Mavzu bo‘yicha canva.com da tadqimot ishlash (varaqlar soni 13-15 oralig‘ida)
Topshiriq sifati va mukammallik darajasiga qarab baholanadi!
Tavsiya qilinadigan web-sayt:
Test uchun - https://app.onlinetestpad.com/profile
Taqdimot uchun - canva.com
Krassvord uchun - https://puzzel.org/
Topshiriqlar ishlangandan keyin faqat link taqdim qilinadi. №54.5.4.3. Model. View. Controller
MVC bu - MODEL (Model) VIEW (Ko'rinish) CONTROLLER (Kontroller) so'zlarning bosh harflari qisqartmasidan olingan bo'lib ARCHITECTURAL DESIGN PATTERN (Arxitekturaviy dizayn paterni) hisoblanadi. MVC sizning loyihangizni asosiy uchta qatlamga (MODEL,VIEW,CONTROLLER) ga bo'lish orqali dasturning strukturasini qulaylashtiradi. Foydalanuvchidan kelayotgan so'rov controllerga yo'naltiradi. Controller business logic (bajariladigan vazifaning mohiyati) qismi hisoblanib, model bilan ishlashga javobgar sanaladi. Model malumotlar bazasi bilan aloqa qiladi va ko'p holarda malumotlar bazasidagi jadvalni ifodalaydi. Controller viewni tanlaydi va unga modelni jo'natadi. View foydalanuvchiga korinadigan tomonni ifodalaydi.
Yuqoridagi diagrammada Model View va Controller orasidagi bog'liqliklar ko'rsatilgan. MVC ning asosiy maqsadlaridan bir vazifalarni Model View va Controllerga taqsimlashdir. Bu orqali loyihani coding (kod yozish), debug (tekshirish) va testing (testlash) jarayoni osonlashadi. MVC patterni orqali siz scalable (keng miqyosdagi) va extensible (kengayuvchi) loyihalar yaratishi qulayroqdir.
Arxitektura pattern larni qo’llash orqali android ilovalarni yaratish doimo dasturchilar tomonidan afzal ko’rilgan ishdir. Arxitektura pattern proyekt fayllariga modularlikni beradi va barcha kodlarga Unit Testing yozilishini ta’minlaydi. Bu dasturchilarga dasturiy ta’minotni saqlab qolish va kelajakda dastur xususiyatlarini kengaytirish vazifasini osonlashtiradi. Dasturchilar orasida juda mashhur bo’lgan ba’zi arxitekturalar mavjud va ulardan biri Model — View — Controller (MVC) Pattern. MVC pattern kodni 3 komponentga bo’lishni taklif qiladi. Dasturchi ilova klassini/faylini yaratishda uni quyidagi uchta qatlamdan biriga ajratishi kerak:
Model — bu komponenta dastur ma’lumotlarini o’zida saqlaydi. U interfeys haqida hech qanday ma’lumotga ega emas. Model domen logikasi(haqiqiy biznes qoidalari), ma’lumotlar bazasi va tarmoq qatlamlari bilan aloqa qilish uchun javobgardir.
View — bu ekranda ko’rinadigan barcha elementlarni o’zida saqlaydigan UI (foydalanuvchi interfeys) qatlami. Bundan tashqari, u Modelda saqlangan ma’lumotlarning vizualizatsiyasini ta’minlaydi va foydalanuvchiga o’zaro aloqani taklif qiladi.