Konveksiya odatda, quyosh chiqishidan 2 soat keyin xosil bo’ladi va quyosh botishidan 2 – 2,5 soat oldin buziladi. Bu ko’proq, yozgi ochiq kunlarda kuzatiladi. Konveksiyada havoning pastki qatlamlari yuqoridagilardan ko’ra ancha issiq bo’ladi va bunday xolat zaharlangan havoning tez tarqalishiga, oqibatda zaharlanish ta’sirining kamayishiga olib keladi. 3. Kuchli ta’sir etuvchi оb’еktlardagi avariyada kimyoviy sharoitni bahоlish. KTZM ishlatiladigan obyektlardadagi avariyada kimyoviy xolatni baxolash, fuqarolarning zaharlanish o’choqlarida bo’lishlari mumkin bo’lgan xolda, ularning Himoyalanishini tashkil etish maqsadida o’tkaziladi. KTZM bo’lgan joylardagi kimyoviy xolatni baxolashda, kimyoviy zaharlangan hudud o’lchamini, kimyoviy shikastlanish o’chog’ini, zaharli havoning hududga yetib kelish va shikastlash vaqtini hamda kimyoviy shikastlanish o’choqlarida fuqarolarni talofatlanish ehtimollari ko’zda tutiladi. 11.3. – jadval Ochiq joyda KTZM bilan zaharlangan havoning tarqalish chuqurligi (KTZM idishi himoyalanmagan, shamol tezligi 1 m/s, izotermiya)*