yilning 11-aprelida Maorif Xalq Komissarligida alifbo masalalariga bag‘ishlangan maxsus majlis o‘tkaziladi. Unda Moskvadan yuborilgan lotin alifbosi (turkiy xalqlar uchun tavsiya etilgan loyiha) muhokama qilinadi66.
yilning 29—31- noyabrida Samarqandda til mutaxassislari va o‘zbekshunoslar kengashi o‘tkaziladi. Unda yozuvga oid quyidagi qaror qabul qilinadi: «Bugun ishlatilmoqda bo'lgan imlomizning yetishmasliklariga qaramasdan aytish mumkinki, ko‘p imlolardan mukammaldir ... shuning uchun-da boshqadan bir lotin harf va imlosi masalasini ko'tarish ortiqchadir»67. «Butun turk olamining ko'pchiligi tomonidan arab harflari asrlardan beri ishlatilib kelib, turklarning aksariyatining tarix va adabiyot bilan bog'langanligini e’tiborga olib, biz, turklar uchun arab harflarini olishni muvofiq topamiz»68.
yilning 26- fevral—6- mart kunlari Bokuda turkologlarning birinchi Butunittifoq qurultoyi bo'lib o'tadi, unda arab va rus grafikalari asosida ish ko'rayotgan turkiy xalqlarning yozuvlarini lotinlashtirilgan alifbolarga ko'chirish masalasi ko'riladi. Qurultoyda turkiy xalqlarning yozuvlarini lotinlashtirilgan alifbolarga ko'chirish taklifi ma’qullanadi, bu taklifning har bir Respublikada maxsus ko'rib chiqilishi tavsiya etiladi. Ana shu tavsiyadan so'ng O'zbekistonda lotin grafikasiga ko'chish harakati ancha tezlashadi. Chunonchi, «Maorif va o‘qitg‘uvchi» jurnalida chiqqan bir maqolada bu haqda shunday deyiladi: «Nima uchun arabdan lotinga o'tish kerak?». Shu so'roqqa qisqa qilib shunday javob beramiz: Arab alifbosi turk tilidagi tovushlarning shaklini tamomila bera olmaydir.
Arab alifbosi texnika tomonidan lotindan quyida turadir. Arabda nuqtalar, alomatlar, bosh, o‘rta va so‘nggi harflar bordir. Lotin esa bulardan uzoqdir.
Arab alifbosi o‘qitish, o‘rganish ishida lotindan ortda turg‘oni, texnika tomonining buzuqligi ustiga stenografiya, telegrafiya ishida ham to'sqinlik qiladir»69.