema muayyan til yozuv tizimining eng asosiy strukturaviy va funksional birligi sanaladi. Grafema ifoda va mazmun planlariga ega bo‘lgan bilateral (ikki tomonli) belgidir. Uni quyidagi chizmalar shaklida tavsiflash mumkin: J (grafema)