H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə124/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   170
H jamolxonov

Tayanch tushunchalar
0‘z qatlam — o'zbek tili leksikasining umumturkiy va sof o'zbekcha so'zlardan iborat qismi.
0‘zlashgan qatlam — boshqa tillardan olingan leksik o'zlashmalar qatlami.
Umumturkiy so‘zlar - o'zbek tili lug'at boyligidagi eng qadimgi lug'aviy birliklar.
Sof o‘zbekcha so‘zlar — o'zbek tilining o'zida yasalgan (nisbatan yangi) leksemalar.
Arabcha o'zlashmalar - arab tilidan o'zlashtirilgan so'zlar.
Fors-tojik so‘zlari — fors-tojik tillaridan o'zlashtirilgan so'zlar.
Ruscha-baynalmilal o‘zlashmalar — rus tilidan va u orqali boshqa tillardan o'zlashtirilgan so'z va terminlar.
SO‘Z 0‘ZLASHTIRISH
Adabiyotlar: 11 [59-61], 27 [175-180], 32 [96-104].
127- §. So‘z o‘zlashtirish
So‘z o‘zlashtirish boshqa til so'zlarining o'zbek tiliga olinishidir. Bu jarayon, yuqorida ko'rilganidek, o'zbek tili leksikasining o'zlashgan qatlamini yuzaga keltirgan.
So'z o'zlashtirish til taraqqiyotining qonuniy ko'rinishidir: xalqlar o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va ilmiy aloqalar birtildan ikkinchi tilga so'z va atamalarning o'tib turishini taqozo qiladi. O'zbek tiliga arab, tojik-fors va rus tillaridan so'z o'zlashtirilishi ham ana shunday ijtimoiy-tarixiy omillar tufayli sodir bo'lgan. (Bu haqda «0‘zlashgan qatlam» mavzuiga qaralsin.)

So'z o‘zlashtirishning ikki yo‘li bor:

  1. Jonli so'zlashuv orqali so‘z o‘zlashtiriladi. Bunda boshqa til so‘zlari o‘zbek tiliga mahalliy aholining og'zaki nutqi orqali o‘tadi. Masalan, ruscha rami(paMbi), klubnika, podnos so‘zlari o‘zbek tilining jonli so‘zlashuvida rom, qulubnay va patnis deb talaffuz qilingan, keyinchalik o'zbek adabiy tiliga ham shu shaklda o‘zlashgan.

  2. Bosnia manbalar orqali so‘z o'zlashtiriladi. Bunda boshqa tildagi matnni o‘zbek tiliga taijima qilish yoki o‘zbek tilida yozilgan maqolalarda, ilmiy va badiiy asarlarda boshqa til so‘zlarini (ayniqsa, termin va atamalarni) ishlatish orqali bo‘ladigan o‘zlashtirish nazarda tutiladi. Matematikadagi katet, gipotenuza, adabiyotshunoslikdagi Iculminatsiya, sujet kabi terminlar, ocherk, roman, povest kabi so'zlar shu yo'l bilan o'zlashtirilgandir.


Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin