XVII asr fransuz adabiyoti.
XVII asr fransuz adabiyotining rivoji va o‘ziga xos xususiyatlari ana shu tarixiy davr sharoitlari bilan bog‘liq.
XVII asrda Fransiya yevropadagi eng qudratli mamlakat edi.
XVII asr oxirida taxtga chiqqan Genrix IV davrida fitnachi feodallarni bostirish va markazlashgan hokimiyat o‘rnatish uchun ko‘p harakat qiladi.
1610 yil qirol (suiqasdan) o‘limidan so‘ng taxt uning o‘g‘li 9 yoshli Lyudovik XVIII ga qoldi. Qirolicha Mariya Medichi (italpyanka) va uning favoritmari davlat isholarini bir oz izdan chiqaradi.
1624 yili Lyudovik XIII o‘zi mustaqil davlatni boshqarishga o‘tadi.
Kordinal Rishelpe (qirolicha jazmani) qirolning I ministri bo‘ladi. Lyudovik XIII mohir qilichboz, yaxshi kuylaydi, rasm soladi, ballarda mohir kavaler, ammo davlat ishlarida iqtidorsiz. Shuning uchun davlatni Rishelpe 1642 yilgacha, yaoni o‘limigacha boshqaradi. Qirol ham shu yili vafot etadi.
Rishelpe monarxiya tizimini mustaxkamlaydi. Madaniy hayot sohasida ham yagona nazorat o‘rnatdi.1635 yilda Fransiya akademiyasida ochiladi.
Lyudovik XIII o‘limidan so‘ng uning besh yoshli o‘g‘li qoladi. Anna Avstriyskayaning favoriti kordinal Mazareni davlatni boshqaradi va uning o‘limi (1661) dan so‘ng 24 yoshli Lyudovik XIV o‘zi davlatni boshqaradi.(«Men o‘zimni birinchi ministrim bo‘laman») 1715 yilgacha O‘sha davr yevropa adabiyotidagi uch adabiy yo‘nalishlardan Fransiyada klassitsizm boshqa davlatlarga qaraganda juda ravnaq topdi. Fransuz klassitsistlari antik adabiyot tajribasini milliy anoanlari bilan uyg‘unlashtira oldilar. (Boshqa davlatlarda bunday bo‘lmadi).
Renessans realizmi badiiy proza, asosan roman janrida davom etdi. Barokko esa aristokratik adabiyotda, shuningdek Rasin ijodining so‘nggi davrida (« Ataliya») aks etdi. Klassitsizm esa asosiy yo‘nalish edi. 1) Omil u qattiq qonun asosida ish tutgan absolyut xokimiyatning rasmiy adabiy uslubi edi. Reshelpe adabiyotda ham qatoiy formalarga eotibor berish talabini qo‘yadi. Nazorat olib borishni akademiyaga yuklaydi, yagona fransuz tili lug‘ati bo‘lishi kerak.
2) omil Dekart va Gassendi filosofiyasi. «Idrok – haqiqatni yagona o‘lchovi».
Klassitsizm nazoratchilari aql-idrok kuchiga qattiq ishonadilar va o‘z qarashlarini shunga asoslaydilar. Fransuz klassitsistining birinchi vakili shoir Malerb (1555-1628) dir. U Genrix IV davrida saroy shoiri, Reshelpe davrida Fransiya xazinaboni bo‘lib xizmat qildi. O‘z oralarida qirol hokimiyati va uning siyosatini madx etdi.
Dostları ilə paylaş: |