12
chunki u nafaqat moliyaviy ko’rsatkichlar to’g’riligini tekshirishni, balki
xarajatlarni maqbullashti-rish va qonuniy asosda foydani ko’paytirish maqsadida
xo’jalik faoliyatini yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi.
Auditni biznesni o’ziga xos ekspertiza qilish deb ta’riflash mumkin. Bunda
buxgalteriya hisobi va ichki xo’jalik nazorati shartnoma asosida amalga oshirilib,
moliya-xo’jalik muomalalarining qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi (ya’ni
hisobot ko’rsatkichlarining haqqoniyligi nazorat qilinadi). Shuningdek, noo’rin
xarajatlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida ekspert konsultatsiyasi o’tkaziladi.
Biznes bo’yicha ekspert vazifalarini bajarish uchun auditor keng bilim,
mahorat va tajribaga ega bo’lishi lozim.
Bizning mustaqil mamlakatimizda auditning dunyoga kelishi va auditorlik
firmalarining barpo etilishi asosan, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar
va tijorat banklarining tashkil etilishi bilan bog’liq bo’lib, ularning hisobotlari
auditor xulosasiz rasmiy maqomga ega bo’la olmaydi.
Dostları ilə paylaş: