Izoh: lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek imlosida alia (alia) komponentli so'zlarga qoida berilmagan, ularga munosabat ham bildirilmagan. Rus grafikasi asosidagi o'zbek yozuvi imlosiga ko'ra 6up 03(bir oz) ravishi komponentlari ajratib yoziladi. Lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek yozuvi imlosiga ko'ra biroz so'zining komponentlari qo'shib yoziladi (60- qoida).
Rus grafïkasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida üu/idan-üu/iea (yildan-yilga), /cyndaH-rcyn (ko‘pdan-ko‘p) tipidagi birliklar juft so‘zlar doirasida qaralgan, shu bois ularning komponentlari orasida chiziqchaning (defisning) yozilishi qoidalashtirilgan (57- paragraf, 1- qoida). Lotin grafïkasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan birikmalarning komponentlari, shuningdek, belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko‘pdan ko‘pj tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizigan kabilar ajratib (chiziqchasiz) yoziladi (64- qoida).
Rus grafïkasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida izofali so‘zlar- ning — nyifmau na3ap(nuqtai nazar), omau weapon (oynai jahon), dapdu öedaeo (dardi bedavo) kabilarning ajratib yozilishi nazarda tutilgan (58- paragraf, 7- qoida). Lotin grafïkasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosida bu qoidagabitta o‘zgarish kiritilgan: endilikda (yangi yozuvda) izofa undosh bilan tugagan so‘zlarga «i» shaklida (masalan, dardi bedavo kabi), unli bilan tugagan so‘zlarga esa «yi» shaklida (masalan, nuqtayi nazar kabi) qo‘shiladi (65- qoida).
Rus grafïkasi asosidagi o‘zbek yoz.uvi «qoidalari»ning 69- va paragraflari bir xil hodisaning birikmali nomlarini ikki xil yozishga yo‘l ochadi: birikma muhim yig‘ilish nomi bo‘lganda, undagi har bir so‘z bosh harf bilan, birikma muhim tarixiy voqea nomi bo‘lganda esa undagi birinchi so‘z bosh harf bilan, qolganlari kichik harf'bilan boshlanadi, Kpim KoHtpepenqwcu (69- paragraf qoidasiga mos) — Kpim KoHcpepenquHcu (71- paragraf qoidasiga mos).
Izoh:birinchi misolda Qrim Konferensiyasining muhim yig‘ilish nomi ekanligi, ikkinchi misolda esa shu birikmaning muhim tarixiy voqea nomi hisoblanishi nazarda tutilgan. Lotin grafïkasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosida shu ikki qoidadan faqat bittasi saqlangan, unga ko‘ra «Muhim tarixiy sana va bayramlaming nomlari tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Nävro‘z bayrami kabi» (70- qoida). Demak, lotin grafïkasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosida yuqoridagi ikki qoidaning parallel yashashiga chek qo‘yilgan, shu bilan mazkur qoidaning izchil bo‘lishi ta’minlangan. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosining «Ko‘chirish qoidalari»da rus grafikasi asosidagi ö‘zbek yozuvi imlosida berilmagan quyidagi qoidalar bor: