Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/94
tarix02.06.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#127562
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

5.1.3.1-chizma. 
Iqtisodiy axborotlarning tasnifi 
 
www.sies.uz
Page 80 of 356 


81
Iqtisodiy axborotlar 
 
 
Іududiy 
shakllanishi 
bo‘yicha 
Shakllanish stadiyalari 
bo‘yicha 
haraka-ti 
bo‘yicha 
Mazmu-ni 
bo‘yicha 
Rasmiylashti-rish 
shakllari bo‘yicha 
(hisobot turlari) 
Ichki 
Birlamchi (to‘g‘ridan-
to‘g‘ri kuzatiladigan) 
Kirish 
Nazariy 
Tezkor 
Tashqi 
Ikkilamchi (hisobotlar, 
statistik ma’lumotlar) 
Chiqish 
Stra-tegik 
Statistika 
Kon’yukturaviy 
(holatni 
bildiruvchi) 
Buxgalteriya hisobi 
Tezkor 
Tanlab olingan (kuzatish 
yo‘li bilan) 
Rejalar, normativ 
va normalar 
Muddatga 
Іisobotlar 
5.1.4. Iqtisodiy axborotlar tarkibida statistikaning ahamiyati 
 
Jamiyatda hodisalar va jarayonlarni son ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi 
axborotni ahamiyati nihoyatda yuqori ekanligini hamma ham tushunib, unga 
www.sies.uz
Page 81 of 356 


82
e’tibor bera olmaydi.
Іayotda nama’lum narsalar ko‘p. Bizni qamrab olgan atrof-muhitni o‘rganish 
uchun statistik fikrlashni ahamiyati katta. Statistik savodxonlik bozor iqtisodiyoti 
sharoitida nafaqat boshqaruv apparati xodimlari uchun, vaholanki u har bir jamiyat 
a’zosi uchun ham zaruriyatdir. Masalan: oila byudjetini hisob-kitobini oling, 
daromadi va harajatalrini har bir oila har kuni hisob-kitobini olib boradi. Bunda 
oddiy arifmetika emas, statistik hisob-kitob ishlatiladi.
Statistika tarixi insoniyat taraqqiyoti bilan bog‘liq. Eramizdan oldin 2238 
yilda hitoyda aholi ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida tarixiy ma’lumotlar bizgacha 
yetib kelgan.
Bibliyani Moisey to‘g‘risidagi 4-kitobida «Chislo», ya’ni «Son» bo‘limida 
qurol-yaroq ishlata biladigan erkaklarni hisoblaganligi to‘g‘risida ma’lumot 
beriladi.
Umuman «Statistika» qadimda italiyancha “Stato” yoki “Stati” so‘zidan 
olingan bo‘lib «davlat» mazmunini bildirgan. Shu sababli davlat siyosatini, 
umuman siyosatchilarni “Statista” deb atashgan.
Keyinchalik XVII asrlarga kelib Statistika fani vujudga kelgan. Statistikani 
iqtisodiyotni boshqarishdagi ahamiyati juda katta, ayniqsa hozirgi kunda, bozor 
iqtisodiyoti shakllanib borayotgan davrda.
Bejiz emaski, respublikamizda mustaqillikni boshlang‘ich davrida bozor 
iqtisodiyotini shakllantirishni huquqiy asoslarini yaratish davrida, Respublika 
Konstitutsiyasi (1991 y.), «Mulk to‘g‘risida»gi qonun (1990 y.), «Davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonunlar (1991 y.) 
qatorida O‘zbekiston Respubilkasi Oliy Kengashining 28 sentyabr 1993 yil XIII 
sessiyasida «Davlat statistikasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Ushbu «Davlat statistikasi to‘g‘risida»gi qonunda mamlakatimizda 
rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy holatini belgilovchi yagona statistika tizimini 
vujudga keltirish, uni faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlari, 
vazifalari va mas’uliyatlari belgilab qo‘yilgan.
1993 yilgacha respublikada Sobiq Sovet ittifoqini «Xalq xo‘jaligi balansi» 
www.sies.uz
Page 82 of 356 


83
(XXB) hisobot va statistika ko‘rsatkichlar tizimi amaliyotda qo‘llanib kelingan. U 
bozor munosabatlarini to‘laligicha belgilab bera olmaydi. Chunki mulk shakllari, 
xalq xo‘jaligi tarkibi o‘zgardi.
Eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan, ishlab chiqarish 
markazlashgan rejalashtirish, resurslarni markazlashgan taqsimoti uni yadrosini 
tashkil qiladi.
Bu tizimda faqat moddiy ishlab chiqarish va shu bilan bog‘liq bo‘lgan 
xizmat ko‘rsatish sohalari hisobga olingan.
Aholiga xizmat ko‘rsatish, bank, moliyaviy xizmat ko‘rsatish, meditsina 
xizmati, ma’rifat-fan, madaniyat va shu kabilar ikkilamchi, yalpi milliy daromad 
yaratishda qatnashishmaydi, deb hisoblangan. Natijada ularni daromadi 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topmagan.
Bu esa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni chet el bilan solishtirish imkonini 
bermaydi. Unda davlatning moliyaviy ahvolini, pul muomalasi va kredit holatini, 
ishbilarmonlik, vositachilik singari bozor tarkibini belgilovchi iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini yo‘qligi, statistik metodlarda yuz berayotgan o‘zgarishlarni yetarli 
darajada kuzatilmasligi natijasida, iqtisodiy va siyosiy islohot jarayonnining 
borishini va natijalarini tizimli tahlil qilish imkoniyatini og‘irlashtiradi, ijtimoiy va 
iqtisodiy boshqaruvning samaradorligini pasaytiradi.
XXB – yalpi statistik kuzatishga asoslangani uchun yangi (barcha mayda 
xo‘jaliklarni) vujudga kelgan xo‘jaliklarni bu uslub orqali amaliy jihatdan hisobga 
olib bo‘lmaydi. Chunki, u katta mablag‘ talab qiladi.
XXB asosan davlat boshqaruv organlari, tarmoq, vazirliklarni va idoralarni 
boshqaruv vazifasini bajarishga qaratilgan faoliyatlarini axborot bilan ta’minlagan.
Endi ishbilarmonlarni, olimlarni, assotsiatsiyalarni va fondlarni, aholini va 
chet ellik iste’molchilarni (investorlari va h.k.) statistik axborot bilan ta’minlash 
zarur.
Jahonning 150 dan ortiq mamlakatalrida «Milliy hisoblar tizimi» (MhT) 
amaliyotda qo‘llanib kelinayapti.
MІT – yaxlit jamlama iqtisodiy-statistik ko‘rsatkichlar to‘plami bo‘lib, 
www.sies.uz
Page 83 of 356 


84
tayyor mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, yalpi MD-ni yaratish, 
taqsimlash, qayta taqsimlash va iste’mol jarayonlarini o‘zida mujassamlashtirgan 
hisobot va statistika tizimidir. Bunda ishlab chiqarish bilan bir xil uslubda xizmat 
ham MD yaratishda hisobga olinadi va o‘rganadi. 
1993 yili BMT-ning statistika komissiyasi tomonidan MhT ishlab chiqilgan.
Statistika insoniyat jamiyati tarixida doimo jamiyatdagi tarmoqlar va 
sohalardagi, regiondagi, korxonadagi hodisalar va jarayonlarni kuzatish (son va 
sifat jihatidan) va tahlil qilish vazifasini bajarib kelgan.
Іozirgi zamonda statistika davlatni, biznesni va aholini axborot bilan 
ta’minlovchi tizimga aylangan.
Statistik ma’lumotlar har xil darajadagi tashkilotlar, faoliyat sohalari uchun 
zarurdir. Ular davlatga, xususiy korxonalarga, notijorat, nodavlat tashkilotlarga, 
o‘quv yurtlariga, ilmiy tadqiqot muassasalariga va boshqalarga faoliyat yuritish 
uchun eng muhim vositadir. Masalan: Davlat, statistik ma’lumotlar asosida zaruriy 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarga ta’luqli qarorlar qabul qiladi
dasturlar ishlab chiqadi va h.k. 
Bundan tashqari qonunda xo‘jalik sub’ektlari (korxonalar, tashkilotlar, 
yuridik shaxslar)ning davlat statistika organlariga xo‘jalik faoliyatlarini belgilovchi 
xo‘jalik hisobot ko‘rsatkichlarni aniq, mukammal va o‘z vaqtida yetkazishlari, 
hisobot ko‘rsatkichlarining to‘g‘ri va to‘laligini ta’min etishga mas’ul ekanliklari, 
hisobot ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida bermaganliklari va noaniq berganliklari uchun 
qonun oldida javobgarliklari belgilab qo‘yilgan. Ushbu qonunda davlat statistika 
organlarining xo‘jalik birliklari oldidagi mas’uliyatlari ham belgilab qo‘yilgan. 
Chunonchi, olingan axborotlarni yakka holda chop etmaslik va boshqa xo‘jalik 
birliklariga bermaslik, bu axborotlarni faqat jamlama axborotlarni tayyorlashda 
ishlatish, xo‘jalik birliklarining ishlab chiqarish quvvatlarini belgilovchi va tijorat 
siri hisoblangan axborotlarni tarqatmaslik davlat tomonidan kafolatlanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, statistika axborotlarining hayotimizda bo‘layotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni to‘la aks ettirishdan davlat bilan bir qatorda tovar 
ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar (ishlab chiqaruvchilar) 
www.sies.uz
Page 84 of 356 


85
manfaatdordirlar. Chunki, ishlab chiqaruvchilar o‘z faoliyatlarini iqtisodiyotning 
qaysi sohada rivojlantirishlarini, qanday tovar ishlab chiqarish va xizmat turlari 
ko‘rsatish bo‘yicha iqtisodiy jihatdan manfaatliroq ekanligini, ichki va tashqi bozor 
kon’yukturasini o‘rganishga oid axborotlarni statistika orqali bilib oladilar. 
Statistika axborotlarining to‘laligi va mukammalligi ishlab chiqaruvchilarga va 
aholiga mamlakatda yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning yo‘nalishlari, moliya, pul, 
kredit bozorida muhim axborotlar, mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari, uning 
kuch qudrati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beradi.
Yuqorida keltirilgan qonunga muvofiq bozor iqtisodiyotiga mos yangi 
makroiqtisodiy milliy schetlar tizimi (Milliy schetlar tizimi – MST) amaliyotga 
joriy qilindi. Iste’mol baholari indeksi (oldingi ulgurji baholar indeksi o‘rniga) va 
ishlab chiqaruvchilar bahosi indeksi metodologiyasi joriy qilindi. Baholar 
statistikasi tashkil qilindi. Mehnat, ish haqi ,ishchi kuchi ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
statistika metodologiyasi Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) takliflari asosida 
tashkil qilindi. Uy xo‘jaligi byudjetini kuzatish dasturi ishlab chiqildi. Unda 
aholining 
daromadi 
va 
harajatlari 
Jahon 
banki 
konsepsiyasi 
asosida 
tabaqalashtiriladi. Statistika amaliyotiga tashqi savdo va bojxona statistikasi, 
noformal iqtisodiyotni hajmini hisobga olish va boshqalar joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida statistikani huquqiy asoslarini yanada 
takomillashtirish zaruriyatidan kelib chiqib, o‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
2002 yil sentyabrda «Davlat statistikasi to‘g‘risida»gi yangi qonunini qabul qildi.
Tayanch iboralar: Iqtisodiy ish, iqtisodiy xizmat, axborot, tahlil, bozor 
kon’yukturasi, statistika, ko‘rsatkich. 
Takrorlash uchun savollar. 
1. Iqtisodiy ishni mazmunini yoriting? 
2. Iqtisodiy xizmat nima va qanday vazifalar bajaradi? 
3. Iqtisodiy tahlil mazmunini yoriting? 
4. Iqtisodiy tahlil qanday vazifalar bajaradi? 
5. Iqtisodiy tahlil usullariga tushuncha bering? 
www.sies.uz
Page 85 of 356 


86
6. Axborot nima? 
7. qanday axborotlar turlari mavjud? 
8. Axborotlar qanday alomatlar bo‘yicha tasniflanadi? 
9. Ko‘rsatkichlar deganda nimani tushunasiz? 
10. Єanday ko‘rsatkichlarni bilasiz? 
11. O‘zbekiston Respublikasida axborotlari to‘g‘risida qanday tizim ishlatiladi? 
Uni mazmunini yoritib bering? 
12. Statistikani iqtisodiyotdagi ahamiyatini yoritib bering? 
13. Statistika to‘g‘risida qabul qilingan qonunda qanday vazifalar qo‘yilgan? 
14. Statistikani takomillashtirish borasida qanday ishlar amalga oshirilgan? 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin