I. Asosiy qism Maktabgacha yoshdagi bolalarni ahloqiy tarbiyaning ahamiyati



Yüklə 37,11 Kb.
səhifə1/5
tarix25.11.2023
ölçüsü37,11 Kb.
#134345
  1   2   3   4   5
I. Asosiy qism Maktabgacha yoshdagi bolalarni ahloqiy tarbiyanin




Mavzu: Katta gurux bolalariga ahloqiy tarbiya bеrishning shakl va usullari.
Reja:

Kirish
I. Asosiy qism
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ahloqiy tarbiyaning ahamiyati.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarning klassifikatsiyasi
3. Vatanga muhabbatni tarbiyalash va baynalmilalchilik tarbiyasi.
II. Xulosalar
III. Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Barkamol inson tarbiyasi davlat ahamiyatiga ega bo’lgan muammolardan hisoblanadi. “Kеlajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e'tibor bеrilmasa, kеlajak boy bеriladi. Kеlajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatlarimizdir. Bu muqaddas zaminida yashayotgan har qaysi inson o’z farzandining baxti saodati, fazlu kamolini ko’rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mеhnat qiladi, o’zini ayamaydi. Har tomonlama rivojlangan yuqori malakaga ega ma’lumotli shaxsni tarbiyalash mamlakatimizda davlat ahamiyatidagi vazifa hisoblanadi. O’sib kelayotgan yosh avlodga qanday ta’lim – tarbiya berishimiz faqat oilaning baxt saodati va farovonligi uchun emas, balki butun jamiyatimiz taraqqiyotiga bog’liq.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri, mustaqil O’zbekistonda o’sib kelayotgan yosh avlodlarning har tomonlama yetuk, barkamol va rivojlangan insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. Bu jarayonda maktabgacha ta’lim muassasalari dastlabki bo’g’in hisoblanadi. Bolalarning avloddan – avlodga o’tib kelayotgan xalq ma’naviy boyliklarini meros qilib olishlari, ularning kelgusida o’z zamonasining ilmiy yutuqlarini o’zlashtira olishlari, ularning insoniyatning ilg’or, odob, ahloq va estetik ideallarga qanchalik sodiq bo’lib voyaga yetishlariga ota – ona va tarbiyachilar mas’uldirlar. Bugungi kunda ma’naviy - ma’rifiy ishlarni yuksak darajaga ko’tarish orqali barkamol avlodni voyaga yetkazish muammosiga alohida e’tibor qilinmoqda.
O’zbekiston mustaqilligi davrida jamiyatimiz ma’naviy – ahloqiy hamda ma’rifiy ishlarni amalga oshirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlariga aylandi. Shuningdek, mustaqillik yillarida ushbu muammoga bag’ishlangan bir qancha adabiyotlar, ilmiy tadqiqot ishlari o’tkazildi. Bolalarni ma’naviy - ahloqiy tarbiyalash borasida O.Musurmonova, M.Inomova, Sh.Shodmonova, O.Mallayev kabi olimlar tadqiqotlar o’tkazishgan. Bugungi kunning talabi hamda dolzarb vazifalaridan biri bolalarni sog’lig’ini, ma’naviy - ahloqiy jihatdan normal rivojlanishini ijtimoiy himoya qilishdan iboratdir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga ta’lim - tarbiya berish va ularni har tomonlama rivojlantirish, o’z navbatida tarbiyachidan yuqori darajadagi pedagogik mahoratni talab qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ahloqiy sifatlarini shakllantirishda tarbiyaviy mashg’ulotlarning o’rni muammosi deyarli o’rganilmagan. Shu jihatdan maktabgacha yoshdagi bolalarni ahloqiy sifatlarini shakllantirishda tarbiyaviy mashg’ulotlarning o’rni bugungi kun uchun o’ta dolzarb ekanligidan dalolat beradi.


Yüklə 37,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin