12.12 – rasm. ПTИM – 1 ning shemasi.
Xozirgi paytda yong’in haqida signal bergichlarning (ЭПС) ko’plab shemalari mavjud. Masalan, 10 ta nurli optik signal beruvchi asbob TOJI – 10/100 mikrotelefon orqali gaplashish imkonini beribgina qolmay,o’t o’chirish vositalarini ham ishga tushirib yubora oladi. Yong’in haqida xabar beruvchi kompleks moslama CKПУ – 1 yordamida esa tutun, harorat, ochiq alangalarning qaerda paydo bo’lganligini ham bilish mumkin.
O’z – o’zidan ishlab ketadigan yong’in signalizatsiyasi tizimi yong’in xabarlagichlari (datchiklar), aloqa liniyalari va ta’minlash manbalari o’rnatilgan qabul stansiyasi yoki kommutator xonasidan tashkil topadi. Xabarla-gichlarning qabul stansiyasiga ulanish shemasiga ko’ra elеktr yong’in signalizatsiyasi aylanma va bir nuqtadan tarqalgan bo’lishi mumkin. Birinchi shemada xabarlagichlar simlar vositasida qabul apparati bilan bir liniyaga ketma-ket ulangan, ikkinchi shemada esa xabarlagichlar qabul apparatiga radial shema bo’yicha bir necha joyda ulangan bo’ladi (12.13 – rasm).
12.13 – rasm. Elеktr yong’in signalizatsiyasining aylanma (a) va bir nuqtadan (b) tarqalgan sхеmasi.
1 – xabar beruvchi; 2 – aloqa chizig’i; 3 – qabul qiluvchi.
|
O’z-o’zidan ishlaydigan yong’in xabarlagichlari ishlab ketish impulsiga ko’ra issiqlik, tutun, yorug’lik, aralash va ultratovush xabarlagichlariga bo’linadi.
АТИМ turidagi issiqlik xabarlagichlari issiqqa sezgir asboblardir (12.14 – rasm). Bu asbob plastina ko’rinishida bo’lib, u qiziganda deformatsiyalanadi, natijada xabarlagichning nazorat toki tutashadi.
12.14 – rasm. Issiqlik xabarlagich (ATIM):
1 – korpus; 2 – bimetall plastina; 3 – shtok; 4 – tutashtiruvchi shtok; 5 – tutashtiruvchi vint; 6 – himoyalovchi ko’prikcha; 7 – shkala.
Dostları ilə paylaş: |