Silikatoz - kremniy kislota tuzlarining changi nafas olish yo’llariga kirganda paydo bo’ladi. Pnevmokonioz - kasallikgi ko’mir, aluminiy, temir va aralash tarkibli changlar ta’sirida ham rivojlanishi mumkin. Silikoz juda changli sharoitda odatda ko’p yil, ko’pincha og’ir jismoniy ish bajarilganda rivojlanadi. Bu kasallik tog’-kon va sement, alebaster ishlab chiqarish ishchilarining kasb kasalligi hisoblanadi. Silikoz kasalligi halloslash, yo’tal, ko’krak qismida og’riq bo’lishidan boshlanadi. Boshlanishida bu belgilar kam sezilarli bo’lib, halloslash faqat jismoniy ish bajarganda paydo bo’ladi. Kasallik kuchaygan davrda nafas yetishmasligi va halloslash, oddiy ishlarni bajarganda va hatto tinch xolatda turganda ham ro’y beradi. lshlab chiqarishdagi changlar faqat pnevmokoniozning yuzaga kelishiga sabab bo’lmay, balki nafas yo’llari, teri va shilliq qavatning boshqa kasalliklarini ham keltirib chiqaradi. Bularga teri hujayralarining ko’chishi, har xil toshmalar, ekzema, dermatitlar kiradi. Mavzuni o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan tayanch so’z va iboralar: Ishlab chiqarish sharoiti; zararli omillar; xavfli omillar iismoniv mehnat; aqliy mehnat; mexanizatsiyalashgan mehnaf konve’yer mehnat turi; mehnat qobiliyatining pasayishi; organizmning zo’riqishi; Mustahkamlash uchun savollar: Ishlab chiqarish sharoitiga nimalar kiradi
Ishlab chiqarishda zararli omillarga nimalar kiradi?
Zararli omillarning qanday turlarini bilasiz?
Jismoniy mehnat turini qanday tushunasiz
Aqliy mehnat tunning mohiyatini tushuntirib bering?
Aqliy mehnat shaklining qanday turlarini bilasiz? Mehnatning fiziologik asosi nimalardan iborat?
Inson ishlash qobiliyatining pasayishini qanday tushunasiz?