I bob. Demografik tahlilga kirish



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə34/52
tarix07.09.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#117714
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
1. Demografik Tahlil

1-qadam. 5Ux – 15-19 yoshdan 50-54 yoshgacha bo‘lgan barcha besh yillik yosh guruhlarining har birida ilgari nikohda bo‘lmaganlar ulushini hisoblab chiqish (x = 15, 20,50). Bu ulush (x+5) yoshdagi ilgari nikohda bo‘lmaganlar sonini ushbu yosh guruhidagi ushbu jins vakillari soniga bo‘lishdan hosil bo‘lgan bo‘linmaga teng. Agar bu ulushlar statistikadan ma’lum bo‘lsa, 1-qadam o‘tkazib yuboriladi.
2-qadam. RS2 – aholi tug‘ilgan paytdan boshlab 50 yoshgacha bo‘lgan davrda birinchi nikohdan o‘tguncha yashagan kishi-yillar sonini hisoblab chiqish. Bu son quyidagiga teng:
RS2 = RS1 + 15,
bu yerda: RS1 – besh yillik yosh guruhlarining har birida ilgari nikohda bo‘lmaganlar ulushi yig‘indisining 5 ga ko‘paytmasi (ya’ni ).
Yuqorida keltirilgan formulada yig‘indisini chiqarish belgisi ostida turgan 5Ux x 5 qo‘shiluvchilarning har biri (x+5) besh yillik vaqt oralig‘i davomida nikohsiz yashalgan kishi-yillar o‘rtacha soniga teng ekanligi sababli RS1 15 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan yoshda nikohdan o‘tishgacha yashalgan kishi-yillar soniga teng. 15 raqami bu – tug‘ilgan paytdan 15 yoshgacha bo‘lgan davrda birinchi nikohdan o‘tishgacha yashalgan kishi-yillar soni.
3-qadam. RM – qachondir nikohda bo‘lganlar ulushini hisoblab chiqish. Bu ulush quyidagiga teng:
RM = 1 - RN,
bu yerda:  RN – ilgari hech qachon nikohda bo‘lmaganlar ulushi (yoki qat’iy nikohsizlik ulushi), o‘z navbatida, u quyidagiga teng:
4-qadam. RS3 – 50 yoshgacha nikoh tuzmagan shaxslar nikohsiz yashagan kishi-yillar sonini hisoblab chiqish. RN – 50 yoshgacha nikoh tuzmagan shaxslar ulushi ekanligi sababli 50 yoshgacha nikoh tuzmagan shaxslar nikohsiz yashagan kishi-yillar umumiy soni quyidagiga teng bo‘ladi:
RS3 = 50 x RN.
5-qadamSMAM – 50 yoshga kelib nikohdan o‘tgan shaxslar nikohsiz yashagan kishi-yillar umumiy sonini hisoblab chiqish:
A.B.Sinelnikov erkaklar va ayollar uchun nikoh ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligini hisobga oladigan potenstial nikoh ko‘rsatkichlari tizimini ishlab chiqqan. Bu ko‘rsatkichlar u yoki bu davrda nazariy jihatdan tuzish mumkin bo‘lgan nikohlar maksimal soniga nisbatan hisoblab chiqiladi. Bu son, o‘z navbatida, erkaklar va ayollar soni va yosh tarkibi, nikohda bo‘lmaganlar ulushi, potenstial kelin va kuyovlar yoshlari nisbati haqidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Potenstial nikoh ko‘rsatkichlarining muhim va qimmatli xususiyati shundanki, ular statistik kuzatiladigan nikoh darajasini shakllantirishda nikoh xulq-atvorini dastlabki, boshlang‘ich baholash uchun xizmat qilishi mumkin.
Bu ko‘rsatkichlarning birinchisi maksimal nikohlar sonining o‘rtacha yillik aholi soniga nisbatiga teng bo‘lgan potenstial umumiy nikoh koeffitsienti hisoblanadi. Ikkinchi ko‘rsatkich – nikohning qo‘shimcha salohiyatini amalga oshirish darajasi – nikoh ko‘rsatkichlari amaliy koeffitsientining potenstial koeffitsientga bo‘linmasiga teng. So‘nggi ko‘rsatkich nikohning umumiy koeffitsienti kuzatilayotgan darajasi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.

7-mavzu


Yüklə 178,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin