Hozirgi o zbek adabiy tili” fanidan amaliy mashg‘ulotlar 1-amali
1. Asosiy struktura doirasidagi shakl o`zgarishlari. 2. Asosiy struktura doirasiga kirmaydigan shakl o`zgarishlari. Bir tomonlama (subordinatsiya) va ikki tomonlama (koordinatsiya) munosabat deganda qanday aloqa tushuniladi?
Sintaktik birliklar orasidagi qanday munosabat paradigmatik munosabat deyiladi?
An’anaviy tilshunoslikda sintaktik munosabat va sintaktik aloqa terminlari nimani anglatadi?
Sintaktik birliklarni ifodalash va sintaktik birliklarning hissiy-ekspressiv rang berish vositalaridan biri - bu intonatsiya, uning tarkibiy elementlari nutq ohangidir (jumlalarni talaffuz qilishda ovozni ko'tarish va tushirish), ritm, nutq tempi va tembri, shuningdek jumladagi axborot markazini ta'kidlaydigan mantiqiy stress. Predikativ munosabat haqidagi an’anaviy qarashlarda asosiy e’tibor nimaga qaratilgan?
Ravishdosh, sifatdosh, harakat nomli oborotlar deb yuritiluvchi qurilmalar bir butun holda asosiy predikatning argumenti pozitsiyasida – qo`shilma predikat vazifasida keladi. Ko`p predikatli sodda gaplarda argument pozisiyasida keluvchi predikativlik belgisiga ega bo`lmagan predikatlar ma’lum propozitsiyani ifodalasada, ammo gap bo`lib shakllana olmaydi. T.M.Shmelyovaning fikricha, propozitsiyaning bunday moddiylashuvi uning ikkilamchi ifodalanishi asosiy, boshqa barcha hollardagi ifodalanishi esa ikkilamchi ifodalanish ekanini ta’kidlaydi. Propozitsiyaning ikkilamchi ifodalanishi sodda gapni mazmun va grammatik tomondan murakkablashtiradi. Masalan, Asrlarning qayg`usin qarg`ab, shodlik va baxt kuyini chaldim.
2-variant. 1.‘‘O'zbekiston - Vatanim manim!” mavzusida kichik ma’rifiy matn tuzing. Matnda kuzatilgan sintagmatik munosabat ko‘rinishlariga tavsif bering.
O’zbekiston vatanim mening.
O'zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o'lkalardan biridir. Uni umrida bir bor ko'rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag'rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne'matlaridan bahramand bo’lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi.
2. “Sintaktik birliklar o‘rtasidagi sintagmatik munosabat” masalasiga oid nazariy qarashlami umumlashtiring.
Predikativlikni tashuvchi muhim bo`lak kesim sanaladi. Shuning uchun gapda ko`p hollarda ega tushib qolishi mumkinligi, lekin kesimning hech qachon tushib qolmasligi, kesimsiz gap bo`lmasligi bayon etiladi. Potebnyaning bu fikri bugungi kunda ham dolzarbligini yo`qotgani yo`q. Bu g`oya hozirgi o`zbek tilshunoslari tomonidan o`zbek tili materiallari asosida rivojlantirilmoqda. Kesim uchun xoslangan eng muhim so`z turkumi tuslangan fe’l, ya’ni verbum finitum ekanligi, shuning uchun uning o`zi ham eng kichik gap hisoblanishini, fe’lning aniqlanishi minimum gapning aniqlanishi, boshqa barcha so`z turkumlari va gap bo`laklari unga bo`lgan munosabatlariga ko`ra belgilanishi bayon qilinadi.