Bobil adabiyoti. “Inanna yer ostida” dostonining Bobilda qayta ishlangan versiyasida Inanna Oy ilohasining qizi Ishtar bilan almashtiriladi. Bobilshunos olima Afanaseva har ikkala matnni yaxshi o‘rganib chiqib, asliyatiga nisbatan akkad va xettiy tillariga tarjima qilib, qayta ishlangan va Ashshurbanipal tashabbusi bilan Nineviya kutubxonasi xazinasida saqlangan variant ancha mukammalligi bilan farqlanadi, degan xulosaga keladi10. Sevgi ilohasi Ishtar va uning sharafiga ibodat qiluvchi kohin qiz (rohiba)lar qadimiy sevgi kulti, diniy e'tiqodiga ko‘ra, sevgilisi yigit bilan uchrashish maqsadida o‘zlarini fohishaday ko‘rsatib, ko‘chada, bog‘larda yurar ekanlar, Dostonning Bobil versiyasida iloha Ishtarning o‘z sevgilisini o‘limga yuborganidan qayg‘urishi, uni sog‘inib, iztiroblanishi tasvirlangan. “Bilgamish” dostonida Shumer variantida bosh qahramonning, asosan, Gerakl kabi yetti jasorat (yunon miflarvda 12 jasorat) ko‘rsatishi tasvirlansa, Bobil variantvda u ko‘proq turkumlashib, qahramonning kamolotga yetish bosqichlari sifatida epos poetikasiga muvofiq keng ko‘lamda tasvirlangan.
Birinchi bosqichda Bilgamish bahodir kuch-quvvatini qayoqqa sarflashni bilmaydi, o‘ggan-kettan bilan janjallashadi, birovning qo‘lidan tortsa, qo‘li uziladi, oyog‘idan tortsa, oyog‘i uziladi. Ikkinchi bosqichda qahramon Enkidu bilan do‘stlashib, uning ta'sirida oliyjanobligi o‘sib, ma'naviy jihatdan yuksaladi, butun dunyoda yovuzlikni, yomonlikni yo‘qotishga ahd qiladi. Yovuz dev Xunbobu (Xuvova) bilan olishib, uni asir qiladi. Uchinchi bosqichda Bilgamish hayot va o‘lim muammolari haqida o‘ylovchi donishmand maqomiga yetadi. O‘lmaslik gulini izlab topadi, lekin o‘zini emas, do‘stini o‘ylab, og‘ir mashaqqatlarni boshdan kechiradi. Demak, Bobil bitikchilari ilmiy-nazariy tafakkurda ham ilg‘orlashgan. Badiiy asarda mangu muammolarni o‘ylovchi kuchli xaraqgerdar ^orlugi Arastudan ming yillar avval ham uchrashi qiziqarlidir. / ^ _
Shumer va Bobil madaniyati obidalarini, runiy yozuvlarni topib, o‘rganish sohasida ingliz olimi S.Kramer, fransuz olimi Shampalon, amerikalik A.L.Oppenxeym, chex shumershunoslari B.Grozniy, Y.Klima, rus olimlari V.V.Struve, M.M.Kuzmin, I.Dyakonov, M.Korostovsev va boshqalar fidoyilarcha mehnat qilganlar.
Assiriolog, bobilshunos, shumershunos yevropalik olimlar keyingi asrlarda (X1X-XX) o‘z davlatlarining yaqin Sharq, asosan, arab mamlakatlaridagi kuchli ta'sir doirasidan foydalanib, ikki daryo oralig‘i — Mesopotamiyada juda ko‘p qadimiy adabiy, madaniy, tarixiy yodgorliklarni izlab topdilar. Atoqli bobilshunoslardan F.Gommel, B.Landsberger, dinshunoslar A.L.Ogtpenhyeym, U.Lambert, Yohan van-Deyk, rus bobilshunoslari I.Dyakonov, M.Kuzmin, I.Klochkov va boshqalar yangi kashf etilgan asarlarning matnlarini o‘qish, tarjima qilish, imkoni boricha sharhlashda qunt bilan mehnat qildilar.
Dostları ilə paylaş: |