IBTIDOIY DAVR SAN'ATIGA OID MANBALAR Reja: 1. Ibtidoiy davr madaniy bosqichlari
2. Madaniy boyliklar
Ibtidoiy davr madaniy bosqichlari.
Ibtidoiy davr insoniyatning uzoq o ‘tmishidan iborat bo‘lgan bosqichdir. Bu davr insoniyatni hayvonot olamidan ajratib yuborgan davr hisoblanib, ongli mavjudot hisoblanuvchi odam va u tomonidan yaratilgan madaniyatning shakllanish davridir. Agar insoniyat tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarga na/ar tashlaydigan bo‘lsak, bu boyliklarning yaratilishi bundan mil- lion-yillar ilgari yashab o ‘tgan qadim ajdodlarimiz tomonidan vu- judga keltirilganligining guvohi boMamiz. Chunki ibtidoiy davrda yaratilgan barcha moddiy madaniyatning - mehnat qurollari, tu- rar joylar, kiyim-kechaklar va boshqalaming asosiy vazifasi hamda mohiyati hozirgi kunimizda ishlatilayotgan barcha moddiy boyliklarimizda o ‘z ifodasini topgan yoki ma’naviy madaniyatning barcha elementlarida - axloqiy, huquqiy, siyosiy, badiiy ongda, diniy e’tiqodlar va turli xil urf-odatlar, marosimlar va an’analarda ijtimoiy hodisalar hisoblanuvchi oilaviy munosabatlarda, til taraqqiyoti va boshqalarda, ibtidoiy davrda yashagan ajdodlarimizning ruhi seziiib II turadi. Shu boisdan hozirgi moddiy va ma’naviy madaniyatimizning vujudga kelishi hamda mohiyati to ‘g ‘risida muayyan tasavvur hosil qilish uchun ibtidoiy davr madaniyati, uning rivojlanish bosqichlari masalasiga to ‘xtalib o ‘tish o ‘ta muhimdir.Ibtidoiy odamlar yer yuzida y o ‘q boMib ketganlar. Biroq yerning yuqori qatlamlarida qadim ajdodlarimiz faoliyatining moddiy qoldiqlari. uning ish qurollari, yaroq-aslahalari, uylari, jihozlari, kiyimlari, tasviriy san’at asarlari, topinish buyumlari va nihoyat yovvoyi hamda uy hayvonlarining suyaklari birin-ketin, qavatma- qavat boMib ko'm ilib saqlanib qolgan. Shu bilan birga qadim ajdodlarimiz to'g ‘risida muayyan fikr yuritish uchun ulardan bizga meros bo‘lib kelgan. u yoki bu darajada saqlanib qolgan xalq og‘zaki ijodining namunalari manba vazifasini o ‘taydi.Ibtidoiy jamiyatning rivojlanish tarixi bir qancha, bosqichlar yoki davrlami bosib o'tgan. Fanda asosan mehnat qurollari qanday materialdan yasalganligiga qarab, ibtidoiy davrni tosh, bronza va temir asrlariga bo'lish odatga aylanib qolgan. Masalan, Kopengagen (Daniya) asori-atiqalar muzeyi xodimi Kristian Tomsen birinchi marta fanga mehnat qurollarini yasalgan materiallarga qarab tosh, bronza va temir davrlari tushunchasini kiritadi. Keyinchalik tosh asri qadimgi tosh-paleolit (gr.palato qadimgi va litos-tosh) va yangi (gr. peo-yangi) asrlarga bo‘lingan. Davrlarga b o ‘lishning boshqa bir juda qadimgi sistemasi - bu ishlab chiqarish faoliyati sohalariga ko‘ra boiishdir. Bunda ibtidoiy davr ovchilik, dehqonchilik va chorvachilik bosqichlariga bo‘linadi. Kishi va kishilik jamiyatining paydo bo‘lishidan boshlangan va tarixning eng avvalgi ibtidoiy poda davri deb yuritiladigan davriga kelib odamning biologik rivojlanishi tugallanadi. Biroq odam mana shu eng avvalgi davrdayoq o'zining hayvonot ajdodidan keskin farq qiladi. Bu davrda ular birgalashib mehnat qila boshlaganlar, sodda mehnat qurollarini yaratishib, madaniyatga asos solganlar. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi natijasida kishilarning bir muncha mustahkam birligi vujudga keldi. Bu birlikka urug‘ asos qilib olindi. Natijada ibtidoiy davrning ham moddiy, ham m a’naviy madaniyatini yaratish m a’lum bir sistemaga tusha boshladi. Mehnat qurollari takomillashib, kishilar tasavvuri mahsuli hisoblanmish ustqurma elementlari yaratila boshlandi. Ibtidoiy kishilar o'zini qurshab turgan tabiat kuchlarini necha- necha ming-yillar davomida o'rgandi. Bu davrda kishilaming ko'pdan-ko'p avlodlari almashindi. Ibtidoiy kishilaming hayoti og'ir bo'lgan. Ular tomonidan yaratilgan qadimgi madaniyat qanchalik sodda boMmasin, u texnika, xo‘jalik ijtimoiy asosga ega bo‘lgan. Madaniy boyliklar yaratish oddiydan asta-sekin yuqori va murakkab sliakllarga о 4a borib bu madaniyat muntazam ravishda o'sib bordi. l-ng sodda qurollar yasash bilan inson o'zini yaratdi va o 'zi bilan liayvon o'rtasiga chegara qo'ydi. Bu esa insonning tabiat ustidan hukmron bo'lishida birinchi qadam bo‘ldi.Xozirgi davrda fanda ibtidoiy odam laming eng avvalgi vakillaridan birini Pitekantrop deb ataladi. Pitekantroplarning qoldiqlari dastlab Yava orolidan topilgan.