4. Mehnat jarayonida inson ishlash qobiliyatining pasayishi va zo’riqishi. Pasayish - bu mehnat qilish mobaynida va bajarilgan ishdan so’ng organizm ishlash qobiliyatining susayishiga olib keladigan fiziologik xolatdir. Uning obyektiv belgisi - mehnat jarayonining pasayishi, subyektiv belgisiesa - toliqishni harakterlaydi, ya’ni ishni davom ettirishni xohlamaslik va hattoki, ishlashni umuman to’xtatishni xohlaydi. Ish jarayonida inson yetarli darajada dam olmasligi ishning uzoq va og’ir kechishi - zo’riqishning asosini tashkil etadi. Bundan tashqari, ishning noqulayligi va ovqatlanishtartibining buzilishi ham zo’riqishning kuchayishiga olib keladi (masalan: bajarolmaydigan ishlarni bajarishga qilingan harakatlar.) Zo’riqishning belgilari: asab tizimining buzilishi, xotiraning susayishi va boshqa belgilar. Bu kabi zo’riqishlarning ortishi oqibatida insonda bosh og’riqi, uyqusizlik, ishtahaning pasayishi va asabiylasnish jarayonlari kuzatiladi. Mehnat jaravonlaridagi doimiy (surunkali) zo’riqish organizmning kuchsizlanishiga, tashqi ta’sir omillariga ко’rsatadigan qarshilikning kamayishiga olib kelib oqibatda turli xil jarohatlar va kasalliklar yuzaga keladi. Masalan: og’ir yuk ortadigan yoki tushiradigan kishilar mehnati. Bunda ko’proq asab kasalliklari avj oladi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda ishlab chiqarish jarayonlaridagi gigiyenik sharoitlarning yetarli darajada bo’lmasligi ishchilar orasida asab kasalliklarining ko’payishiga sabab bo’lmoqda Pasayish profilaktikasi.Insonning mehnat qilish faoliyatida xavfsiz mehnat sharoitini yaratish va mehnat xordig’ini chiqarish tadbirlarining to’g’ri tashkil qilinganligi pasayish profilaktikasining asosini tashkil etadi Bunday mehnat qilish sharoitlari katta jismoniy kuch talab qilinadigan hamda zararli va xavfli ish sharoitlarida ishlaydiganlar uchun bu muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, kimyo, neftni qayta ishlash, tsement ishlab chiqarish, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlaridagi mehnat faoliyatlarini aytish mumkin.