Bozor munosabatlarini shakllantirishda infratuzilmaning roli 2023
I BOB. BOZOR MUNOSABATLARINI SHAKLLANTIRISHI 1.1 Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko`pchilik mamlakatlari uchun xos bo`lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o`ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmi ko`plab asrlar davomida tarkib topib, shakillanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko`pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyutsiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Xususiy mulkchilikning paydo bo`lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro`y berishi bozor iqtisodiyotining ro`y berishi hamda mavjud bo`lishining umumiy sharoiti hissoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo`jalikning tovar shaklini taqazo qiladi. Tovar ishlab chiqarishning mavjud bo`lishi o`z- o`zidan pul muammosi, ayriboshlash, taqsimlash va iste`molning bozorga oid xususiyatlari ko`zda tutiladi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo`lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayri boshlash ishlab chiqaruvchiga ular faoliyatining nisbatan samarali yo`nalishlarini ko`rsatib beruvchi erkin narxlarning shakillanishiga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti sub`ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o`z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, iste`molchilar ham, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog`oz egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo`jaligining barcha asosiy sub`ektlari 3 ta guruhga bo`linadi:
Uy xo`jalikliklari sub`ektlari
Korxonalar yoki Tadbirkorlik sektori sub`ektlari
Davlat sub`ektlari
Uy xo`jaliklari iqtisodiyotning iste`mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo`jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste`mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo`jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hissoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori bu daromad olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo`g`inlaridir. U ish yuritish uchun o`z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo`jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beradi.
Davlat foyda olishni maqsad qilib qo`ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil budjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo`ladi.
Shuningdek, Ba`zi darslik va o`quv qo`llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil subyekti sifatida banklar ajratib ko`rsatiladi.
Bank iqtisodiyotning me`yorida amal qilishi uchun zarur bo`lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya- kredit muassasasi.
Shunday qilib, yuqorida keltirib o`tilgan bozor iqtisodiyoti seb`ektlarining o`zaro ta`siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin
Bank
Uy xo`jaligi
Korxona
Davlat
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, asosan to`rtta tarkibiy qismidan iborat bo`ladi:
1.Narx
2.Talab
3.Taklif
4.Raqobat
Narxlar nisbati o`zgarib turadi, shuning uchun narx, ishlab chiqaruvchi uchun ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi zarurligini aniqlashda yo`l ko`rsatkich bo`lib xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o`zgarishlar, o`z navbatida, narxlardagi o`zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
Korxona va firmalarning ichki va tashqi shart sharoitlar o`zgarishlariga moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning hamma bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning tarixda tarkib tobgan ikki turini bir - biridan farq qila bilish zarurdir. Uning birinchi ko`rinishi uzoq vaqt davomida shakillanib, g`arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari:a)xususiy mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; b) capital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi: v) tadbirkorlar, ishchilar, ishlab chiqaruvchi va iste`molchilarning shaxsiy erkinligi; d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanish; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va ahooli ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko`rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari:
Mulkchilikning turli shakllariga, ya`ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslaninb iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyati yuritilishi;
Kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo`lida to`planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi;
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan texnik taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o`rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi
Xo`jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi;
Ijtimoiy sohaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta`minot va ijtimoiy sug`urta fondlarining vujudga kelishi.
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ularning qonun qoidalari rivojlanish uchun negiz vas hart sharoit bo`lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamon bozor xo`jaligi iqtisodiyot xususiy va davlat sektorlarining o`zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta`sirning intensevligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining bir nechta modellari farqlanadi.
Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, ba`zi bir o`quv adabiyotlarida bozor iqtisodiyotini bosqichlarga ajratishda ma`lum noaniqlik, chalkashliklarga yo`l qo`yilgan. Jumladan, D.Tojiboyeva uning dastlabki erkin,kurtak, tartibga soluvchi va deformatsiyalashgan bosqichlarini ajratib ko`rsatadi.
Bozor iqtisodiyotini bunday bosqichlarga ajratilishi, fikrimizcha, quyidagi mulohazalarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi:
Birinchidan, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi turli mamlakatlarda turli tarixiy davr va sharoitlarda turlicha kechgan. Natijada, alohida bosqich sifatidagi dastlabki, kurtak bozor iqtisodiyotining umumiy iqtisodiy manzarasi uning amal qilishining nazariy qoida va xususiyatlarini aniq tarzda ajratish va ifodalash mushkul. Shunga ko`ra, mazkur bosqich o`zining mohiyatini klassik bozor iqtisodiyoti bosqichida to`liq ifodalaydi, degan xulosa o`rinlidir.
Ikkinchidan, deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti bosqichining ajratib ko`rsatilishi mantiqqa zid hisoblanadi. Chunki, muallifning o`zi tomonidan keltirilgan yorqin misol ma`muriy buyruqbozlikka asoslangan totalitar, markaziy rejalashtiradigan tizim o`z nomiga ko`ra hech qanday bozor iqtisodiyoti emas, balki ma`muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlarga xos bo`lgan bir qator shart sharoitlar bo`lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg`or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi.