Bu o'qitish metodining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o'quv suhbati amaliy usul bilan bog'lanib ketadi. Uning afzallik funksiyalari - rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifalar: o'quvchilarda muloqot yuritish va munozara olib borish madaniyati shaklllanadi, o'z fikrini faqat og'zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko'nikmasi rivojlanadi.
Boshlang'ich sinflarda o'qitishning interfaol usullaridan foydalanish orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarning barcha o'quv fanlari bo’yicha bilim va ko’nikmalarini o’stirish va mustaqil fikrlash qobilyatini shakllantirish, boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan o’qitish jarayoniga katta mas'uliyat bilan yondashishni talab qiladi. Chunki endigina o’z ona tilini o’rganayotgan, harflarni bir-biriga qo’shib, so’zlarni esa bir-biriga qo’shib gap yasashga o’rganayotgan, matnni ifodali o’qish qoidalari bilan tanishayotgan, matematik ifodalar bilan tanishib, qo’shish va ayirish amallarini o’rganayotgan boshlang’ich sinf o’quvchisiga bir vaqtning o’zida ta'lim va tarbiya berish, ularga sharqona odob-axloq, iymon-e’tiqod, mehnatsevarlik, tinchliksevarlik kabi insoniy fazilatlar haqidagi tushunchalarni singdirish bilan birga ularning o’rab turgan borliq yuzasidan tushunchalarini o’stirish bir muncha murakkablikni o’z ichiga oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Karimov I.A. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.:“O’zbekiston”, 1998.
2. Mirziyoyev Sh.M. 2019-yil 23-avgustdagi “Maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanishi zarur” deb nomlangan nutqi
3.Abdukarimov H.,O.Suvonov. Umumiy pedagogika: texnologiya va amaliyot. - T.: o'quv-metodik qo'llanma.2012
4.Axmedov M., Abdurahmonova D., Jumayev M. Matematika.1-sinf uchun darslik. - T.: “Turon-Iqbol ”, 2014