aylanma harakat ilgarilanma harakatdan tez bo’lishi;
qo’lning gorizontal harakati vertikalga nisbatan aniq va tez bo’lishi;
agar harakatda ikkala qo’l qatnashsa, ular vaqt bo’yicha simmetrik va sinxron (tekis) bo’lishi (bir vaqtda boshlanishi va tugashi kerak).
aniq harakatlarni har doim o’tirib amalga oshirish lozim.
Тizimlarning muvaffaqiyatli ishlab turishini ta’minlash uchun ergonomic sohasidagi mutaxassislar uni 5 xil jihat (moslik)ga ajratadilar: ma’lumot, biofizik, energetik, fazoviy - antropometrik va texnikaviy- estetik jihatlar. Ma’lumot jihatning maqsadi - mashinaning barcha harakteristikalarini aks ettirish va operatorning bu ma’lumotlarni xatosiz kabul qilish va ishlov berish, uni va xotirasini zo’riqtirmaslikni ta’minlashdir. Natijada operator mehnatining xavfsizligi, aniqligi, sifati unumi ta’minlanadi. Biofizik jihatda - shunday atrof muhitni tashkil qilish tushuniladiki, bunda operator uchun normal fiziologik xolat va zarur ish qobiliyati ta’minlab beriladi. Misol: mashinalarni yaratayotganda muhitning shovqin, titrash, yorug’lik va havo muhitining ko’rsatgichlari bo’yicha maxsus izlanish zaruriyati paydo bo’ladi. Energetik jihatning mohiyati - mashinaning boshqarish qismlari bilan operator optimal imkoniyatlarining kelishuvi ko’riladi. Bunda operator tomonidan qo’yilgan kuch, sarflangan quvvat hamda mashina harakatining tezligi va aniqligi nazarda tutiladi. Fazoviy-antropometrik jihatda - ish jarayonida odam tanasining o’lchamlarini, tashqi fazoning ko’rinish imkoniyati va operatorning xolatini hisobga olish nazarda tutiladi. Bu masalani yechish uchun ish joyining hajmi, operatorning yeta olish qobiliyati va uning pultgacha bo’lgan masofasi va boshqalar aniqlanadi. Ergonomikaning texnikaviy - estetik jihatlari - mehnat jarayonida insonning mashina bilan muloqatda bo’lishi natijasida qay darajada qanoatlanganligining ta’minlanishini ko’rsatadi.