I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish tartibini aytib bering



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə304/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish tartibini aytib bering.

  • Kuyishning darajalari nechta.

  • Kuyganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish tartibi qanday?



    15-AMALIYOT
    QON KETISHIDA KO’RSATILADIGAN BIRINCHI TIBBIY YORDAM.
    Reja:
    1. Arteriyalardan qon ketishi.
    2. Venalardan qon ketishi va kapillarlardan qon ketishi.
    3. Tashqariga tomirlardan oqib chiqayotgan qonni vaqtincha to’xtatish yo’llari.


    Arteriyalardan qon ketishi hammadan hatarlidir, bunda qisqa muddat ichida organizmdan talaygina miqdorda qon ketib qolishi mumkin. Arteriyalardan qon ketishining alomatlari chiqayotgan qonning qirmizi qizil rangda bo’lishi, uning otilib-otilib chiqib turishidir.
    Venalardan qon ketishi arteriyalardan qon ketishidan farq qilib, birmuncha to’qroq rangda bo’ladigan qonning uzluksiz ravishda oqib chiqib turishi bilan harakterlanadi, bunda qon otilib chiqmaydi (venoz qon ketishi).
    Kapillarlardan qon ketishi teri, teri osti kletchatkasi va muskullardagi mayda-mayda tomirlar zararlanganida sodir boiadi. Kapillarlardan qon ketayotgan mahalda jaroxatning butun yuzasi qonab turadi.
    Tashqariga arteriyadan oqib chiqayotgan qonni vaqtincha to’xtatish yo’li (qon ketishining bu xili hayot uchun hammadan ko’ra hatarliroqdir) jgut yoki burama qo’yish orqali, qo’l yoki oyoqni imkoni boricha qattiqroq bukilgan xolatda bog’lab qo’yish, arteriyani shikastlangan joyidan yuqori tomonini barmoqlar bilan bosib turishdir. Bunda arteriyaning suyaklarga yaqinroq joyiga bosib turiladigan puls nuqtalarini bilish kerak. Uyqu va chakka arteriyasi jaroxatlanganida esa barmoqlar jaroxatning pastidan bosiladi.
    Arteriyalarni barmoq bilan bosib turish qon oqishini vaqtincha to’xtashning eng oson a tezkor usulidir. Bunda arteriyalar suyak yonidan yoki uning ustidan o’tadigan joylar barmoq bilan bosib turiladi. Tomirni barmoq bilan bosib. qon to’xtatib turilganidan keyin, mumkin bo’lgan joylarga jgut yoki buramaqo’yish va jaroxatni steril bog’lar bilan bog’lab qo’yish kerak. Qo’l-oyoqlarning yirik arterial tomirlari shikastlangan paytlarda jgut (burama) qo’yish qonni vaqtincha to’xtatib turishning asosiy usulidir. Jgutni son, boldir, yelka bilaklardan, jaroxatga yaqinroq qilib, qon oqayotgan joydan yuqoriroqqa, terini qisib qo’ymaslik uchun kiyim ustidan yoki tagiga yumshoq material (bint, ro’molcha va b.) qo’yib turib qo’yiladi. Uni odatda oqayotgan qon to’xtaydigan darajada tortib turib qo’yish maqsadga muvofiq. Jgut qo’yilgan vaqt, kuni, soati va daqiqasini qog’ozga yozib, uni yaxshi ko’rinib turadigan qilib jgut o’rami tagiga qistirib qo’yiladi.
    Qo’yilgan jgut qo’l yoki oyoqda ko’pi bilan 1,5-2 soat saqlab turishi kerak, aks xolda qo’l yoki oyoqning jgut qo’yilgan joydan pastki qismidagi to’qimalar halok bo’lishi mumkin. Jgut qo’yilgan paytdan hisoblaganda 2 soat o’tgandan keyin arteriyani barmoq bilan bosib turib, pulsni tekshirib turgan xolda jgutni 5-10 daqiqaga asta-sekin bo’shatish va keyin uni oldingi joyidan sal yuqoriroqqa yana qo’yib bog’lash kerak. Jgut bo’lmagan taqdirda arteriyadan qon oqishini burama qo’yish yo’li bilan yoki qo’l-oyoqni mumkin qadar ko’proq bukib, shu xolatda mahkam qilib bog’lab qo’yish yo’li bilan toxtatsa bo’ladi.
    Shikastlangan odamga jarrohlik yordami ko’rsatilmaguncha jgutni har soat oralatib shu tariqa vaqtincha bo’shatib, olib turiladi, buni har safar yuqoridagi qog’ozga yozib boriladi. Jgut naysimon bo’lib, uchida zanjirchasi va ilmoqchasi bo’lmasa, uning uchlari tugun qilib bog’lab qo’yiladi.



    Yüklə 26,51 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   404




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin