I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Ommaviy yong’in va suv toshqinlari paytida tibbiy yordamni tashkil etish



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə176/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Ommaviy yong’in va suv toshqinlari paytida tibbiy yordamni tashkil etish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan. yong’in paytida shuni esdan chiqarmaslik lozimki, zarar korganlar ichida axoli vakillaridan tashqari shaxsiy bo’linmalar a’zolari ham bolishi mumkin. Bunday vaziyatlarda tez tibbiy yordam ko’rsatish shikastlangan ochoqning o’zida yoki unga yaqinroq joylarda olib bonladi. Buning uchun birinchi galda yongin ichida qolgan, zaharli gaz va tutundan zaharlanganlar qidirib topib qutqariladi va uiarga juda qisqa vaqt mobaynida hayotini saqlab qolish tibbiy muolajalari ko’rsatiladi. Bu vazifalarni qutqaruv tizimlaridan tashqari o’t o’chiruvchilar, xizmatli tizimlar va ko’ngilli fuqarolar bajarishlari mumkin. Albatta. bu yerda ikki kishilashih harakat qilish va bir-birining xolidan xabardor bo’lib turish lozim. Tez tibbiy yordam ko’rsatuvchi brigada xodimlari kuyganlarga, zaharli gazlar va tutundan zaharlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko’rsatish usullaridan yaxshi xabardor bo’lishlari talab etiladi. Zaharlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatilgandan so’ng, shifokor korigidan o’tkaziladi. tibbiy saralanadi, so’ngra tibbiy evakuatsiya qilinadi. Tibbiy ko’rsatkichlari og’ir bo’lgan fuqarolar ixtisoslashgan davolash muassasalariga (kuyganlarni, zaharlanganlarni qabul qiluvchi tibbiyot shoxobchalari) joylashtiriladi va ularga malakali hamda tor ixtisoslikdagi yordamlar ko’rsatiladi.
Suv toshqini paytida talafot ko’rganlarga tibbiy yordam ko’rsatish ham o’ziga xos alohida xususiyatlarga ega. Bunday vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam, asosan o’pkaga sun’iy havo yuborish, yurakni uqalash va tanani qizdirish kabi yumishlardan iborat.
Radioaktiv moddalarni saqlash, tashish va qayta ishlash texnologiyasi buzulgan paytdagi atrof muhitni zararlantiruvchi avariyalarda tibbiy yordam ko’rsatish ham vaziyatni to’g"ri baxolash paytida o’z xususiyatlariga ega. Atrof muhitni ifloslantiruvchi manbaiarga xozirgi davrda kimyoviy sanoatni, turli radioizotop laboratoriyalarni. radioaktiv chiqindilarni ishlab chiqish va ko’mib tashlash joylarini. turli yadroviy reaktorlarni kiritish mumkin.
Radioaktiv moddalar bilan atrof muhit zararlanishining eng katta xavfi atom reaktorlari avariyaga uchragan paytda sodir bo’ladi. Atom elektrostansiyalarida ro’y bergan avariyalar paytida uzoq yashovchi atom radioaktiv zarrachalari atrof muhitni zararlantiradi. Bu paytda nurlanish jarayoni yadro portlashi davridagidan ancha sekin kechadi. Vaqt jihatidan sekin parchalanish yadro portlashi oqibatiaridan kam zarar yetkazmaydi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin