Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti


Navoiyda adabiy til muammosi



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə62/160
tarix27.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#115563
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   160
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Navoiyda adabiy til muammosi. Navoiygacha ham Xorazmiy, Sakkokiy, Atoiy, Lutfiy kabi shoirlar turkiy tilda ash'or bitishgan. Lekin aynan Navoiy bu tilni adabiyoy til maqomiga olib chiqadigan asarlarni yozdi: 4 she'riy kitobdan iborat “Xazoyin ul maoniy” va 5 dostonni o‘z ichiga olgan “Xamsa”si bu fikrimizning isbotidir. Jahonda ham bunday ulkan ishni uddalagan ijodkorlar bor. xususan, italyan shoiri A. Dante. Dante va Navoiy ijodlarining mushtarak jihatlari bor. Ularning har ikkisi ham o‘z yurtlarida, o‘z ona tillarida shunday asarlar bitishdiki, natijada bu asarlar orqali biri italyan, ikkinchisi esa turkiy tilni adabiy til darajasiga (o‘zlarining shoh asarlari “Ilohiy komediya” va “Xamsa” vositasida) ko‘tarishdi. “Ilohiy komediya” bosh qahramoni (shoirning o‘zi) o‘rmonda adashib, hayvonlar ta'qibiga uchrab, axiyri ustozi shoir Vergiliydan yo‘l yo‘riq so‘rab oladi. Shundan so‘nggina sevgilisi Beatchichega yetishishga harakat qiladi. Xuddi shunday, Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida Farhod ustozi Suqrot huzuriga yo‘l oladi. Amm yo‘lda turli tuman to‘siqlarga, dev, sher, temir paykar, ajdahoga duch keladi. Shularni yengib o‘tgachgina sevgilisi Shiringa borish imkonini qo‘lga kiritadi. Bu to‘siqlar o‘ziga xos ramzlardir.

Tilshunoslik asarlari ham bir biriga hamohangdir. Danteda “Xalq tili haqida”, Navoiyda “Muhokamut ul lug‘atayn”. Dante zamonida san'at tili lotin tili hisoblanib, italyan tilining obro‘si yo‘q darajada edi. Shuning uchun ham u o‘z ona tili hisoyasida yuqoridagi asarini yozdi. Navoiy uchun ham shularni aytish mumkin. Fors tili san'at tili edi. Turkiy til esa unga tenglasholmasdi. Haydar Xorazmiy, Sakkokiy, Atoyi, Yaqiniy, Gadoiy, Lutfiylar fors shoirlariga tenglasholmasdi. M. Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk”dan keyin Navoiyning til haqidagi asari turkiy tilning hyech bir boshqa tillardan qolishmasligini isbot qildi. Bu an'ana hozirgacha davom etib kelayapti. E. Vohidovning “So‘z latofati”, A. A'zamning “Til nomusi” yozdilar. Demak, bu asarlar bejiz yozimagan, yozilmayapti. Ma'lum bir ijtimoiy siyosiy vaziyatda til himoyasiga ehtiyoj tufayli yozilayapti. Dante va Navoiy asarlaridan so‘ng yevropada italyan, Movarounnahr va Xurosonda turkiyning mavqyei ko‘tarildi. Bu tillarga o‘zgacha nazar bilan qaray boshlandi. Hurmat qilindi.

Dante yahudiy tilni birinchi til desa, Navoiy arabchani eng ustun til deb biladi. Dante nasroniy dini orqali dunyoni ko‘radi, shu ma'noda Islomni, payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni, Hazrat Alini tanqid qiladi, ularning sha'niga yarashmagan haqoratomuz so‘zlar aytadi. Chunki u mutaassib nasroniy maqomida qolgan. “Ilohiy komediya” shunga dalil. Undan yuksakroqqa bo‘ylay olmagan.

Dante ilk bor tilshunoslik tarixida jug‘rofiy shevashunoslik yo‘nalishiga asos soldi.


Navoiy esa turkiy va forsiy tilni qiyoslaydi.Bu esa hozirgi tilshunoslikda kontrastiv lingvistikaning dastlabki ko‘rinishi. (G‘arblik tilshunoslar qiyosiy tilshunoslikka XIX asrdagina asos solindi, deb kelishadi).

D. Yusupova va A. Malikovlar “Aligeri Dante va Alisher Navoiy: adabiy til yaratish muammosi” maqolasida quyidagilarni yozadi: “Dantening “Xalq nutqi haqida” asari ikki kitobdan iborat bo‘lib, birinchi kitobda tilning paydo bo‘lishi, italyan lahjalarining fonetik-leksik xususiyatlariga doir qarashlar bayon etilsa, ikkinchi kitobda poetikaga doir ba'zi nazariy masalalar haqida so‘z boradi. Umuman olganda, Dante ushbu asarida til taraqqiyoti masalalariga murojaat qilib, adabiy til yaratish muammolariga to‘xtaladi. Dantening niyatiga ko‘ra, bu asar to‘rt kitobdan iborat bo‘lishi kerak edi. Lekin bizga yetib kelgan nusxada asar ikkinchi kitobning o‘n beshinchi bobida to‘xtab qolgan. “Xalq nutqi haqida” asari 1304 yil lotin tilida yozilgan bo‘lib, 1529 yilda italyan tiliga tarjima qilib nashr etilgan, 1577 yilga kelibgina asarning original matni – lotin tilidagi asl nusxasi chop etilgan. Dante yashagan davrda lotin tili adabiyot tili va umuman san'at tili hisoblanib, antik davr an'analariga sodiq tarzda maktablarda lotin tilida she'r yozish qonun-qoidalari o‘qitilgan. Shu sababli ham Dante o‘z ona tili haqidagi fikrlarini lotin tilida yozadi.


Asarning birinchi kitobida Dante xalq nutqi haqida o‘zidan oldin hyech kim yozmaganligini ta'kidlaydi. Nutq ikki xil bo‘ladi, deb hisoblaydi Dante: bu bolalikdan shakllanadigan xalq nutqi va rimliklarning adabiy til me'yorlariga amal qilgan nutqidir.
Shundan so‘ng Dante: “Tilning inson uchun qiladigan xizmati fikrni ifodalashdir, – deydi. – Insondan boshqa mavjudotlarga nutq nasib etmagani uchun ular quyi darajadadirlar, Tangri tilni faqat insonga ato etgan. Hatto, farishtalarga ham nutq berilmagan, sababi, ularda jism yo‘q, jismsiz ularga til va nutqning hojati yo‘q”.
Dante ilk so‘zni kim aytgan va bu qanday so‘z bo‘lishi mumkin degan masalaga qiziqadi. Uning fikricha, ilk so‘z Odam Atoga tegishli bo‘lib, “Xudo” degan so‘zdir. Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas, deb hisoblaydi muallif, chunki inson avvalo o‘z Yaratganiga murojaat qilishi tabiiy.
“Ilk til yahudiy tilidir. Inson ilk gunohni qilgandan so‘ng yana gunohda davom etaverdi, lekin bundan Nuhning o‘g‘li Som avlodlari o‘zlarini tiydilar. Insonlar dastavval Sharq bo‘ylab tarqalib, keyin G‘arbga ham keldilar. Jami tillar uchga bo‘linadi: ok, oyl, si”.
Mazkur uch tilni birlashtirib turuvchi xususiyat, ularda umumiy so‘zlarning mavjudligidir. Dante tillar ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar ta'sirida o‘zgarishini ta'kidlab, tillardagi o‘zgarish sababini inson tabiati va yashash tarzining o‘zgaruvchan ekanligi bilan ham bog‘laydi. Shu tariqa asarning birinchi kitobidagi to‘qqiz qism yakunlanadi.
Dante o‘zigacha va o‘zidan keyin ham bir qancha vaqt hukmron bo‘lgan roman tillarining asosida lotin tili turadi, degan fikrga o‘z salaflaridan farqli munosabatda bo‘ladi va o‘z qarashlarini shunday asoslaydi: “Lotin tili uning grammatik qoidalari ishlab chiqilgach, tabiiy rivojlanishdan to‘xtadi… Shu bois, xalq gaplashadigan til va lotin tili boshqa-boshqa hodisadir. Roman tillari azaldan mavjud edi… Qat'iy grammatik qoidalarga ega bo‘lgan lotin tili o‘zgarmasdir, xalq tili esa tinimsiz o‘zgarib, yangilanib, boyib borish xususiyatiga egadir”.
Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari Allohga hamd aytishdan boshlanadi. So‘ng quyidagi ruboiy keladi:

Ey so‘z bila qilg‘on ofarinish og‘oz,

Insonni aroda aylagon mahrami roz.

Chun «kun fayakun» safhasiga bo‘ldi tiroz,

Qilg‘on oni nutq ila boridin mumtoz.
Navoiy tilga ilohiy voqyelik deb qaraydi. Danteda esa bu yo‘q edi.
Alisher Navoiy til va nutq hodisasini farqlayotganligini ko‘rishimiz mumkin:
“…So‘z durredurkim, aning daryosi ko‘nguldur va ko‘ngul mazharedurkim, jomii maoniyi juzv va kulldur. Andoqki, daryodin gavhar g‘avvos vositasi bila jilva namoyish qilur va aning qiymati javhariga ko‘ra zohir bo‘lur. Ko‘nguldin dog‘i so‘z durri nutq sharafiga sohibi ixtisos vasilasi bila guzorish va oroyish ko‘rguzur va aning qiymati ham martabasi pisbatig‘a boqa intishor va ishtihor topar. Gavhar qiymatig‘a nechukki, marotib asru ko‘pdur, hattoki, bir diramdin yuz tumangacha desa bo‘lur”.
Ko‘rinadiki, Dantening “Xalq nutqi haqida” hamda Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlarining asosiy mavzusi adabiy til masalasidir.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin