Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati: bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida sinfdan tashqari ishlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan nazariy qarashlar va yondashuvlar bilan boyitildi. SHuningdek, bo‘lajak o‘qituvchini kasbiy yo‘naltirish motivlari, ularni rivojlantirish yo‘llari belgilab berildi.
Bitiruv malakaviy ishi natijasida sinfdan tashqari ishlarni takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar oliy o‘quv yurtlarida o‘qituvchilar tayyorlashni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Muammoni o‘rganilganlik darajasi. Tasviriy san’at fanidan sinfdan tashqari ishlarni takomillashtirish muammolari A.P.Sulaymonov, R.Xasanov, B.boymetov, O.Mo’yinov, O.Qozoqov, R.Xalilov va boshqa bir qancha tadqiqotchilar ishlarida atroflicha o‘rganilgan.
Darsdan tashqari tasviriy faoliyatning mohiyati, tuzilishi va mazmunining pedagogik ongda aks etishini N.Fatxullin, S.Bulatov tadqiq qildilar.
YUqoridagi tadqiqotlar mualliflari aniq dalillaridan kelib chiqib, oliy o‘quv yurtini tugatgan pedagoglarning kelajakda o‘qitadigan maxsus fanlarni chuqur o‘zlashtirganliklarini, ular sinfdan tashqari ishlardagi ijodiy jarayonlar, o‘qitish metodlari bilan yaxshi tanish ekanliklarini, ayni paytda amaliyotni to‘liq egallab olmaganliklarini e’tirof etganlar.
YUqorida ko‘rsatilgan tadqiqotlarda bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida sinfdan tashqari ishlarning takomillashtirish masalasi bitiruv malakaviy ishi sifatida ishlab chiqilmagan. SHuning uchun ham biz bitiruv malakaviy ishi mavzusini «Maktabda tasviriy san’at to‘garaklari faoliyatini takomillashtirish» deb belgiladik.
Kurs ishining tuzilishi: ish kirish, ikki bob, 5 ta paragraf, umumiy xulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Dostları ilə paylaş: |