II.Bob. Shukur Sa’dulla - shoir, dramaturg, nosir, tarjimon 2.1 Shukur Sa’dulla hayot yo`li va ijodi Shukur Sa’dulla - shoir, dramaturg, nosir, tarjimon va noshir, kichkintoylarning ruhiy olami va yosh xususiyatlarini chuqur bilgan, insonning kelajak taqdiriga, hayot yo’liga ko’p hollarda bolalagidayoq tamal toshi qo’yilishi dolzarb masala ekanligini uqtira olgan va bolalar adabiyotining jamiyat ma’naviy hayoti va vatan istiqbolidagi roli beqiyos ulug’ ekanligini o’z asarlalarida aks etirgan noyob qalb egasidir.
Shukur Sa’dulla 1912-yilning 15-yanvarida Jizzax shahrining Toshkentlik mahallasida xizmatchi oilasida tug’ildi. U 7 yoshga to’lganda mahalladagi eski maktabga boradi va u yerda tez savod chiqaradi, so’ngra yangi tashkil etilgan Narimonov nomli maktabda o’qishni davom ettiradi. 12 yoshida maktabni bitirgach, bilimini yanada oshirish maqsadida 1924-yilda Samarqand shahriga kelib, Pedagogika bilim yurtiga kiradi. Xuddi shu maskanda adabiyotga bir umr bog’lanadi, she’r mashqiga jiddiy beriladi.
Shukur Sa’dullaning dastlabki she’rlari, asosan, kattalarga mo’ljallangan. Ular shoirning o’sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy hodisalardan olgan taassurotlarining ifodasi tarzida bunyodga kelgan. Shoirning ana shu mavzudagi she’rlari 1932-yilda „Hayqiriq“ nomi ostida maxsus to’plam shaklida Toshkentda chop etilgan. O’n bir she’r va bir kichik dostonni o’z ichiga olgan bu birinchi kitobning nomlanishi ha ramziy xarakterda edi. Bu davrda Samarqandda (1929-yilning boshida) bolalar adabiyoti to’g’risida kengash bo’lib o’tadi. Kengash Shukur Sa’dullaga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Unda quvnoq bolajonlarning baxtiyor hayotini ifodalash tuyg’usi kuchayadi. Adabiy jam oatchilikning bu kitob haqidagi fikr va m ulohazalari shoirni yanada chidam , qunt bilan ijod qilishga, o ‘z ustida ko‘proq izlanishga, eng m uhim i, hayotni o ’rganishga va shu asosda ijod etishga chorladi. Shukur Sa’dulla butun umri davom ida bunga am al qildi. Qirq yildan ortiqroq hayotini badiiy ijodga bag‘ishlagan san’atkorning „Uch ayiq“ , „Ayyor chumchu q (1935—1936), „Yoriltosh“ (1939), „Ikki sandiq“ (1942), „Sen nim a qilding?“ , (1942), „Shohista11 (1944), „Shirin kun“ (1946), ,,She'rlar“ (1955), „She’r va ertaklar“ , (1957), ,,Pyesalar“ (1959), „D astyor qiz“ (1960), „Sening alboming“ (1962), ,,O zoda“ (1969), „K om andirning boshidan kechirganlari“ (1962), ,,K achalpolvon“ (1963), „Ism q o‘yilm agan xat“ , „Sening bayraming“ , „M ening aziz bolalarim “ va boshqa kitoblari bosilib chiqdi. Dramaturg Shukur Sa’dullaning „Yoriltosh“ , ,,G ulxan“ , „Bizning bog‘ch a m iz “, „Dalada bayram “ , „V atan ishqi“ (dram aturg X. Fatxullin bilan ham korlikda yozilgan), „Ikki bilaguzuk“ , „Z ubayda“ , „Afsona yaratgan qiz“ pyesalarini tom oshabinlar yaxshi bilishadi. Q uvnoq va jo ‘shqin asarlar kuychisi b o ‘lgan S hukur Sa’dulla o'zining juda ko‘p she’r, qo'shiq, ertak, ertak-doston, pyesalarini kichik m aktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlagan. Shukur Sa’dulla tabiat kuychisi sifatida e ’zozlanadi. Shoir so‘lim bahorni ko‘pgina she’rlarida qalam ga olar ekan, kichik yoshdagi bolalarda olamni tushunish qobiliyatini shakllantirishga katta e’tibor beradi. Toshkent va Buxoro o’quv yurtlarida taiim olayotgan Zafar Diyor, Ilyos Muslim, Sulton Jo’ralar bolalar uchun yozish an’anasini boshlab bergan edilar. Sh. Sa’dulla ular bilan bir safda turib, ijod qila boshladi. 1931-yilda O’zbekiston Davlat nashriyotining bolalar va yoshlar adabiyoti bo’limiga muharrirlikka ishga taklif etiladi.
1950-yilda Shukur Sa’dulla Ilyos Muslim bilan hamkorlikda bolalar shoiri S.Marshakning „She’r va ertaklar“ asarini o’zbek kitobxonlariga tortiq etishdi. Shuningdek, Sh.Sa’dulla daniyalik mashhur ertakchi G.X.Andersen, rus yozuvchisi N.A.Nekrasovning asarlarini, L.Tolstoy va B.Jitkovning hikoyalarini, bolalar shoirlari M.Kvitko, A.Barto, M.Mirshakar, O. Bediyorov, M.Fayzulina she’rlarini, V.Lebedov-Kumechning yoshlik taronalarini, B.Gorbatovning „Bo’ysunmaganlar“ (1953), V.Oseyevaning „Vasyok Trubachev va uning o’rtoqlari“ (1954) qissalarini, Korney Chukovskiyning „Doktor Voyjonim“ (1966) asarini ona tilimizga taijima qilgan. Bolalik qisqa muddatda kechsa-da, uning taassurotlari, yodi umrbod esda qoladi. Insonning kelajak taqdiriga, hayot yo’liga ko’p hollarda bolalagidayoq tamal toshi qo’yilishi hech kimga sir emas. Shunga ko’ra umrimizning ilk davrini o’ziga xos dunyo deyish mumkin. Qisqa, ammo chin ma’noda murakkab va jozibador bo’lgan bu dunyoning badiiy in’ikosi hisoblangan bolalar adabiyoti bir qarashda kattalar uchun ermakka o’xshab tuyuladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zan nazar-pisand ham qilinmaydi. Aslida-chi? Nafsilamrini aytganda, bolalar adabiyotining jamiyat ma’naviy hayoti va vatan istiqbolidagi roli beqiyos ulug’dir. Bolalar yozuvchisining kitobxon oldidagi mas’uliyati ham, baxti ham shuning bilan belgilanadi. Uning kitobxonlari doirasi ancha keng. Bolalarga bag’ishlab yaratilgan asarlarni kichiklarnham, kattalar ham birdek sevib o’qiydi, zavqlanadi. Juda bo’lmasa, bolaligida o’qib olgan zavq-shavqini bobo-buvi bo’lganda ham unutmaydi.
Shoir, dramaturg, nosir, tarjimon va noshir Shukur Sa’dulla shunday ijodkorlar toifasiga mansub. Shoirning 50-yillar bolalarini cheksiz quvonchlarga chulg’agan:
Yomg’ir yog’aloq
Yam-yashil o’tloq,
Endi ekinlar
Chiqarar quloq.
(«Yomg’ir yog’aloq»)
Yoki:
Oydin, Lola g’oz bo’ldi,
O’yinimiz soz bo’ldi,
Bolta bir o’zi tulki,
Turishi bo’ldi kulki. («Tulki bilan g’ozlar») deb boshlanuvchi dilkash va quvnoq, o’ynoqi she’rlarini hozir nevarali bo’lganimizda ham sog’inch bilan eslab yuramiz. Ular hozirgacha darslik va xrestomatiyalardan tushmay, xalqimizning ma’naviy mulkiga aylanib qolgan. Jizzaxdagi Narimonov nomli maktabda o’qib yurganidayoq badiiy adabiyotga ishtiyoqi kuchli bo’lgan Shukur Sa’dulla o’z ijodini 30-yillardan boshlaydi. 1932-yilda bosmadan chiqqan «Hayqiriq» nomli ilk to’plami yosh shoirning kelajagiga umid va ishonch uyg’otadi. Shundan keyin ketma-ket «Uch ayiq», «Ayyor chumchuq», «Sen nima qilding?», «Shohista», «Dumsiz tulkilar» to’plamlari e’lon qilinadi.
Shoir she’rlari, asosan, kichik yoshdagi bolalarga mo’ljallangan bo’lib, hayotdagi voqea-hodisalar, narsa-buyumlar mohiyati, ko’rinishi va ahamiyati haqida muayyan tushuncha – bilim berishga qaratilgan. Bu jo’n tushuncha bo’lmay, kichkintoylarning hayot haqidagi qarashlariga, tasavvurlariga to’la-to’kis hamohangdir. Ayni paytda, o’sha qarash va tasavvurlarni to’ldirib, yanada boyitishga xizmat etadi. Masalan, yuqoridagi tilga olganimiz «Yomg’ir yog’aloq» she’rining birinchi to’rtligida yomg’ir yoqqach, o’tloqlarning yam-yashil bo’lishi, ekinlarning quloq chiqarishi to’g’risida umumiy ma’lumot beriladi. Ikkinchi to’rtlikda esa yomg’ir yog’ishi bilan bog’liq manzara chiziladi. To’g’rirog’i, kitobxon diqqati tanish bo’lsa-da, unchalik e’tibor beravermaydigan manzaraga jalb qilinadi. Ya’ni yomg’ir suvlarining tarnovlardan oshib, shoshib tushib, ariqlarga quyilishi haqida gap ketadi. Ammo u oddiy ma’lumot emas. Tarnovlardan oshib, shoshib tushishi kichik kitobxon ruhiyatiga juda mos keladi. Shu bois, u kitobxonga ma’lumot berish bilan birga zavq ham bag’ishlaydi, fikr uyg’otadi. Misralardagi hijolarning qisqaligi (har misra 5 bo’g’indan iborat) va to’q qofiyalarning (yog’aloq-o’tloq-quloq; oshib-shoshib-toshib va hokazo) qo’llanishi she’rning badiiy soddaligini, misralarning ovoz uzmay, bir zarb bilan o’qilishini ta’minlaydi. Kichkintoylarning ruhiy olami va yosh xususiyatlarini chuqur bilgan Shukur Sa’dulla asarlarining katta qismini syujetli, voqeaband she’rlar tashkil etadi. «Shoir she’rlarining muvaffaqiyati shundaki, – deb yozgan edi, O’tkirRashid, – ular umumiylikdan, quruq ritorikadan uzoq bo’lgan syujetli va voqeaband she’rlardir. Ma’lumki, voqeabandlik, ayniqsa, bolalar asari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunday she’r bolani zeriktirmaydi. U xuddi hikoya yoki ertak kabi bola ongiga, xotirasiga oson singadi». Sinchiklab ko’zdan kechirilsa, Shukur Sa’dulla she’rlaridagi voqeabandlik xalq og’zaki ijodining samarali ta’siri natijasi ekanini fahmlash qiyin emas. Darhaqiqat, shoir qator xalq ertaklarini qayta ishlab, «Dumsiz tulkilar», «Ikki sandiq», «Uch tulki», «Qarg’avoy», «Tulki bilan Turna» nomlari ostida chop ettiradi. O’zi ham «Ikki donishmand», «Ayyor chumchuq», «Laqma it», «Och bo’ri, sho’x qo’zi va qirchang’i» kabi talay ertaklar yaratadi. Adibning «Kachal polvon», «Yoriltosh» asarlari ham xalq og’zaki ijodidan ruhlanib yozilgan. Filologiya fanlari doktori O.Safarov: «Xalq ertaklari ustidagi qizg’in amaliy ijodiy faoliyat jarayonida Shukur Sa’dulla ko’p narsa o’rgandi, xalq ijodiy laboratoriyasining aslahalari bilan qurollana bordi, xalq tiliga xos donolik, burrolik, samimiylik, qochirimdorlik barcha sirlaridan voqif bo’la bordi», deganida tamoman haqdir.
Bolalar adabiyoti xususida so’z yuritganda uning tarbiyaviy vazifani bajarishiga hamisha alohida urg’u beriladi. Aslida shunday bo’lishi tabiiy. Negaki, u nima yaxshi-yu, nima yomonligini tushunishga, hayotni va o’zligini anglashga, axloq-odobga o’rgatadi. Bu xususiyat, shubhasiz, Shukur Sa’dulla asarlariga ham taalluqlidir. Kezi kelganda, shoirning «Tulki bilan g’ozlar», «Mitti», «Uloqcha», «Bola bilan to’rg’ay», «Chuchvara qaynaydi», «To’rt fasl» kabi she’rlariga tarbiyaviy ruhni nihoyatda ustalik bilan singdirgani holda «Ozoda», «Mening ayam», «Dastyor qiz» singari ayrim asarlarida quruq pand-nasihat darajasiga tushirib, qo’yganini ham ta’kidlash zarur. «Ozodaliging uchun rahmat» deb olqishlash yoki «to’g’ri o’tir», «to’g’ri yur» qabilida dakki berish adabiyotning vazifasiga kirmaydi. Tasvirda qisqalik, ravonlik ijodkorning kichik hikoyalariga ham xos etakchi xususiyatdir. Ular, hatto, hajm jihatidan kichik she’rga teng bo’lib, mag’zi to’q va u yoki bu masala haqida kitobxonda yaxlit tasavvur uyg’otishga qodir. Masalan, chol bilan bolaning suhbati shaklidagi «Anqov» hikoyasi bor-yo’g’i bir necha satrdan iborat. Ammo uning katta-yu kichikka xos anqovlik illati haqida ma’lum tushuncha berishiga shubha yo’q. Har qanday illatning bolalikdan boshlab shakllanishi nazarda tutilsa, bu xildagi asarlarning tarbiyaviy qimmati yanada ortadi. Yozuvchining «Qaysar bolalar» hikoyalarida ham u yoki bu illat yorqin ko’rsatiladi. Adibning «Komandirning boshidan kechirganlari», «Kachal polvon», «Aziz qishlog’im» qissalari o’zbek va rus tillarida qayta-qayta nashr qilindi. «Yoriltosh», «Afsonani enggan qiz» ertak-pesalari uzoq yillar teatrlarimiz sahnasidan tushmadi. ShukurSa’dulla ko’p qirrali ijodkor edi.