I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min
Birinchi tibbiy yordam.Shikastlangan o’choqlarda talafot olgan fuqarolarga shu joyning o’zida hayotiy ko’rsatkichlarga muvofiq ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordam tushuniladi. o’z vaqtida va to’g’ri ko’rsatilgan birinchi tibbiy yordam shikastlangan odamning hayotini saqlab qoladi va salbiy oqibatlar rivojining oldi olinadi. Albatta, bu yerda favqulodda vaziyatning shikastlovchi omillarini to’xtatish (suvdan olib chiqish, yonayotgan kiyimlarni o’chirish, yonayotgan, gazga to’lgan uylardan olib chiqish va boshqalar) choralarini ko’rgan xolda xatti-harakat qilish kerak. Talafot olgan kishini tibbiy ko’rikdan o’tkazishda shifokor quyidagi tartibdagi tekshiruvlarni o’tkazadi:
og’iz bo’shlig’i va yuqori nafas yo’llarini tekshirish (ogizni begona narsalardan tozalash); nafas olish harakatlarini tekshirish (o’pkaga suno’iy nafas berish va yurakni bevosita uqalash);
- qon tomirlari butunligini aniqlash (qon tomirlaridan ohayotgan qonni to’xtatish, ayniqsa, arterial tomirlardan);
yurak-qon tomir tizimini tekshirish (tomir urishini):
Birinchi tibbiy yordam berishning eng qisqa vaqti - shikastlangan vaqtdan boshlab 30 daqiqagacha, nafas olishi to’xtagan bolsa 5-7daqiqagacha amalga oshirilishi lozim. Zaharlangan hududlarda 30 daqiqa ichida birinchi tibbiy yordam ko’rsatilsa, ularning umumiy ahvolming og’irlashuvi ikki baravarga kamayadi. Demak, jarohat olganlarga tibbiy yordam ko’rsatish vaqti nixoyatda muhim hisoblanadi. Maiumotlar ko’rsatishicha, jaraxotlanganlarga bir soat mobaynida yordam ko’rsatilmasa, o’limga sabab bo’lish 30 foizga, 3 soatgacha yordam ko’rsatilmasa - 60 foiz va 6 soatgacha yordam ko’rsatilmasa 90 foizgacha ortadi. Birinchi tibbiy yordamni jarohat olgan kishining o’zi yoki uning yonida bo’lganlar (axoli, sandrujinachilar yoki fuqaro muxofazasi xodimlari) ko’rsatadi.