Hamkorlik pedagogikasining konseptual g’oyalari



Yüklə 28,35 Kb.
səhifə1/2
tarix31.12.2021
ölçüsü28,35 Kb.
#112058
  1   2
ZILOLA SHARIPOVA.

HAMKORLIK PEDAGOGIKASINING KONSEPTUAL G’OYALARI:


Reja:

1. Shaxsiy-insonparvarlik yondashuvi

2. Pedagogik muloqotni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish

3. Zamonaviy sharoitda natijaga olib kelmaydigan to‘g‘ridan to‘g‘ri majburlashdan metod sifatida voz kechish

4. Ta'lim oluvchi shaxsiga individual yondashuv.

Hamkorlikda o’qitish g’oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori – R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professori – R.Jonson, D.Jonson (1987), Koliforniya universiteti professori – SH.SHaron (1988), tomonidan ishlab ishlab chiqilgan.

Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o’qitish, asosan o’quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, Isroil va Evropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o’qitish, yuqorida qayd etilganidek, ko’proq o’quvchilar tomonidan o’quv materialini qayta ishlash loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o’quv bahsi va munozaralar o’tkazishni nazarda tutadi.

Mazkur g’oyalar bir-birini to’ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi.

Hamkorlikda o’qitish g’oyasi didaktikada 1970 yillarda paydo bo’lgan. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, YAponiya, Isroil mamlakatlari ta`lim muassasalarida keng qo’llanila boshlagan.

Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi – o’quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o’qish o’rganishdir.

Hamkorlikda o’qitish har bir o’quvchini kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o’rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o’quvchida shaxsiy qadr qimmat tuyg’usini vujudga keltirish, o’z kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas`uliyat hissini shakllantirishni ko’zda tutadi.

Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi har bir o’quvchining tahlil olishdagi muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o’quv topshiriqlarini to’liq va sifatli bajarishga o’quv materialini puxta o’zlashtirishga, o’rtoqlariga hamkor bo’lib, o’zaro yordam ubshtirishga zamin tayyorlaydi.



Shaxs - insonning ruxiy, ma’naviy mohiyati bulib, unda quyidagi sifatlar umumlashgan tizim holatida buladi: • Ijtimoiy ahamiyatga molik xususiyatlar majmuasi; • Atrof-muhitga, o’ziga va dunyoga bo’lgan munosabatlar tizimi; • Xayot davomida turli ijtimoiy vazifalarni bajarishi orqali vujudga keladigan faoliyat tizimi, xulq-atvor majmuasi; • Dunyoni va unda uzining urnini anglash; • Extiyojlar tizimi; • Qobiliyat va ijodiy imkoiiyatlar majmuasi; • Tashqi muxit ta’sirlariga javob berish reaktsiyasi va x.k. Shaxs sifatlarining tuzilishi. Shaxs sifatlari taxlil q`ilinganda unda nasliy (biologik) va xayotda orttirilgan ijtimoiy sifatlar uygun xolatda bulishini kurish mumkin. Shaxsda biologik va ijtimoin sifatlarning nisbatiga kura ular turt darajaga bulinadi: I. Temperament darajasi insonlarping irsiyat orkali belgilangan nerv sistsmasining xususiyatlari tushiniladi. Ular jumlasiga instinkt va extiyojlarning uziga xosligi, jinsiy, yosh, milliy va boshka xususiyatlar kiradi. II. Ruxiy jarayonlarning uziga xoslik darajasi - iroda, sezgi, tafakkur, xotira, diq`q`at, tasavvur, axborotni q`abul q`ilish va xarakterning uziga xos tomonlarini uz ichiga oladi. Shaxsning mantikny fikr yuritish operatsiyalari (taq`q`oslash, abstrakt tasavvur, induktsiya, dedukiya), akliy faoliyat usullarini egallaganligi muxim rol uynaydi. III. Shaxs tajribasi darajasi - bunga shaxs egallagan bilim, kunikma malakalar va odatlarining majmuasi kiradi. Bularning ichida uzluksiz ta’lim tizimi, uq`uvchilarni uq`itish, ukuv faoliyatida bilim, mexnat va amaliy faoliyatida kunikma va malakalarli shakllantirish muxim axamiyatga ega. IV.Shaxsning yunaltirilganlik darajasi - shaxsning ijtimoiy axamiyatga ega bulgan, atrof-muxitga munosabati, shuningdek, xulq` atvorining ruxiy asoslarini yunaltiruvchi va boshq`aruvchi sifatlarini mujassamlashtiradi. Bunga shaxsning q`iziq`ishi, nuq`tai nazari, ijtimoiy faoyaligi. ichki dunyosi, axlokiy-etik tamoyillari va dunyoq`araish kiradi. Shaxsning yunaltirilganligi, extiyojlari va «men» kontseptsiyasi bilan birgalikda shaxsning uz-uzini boshkarish mexanizmining asosini tashkil etadi. Shaxsning axloq`iy-etik q`arashlari va xususiyatlari u uzlashtirgan bilim, kunikma va malakalar bilan birgalikda estetik va axlokly xususiyatlarni tashkil etadi. Yukornda q`ayd etilgan darajalarni insonlarniig ijtimoiy moxiyatini, shaxsning irsiy xususiyatlarini tashkil etuvchi yadro atrofidagi xalq`alar shaklida tasavvur etish mumkin. Lekin shaxs strukturasida q`ator xususiyatlar bulib, ular barcha darajalarga radius shaklida singib ketadi. Ular guruxiga extiyoj, xarakter, q`obiliyat va «men» kontseptsiyasi kirib, shaxs strukturasining tayanchini xosil q`iladi. Shunday q`ilib, shaxs xususiyatlarining guruxlari bnr-biri bilan uzviy boglangan, bir-birini tuldiradi va takozo etadi va murakkab yaxlit tizimii tashkil etadi. Zamonaviy uzluksiz ta’lim tizimi avvalo shaxsning davlat ta’lim staidartlari darajasida bilim olishini ta’minlashi lozim. Bilim - atrof-muxitli urganish jarayonida tekshirilgan nzzariy va amaliy faoliyatning natijasi bulib, uning inson miyasida tugri aks ettirilishi sanaladi. Ta’lim tizimi bilim, kunikma va malakalarning individual tarzda, xar bir shaxsda aks etishni ta’minlashi lozim. Bilimlar kuyidagi guruxlarga ajratiladi: • Belgili, belgi va til shaklida, kodlangan verbalь bilimlar, • Obrazli, sezgi organlari orq`ali obrazlar shaklida q`abul q`ilingan bilimlar. - Moddiy bilimlar - mexnat faoliyati natijasida paydo buladigan bilimlar. • Texnik bilimlar. -- insonning ijodiy va mexnat jarayonida vujudga keladigan bilimlar. Bilimlar asosini tushunchalar tashkil q`iladi. Tushunchalar - atrof-muxitdagi predmet va xodisalarning mavjud xususiyatlari xaq`idagi bilimlar bilan ulardagi aloq`a va bogliklikni aks ettiradi. Biologik ta’limda tushunchalar ikki guruxga ajratmladi: 1. Umumiy biologik tushunchalar. 2. Xususiy biologik tushunchalar. Shaxsning uzlashtirgan bilimlarini amaliyotga q`ullashda kunikma va malakalar muxim rolь uymapln. Kunikma va malakalarni til bilan tushuntirib bulmaydi, ularni amaliy faoliyatda kursatish kerak buladi. Shu sababli inson xayotining asosini faoliyat usullari (kunikma va malakalar) tashkil etib, u shaxsning muxnm sifati sanaladi. Kunikma - shaxsning muxim sifati, ya’ni uzlashtirgan bilimlari asosida, yangi vaziyatlarda muayyan faoliyatni samarali bajarishi xisoblanadi. Oddiy kunikmalar etarli darajada mashq` q`ilganda u avtomatik xolatga - malaka darajasiga etadi. Malaka - biror bir faoliyatni avtomatik ravishda bajarilishi sanaladi. Malaka bu avtomatlashgan kunikmadir. Demak, ukuv dasturidan urin olgan mavzular buyicha uq`uvchilarda bilim, kunikma va malakalarni shakllantirish samaradorligini oshirish muxim sanaladi. Aq`liy faoliyat usullari deganda fikr yuritish uchun zarur bulgan usullar tushuniladi. Ular q`uyidagi guruxlarga ajratiladi: 1. Xarakteriga kura: predmet-faoliyatli, kurgazmali-obrazli, abstrakt, intuitiv. 2. Mantiq`iy yunalishiga kura: taq`q`oslash, taxlil q`ilish, abstrakt tasavvur q`ilish, umumlashtirish, sintez, tasniflash, induktsiya va deduktsiya, gipoteza va eksieriment. 3. Olinadigan natija shakliga kura: fanga avvaldan ma’lum bulgan kashfiyotlarni q`ayta kashf q`ilish, tushunchalarning ta’rifi va tasdigini topish, , q`onuniyat, q`onun va nazariyalar yaratish. 4. Fikr yuritish tipiga kura: zmpirik, dialektik ka mantiq`iy Ta’lim tizimida akliy faoliyat usullariiing tarkibiga kiruvchi ukuv faoliyati usullari muxim axamiyat kasb etadi. Ukun faoliyati usullari q`uyidagilarni uz ichiga oladi: • Ukuv faoliyatini rejalashtirish kunikma va malakalari: uq`uv topshiriq`larini anglash, maq`sadni belgilash, unga erishish uchun optimal va samarali yullarini faoliyatniig bosq`ichlari va davomiyligiii aniq`lash, faoliyat algaritmnii tuzish, mustaq`il ish rejasini tuzish. • Uz uq`uv faoliyatini tashkil etish kunikma va malakalari: uz uq`uv faoliyatini tashkil etish, ukuv adabiyotlari va jixozlarning mavjudligi va ulardan foydalana olishi, gigienik talablarga javob beradigan sharoit yaratishi, ish rejimini tashkil etish, uy vazifalarini mustaq`il bajarishni tashkil etish. • Axborotni q`abul q`ilish kunikma va malakalari: turli axborot manbalari ustida ishlash, matn tuzish, bibliografik izlanish olib borish, spranochniklar bilan ishlash, axborotni diq`q`at bilan tinglash va yozish, dikkatini boshq`arish, kuzatish utkazish va eslab q`olish. • Fikr yuritish faoliyati kunikma va malakalari: uq`uv materialining mazmunini anglash, asosiy goyani ajratish, taxlil q`ilish, sintezlash, abstraktsiya va aniq`lash, induktsiya va deduktsiya, tasniflash, umumlashtirish, dalillash, xikoya, xisobot, ma’ruza tuzish, xulosalarni ishlab chiq`ish, muammolariing echimini topish. • Uz ukuv faoliyati natijasini anglash va baxolash kunikma va malaka-lari: ukuv faoliyati natijasini anglash, uz-uzini va uzaro nazorat q`ilish, muaommo echimining tugriligini aniklash, xodisalarga turli jixatdan baxo berish, nazariy va amaliy kunikmalarning tugriligi ia mustaxkamlashni tekshirish kunikmalari. Shaxsning uz-uzini boshq`arishi va nazorat q`ilish muxim sistema sanaladi. Bu sistema asosida shaxs rivojlanishining psixologik omillari: extiyojlari, yunaltirilganlik va "Men" kontseptsiyasi tashkil etadi.


Yüklə 28,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin