Folklor, mif va yozma adabiyot mushtarakligi. Bu uch tushuncha bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Chunki mifologik qarashlardan folklor kelib chiqqani kabi, yozma adabiyot ham o‘z navbatida har ikkalasi bulog‘idan hali- hanuz suv ichib keladi.
MIFOLOGIK MAKTAB — folkloristika va adabiyotshunoslikda romantizm davrida paydo bo‘lgan ilmiy yo‘nalish. M. M.ni mifologiya haqida fan bilan bitta narsa deb qaralmasligi lozim. M.m.ning falsafiy asosi F.Shelling va A. va F. Shlegeylar romantizmining estetikasiga borib taqaladi. 18-19 asrlarda “Mifologiya bo‘yicha qo‘llanma” (X.G.Xeyne) va boshqa shu kabi ilmiy asrlar yozilgan. M.M.ning to‘liq shakllanishi aka-uka Gimmlar nomi bilan bog‘liq. Ular xalq poeziyasining boshlanishini “ilohiy ibdito” bilan bog‘lashadi. Mifdan ertak, epos va afsonalar kelib chiqqan, folklorni esa xalqning g‘ayrishuuriy jamoaviy ijodi deb bilishdi. “Nemis mifologiyasi” (1835) kitobida haqiqiy mifologik an'analar aynan nemis mifologiyasida yaxshi saqlanib qolganligi g‘oyasini ilgari surishdi.