Yong’in xavfi kam bo’lgan hamda kichikroq korxona va muassasalarda yong’in muxofazasi va obyektni qo’riqlash xizmali birgalikda qo’shib olib boriladi. Sanoat korxonalarida yong’in muxofazasini tashkil qilish va yong’in chiqishini ogohiantirish; o’t o’chirish texnikasi va qurollarini aloqa va o’chirish vositalarini jangovar xolatda saqlash, yong’in chiqqan taqdirda ularda faol qatnashish, xalq mulkini asrab-avaylab saqlash borasida targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borishni taqozo qiladi. Korxonalarda yong’in muxofazasining qanday strukturasi mavjud bo’lishidan qat’iy nazar, ko’ngilli o’t o’chirish drujinalari tuzilishi kerak. Yong’in va portlashlar hamon xalq xo’jaligiga katta ziyon yetkazmoqda, kishilarning mayib bo’lishiga hatto halok bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Shu sababli yong’in xavfsizligi tadbirlari ikki asosiy vazifani hal qilishga - kishilar hayoti va sog’ligini saqlab qolishga hamda moddiy boyliklarni o’tdan himoyalashga qaratilmog’i zaru. Ishlab chiqzarish binolari va qurilish materiallarining yong’in xavfiga bardoshliligi, turlari va xususiyatlari. Yong’inning tez keng tarqab ketishining asosiy sabablariga: - inshoatlarni loyihasini ishlab chiqishda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar; - inshoatlar qurilishida qurilish me’yorlari va qoidalari hamda davlat standartiga rioya qilmaslik; - Yong’in nazorati, gazdan foydalanishning nazorat qilish xodimlari tomonidan ko’rsatilgan yong’inni oldini olish tadbirlarining bajarilmasligi; - bolalarning yong’in chiqishiga olib keluvchi o’yinlariga beparvolik; - Yong’inga qarshi kurashda qo’llaniladigan qutqaruv vositalarining kamligi sabab bo’ladi. Demak, bulardan ko’rinadiki, yong’inlarni asosiy sababchilari fuqarolar hisoblanadi. Shuning uchun ham fuqarolarga aytadigan tavsiyamiz : “Yong’inni oldini olish uni o’chirishdan afzalroqdir”. Yong’inni oldini olish chora-tadbirlari quyidagilardan iborat: